779
Yosh Tadqiqotchi Jurnali
ISSN: 2181-3132
Vol. 1 No. 4 (2022)
scientific journal impact factor 4.7
PUNKTUATSIYA. TINISH BELGILARI VA ULARNING QO‘LLANILISHI
Malika Obidova Zokirjon qizi
Buxoro davlat universitetining Pedagogoka instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6589639
ANNOTATSIYA
. Ushbu maqolada tinish belgilari va ularning qo’llanishi haqida ma’lumot
berilgan. Tinish belgilarining o‘zbek yozma adabiy tilidagi o‘rni haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: unktuatsiya, tinish belgilar, til
Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali,
aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligi, tez tushunilishini ta’minlashda benihoya zaruriy
vositadir. Ilmiy manbalarda, o‘quv qo’llanmalarda tinish belgilarning qo‘llanish usuli va tartibi
punktuatsiyaning mantiqiy-gramatik, uslubiy va farqlash tamoyillari asosida belgilanishi
ta’kidlanadi. Bunda mantiqiy gramatik tamoyil nutqning semantik-gramatik tomonini yozuvda
to‘g‘ri ifodalashga qaratilgan bo‘lsa, differensiatsiya tamoyili asosidagi qoidalar tinish belgilarning
qo‘sh holda qo‘llanishidagi tartibni, gapdagi murakkab mazmunni aniqlashtirish kerak bo’lganda
ulardan foydalanish yo‘llarini belgilab beradi. Uslubiy tamoyil tinish belgilarining qo’llanishini
nutq uslublari asosida belgilashni nazarda tutadi, lekin bu unchalik to’g’ri emas,chunki muayyan
bir uslubgagina xoslangan tinish belgi bo‘lmaydi. Zarurat tug‘ilganda har qanday uslubda ham
xohlagan tinish belgisidan foydalanish mumkin.
Tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqy bayon qilishda, uni ixchamlashda, gap
qismlarining o‘zaro logik-gramatik munosabatlarini ko’rsatishda muhim grafik vosita sifatida
ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan yozuvchiga o’z yozma nutqini aniq, to’g’ri va ifodali bayon
etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o‘quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon
etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi.
Tinish belgilarining qo’llanilishi gaplarning mazmuni, grammatik qurilishi va ohangiga ko‘ra
bo‘linadi Ayrim tinish belgilarning qo‘llanilishi gapning mazmuni bilan bog’liq bo’ladi. Jumladan:
ifodalonmoqchi bo‘lgan mazmun tugallangan bo’lsa, nuqta, undov, so‘roq belgisi, uch nuqta
qo‘yiladi. Tugallanmagan yoki izohtalab tushunchalar ko‘p nuqta yoki qavslar bilan ifodalanadi.
780
Dostları ilə paylaş: |