Yosh Tadqiqotchi Jurnali issn: 81-3132 Vol. No. (2022) scientific journal impact factor punktuatsiya. Tinish belgilari va ularning qo‘llanilishi malika Obidova Zokirjon qizi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix27.04.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#103764
1   2   3   4   5
779-783

Yosh Tadqiqotchi Jurnali 
ISSN: 2181-3132 
Vol. 1 No. 4 (2022) 
scientific journal impact factor 4.7 
Gapda tinish belgilarning o’rni o‘zgarsa gaapning mazmuni va sintaktik tuzulishi ham 
o‘zgaradi. Quyidagi misollar bu gapimizning yorqin namunasi.
Ona aziz farzandiga yelni ham ravo ko‘rmaydi (Farzandning azizligi ma’nosida). 
Ona aziz, farzandiga yelni ham ravo ko‘rmaydi (Onaning azizligi nazarda tutilgan). 
Punktuatsiya – ijtimoiy hodisa davrlar o‘tishi yozuv madaniyatining o‘sishi bilan punktuatsiya 
ham o‘zgarib takomillashib bordi. Davrlar o‘tishi, yozuvning taraqqiysi va yozuv madaniyatining 
o‘sishi bilan punktuatsiya ham o‘zgarib, takomillashib boradi. Yozuvda dastlab qo‘llanilgan tinish 
belgilarning qo‘yilish o‘rni, usuli, vazifalari hozirgidek aniq va murakkab bo‘lmagan. Masalan, 
dastlab yulduzcha va romba tipidagi 10 dan ortiq ishoralar nuqta o‘rnida ishlatilgan. XIX asrning 
oxiriga kelib, yozuvda hozirgi nuqtaning qo‘llanilishi qat’iylashgach, ular nuqtalikdan chiqqan. 
Demak davr talabiga bog‘liq holda punktuatsion sistema o‘zgarib boradi, mukammallashadi. 
Shuningdek, punktuatsiya va punktuatsion sistema tillararo har xildir. Punktuatsiya ayrim xalqlar 
yozuvida oldinroq ayrimlarida esa nisbatan keyinroq paydo bo‘lgan. Masalan, ingliz tili 
punktuatsion sistemasida o‘n ikkita tinish belgi bor. Ularda apostrof va defislar ham tinish belgi 
sanaladi. O‘zbek tilida esa 10ta tinish belgi mavjud. Punktuatsion sistema rus yozuvida XVIII asrda, 
o‘zbek yozuvida esa XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin vujudga kelgan. 
Tinish belgilari o‘z vazifasiga ko‘ra, ikkiga bo‘linadi;
a) chegaralovchi tinish belgilar- muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umumman gapning 
chegarasini bildirish, bironbir gap bo’lagini intonatsion mazmuniy jihatdan ajratib ko‘rsatish, nutq 
qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (so’zlovchi)ning 
subyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini ko’rsatish uchun xizmat qiluvchi
b) ajratuvchi tinish belgilari- mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, 
bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning uyushgan 
bo‘laklarini, birgalik ergashishli qo‘shma gaplarni, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini, 
tutqning bo‘linganligini ko‘rsatuvchi tinish belgilari. 
Qo‘llanish o‘rniga ko‘ra tinish belgilari 3 guruhga bo‘linadi:


781

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin