Yosh voleybolchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish
Mahliyo Xaydarova
Andijon davlat universiteti pedagogika instituti
Soxibjon Niyozov
Andijon davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada yosh voleybolchilarni
jismoniy sifatlarini
tarbiyalash, rivojlantirish hamda yosh voleybolchilarni jismoniy, ma’naviy
kamolotini oshirish asoslari tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar: yosh voleybolchilar, jismoniy sifatlar, jismoniy tarbiya,
ma’naviyat, sport, barkamol avlod, sog‘lom turmush tarzi.
Development of physical qualities of young volleyball players
Mahliyo Khaydarova
Andijan State University Pedagogical Institute
Soxibjon Niyozov
Andijan State University
Abstract: This article examines the basics of educating
and developing the
physical qualities of young volleyball players and improving the physical and
spiritual development of young volleyball players.
Keywords: young volleyball players, physical qualities, physical education,
spirituality, sports, harmoniously developed generation, healthy lifestyle.
Kirish: Mamlakatimizda sportni rivojlantirish maqsadida
farmon va qarorlar
ishlab chiqilgan bo‘lib, jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishga, shu bilan
birga, sog‘lom avlodni shakllantirishga katta zamin yaratdi. Yurtimizda jismoniy
tarbiya va sportni ommalashtirish,
aholi ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish,
mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash
borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport O‘zbekiston Respublikasi xalqlari milliy
madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va ma’naviy
kamolotning muhim vositasi
bo‘lib xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya aniq bir tizimga tayansagina, oldindan
ko‘zlangan natijaga erishiladi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
807
Inson tanasini jismonan rivojlantirish uchun to‘g‘ri va meyorida ovqatlanish,
dam olishni taminlash, o‘z vaqtida jismoniy tarbiya
va sport bilan muntazam
shug‘ullanib borishi lozim.
Bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino - Jismoniy mashqlar haqida qisqacha so‘zida
salomatlikni saqlash rejimining asosiy omillaridan biri jismoniy mashqlar bilan
shug‘ullanish ekanligini ta’kidlaydi. Ovqatlanish, uyqu, dam olish rejimining kun
tartibida sistemali jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish.
Yurtboshimiz rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama sog‘lom qilib voyaga
etkazish, ular uchun barcha shart sharoitlarni yaratish hamda zamonaviy sport
majmua inshootlari barpo etilishiga alohida etibor qaratilmoqda.
Shu bois mamlakatimizda aholi salomatligini
yanada mustahkamlash, ayniqsa,
yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga etishi uchun zarur imkoniyatlar
yaratilmoqda. Bugungi kunda farzandlarimizni barkamol, komil insonlar etib
tarbiyalashda, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari orqali
sog‘lomlashtirish,
ularni mustaqil ravishda jismoniy tarbiya
mashqlarini bajarishga
o‘rgatish zarur.
Har bir insonda jismoniy tarbiya va sportga mehr uyg‘otish oiladan boshlanadi.
Eng muhimi, jismoniy tarbiya va sport sog‘lom turmush tarzining asoslaridan biri
sifatida yoshlarning o‘z imkoniyat va salohiyatini, o‘z jismoniy hamda ma’naviy
kamolotini oshirish yo‘lida xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy
ravishda uzluksiz shug‘ullanish bolani ham jismonan,
ham ruhan tetik qiladi, uning
butun vujudi uyg‘un tarzda kamol topadi.
Odatda o‘zining jismoniy sifati, jismoniy imkoniyatlari, harakat sifatlarini o‘z
yoshi uchun zarur bo‘lgan jismoniy tayyorgarligi darajasidan bexabarlik individning
vaqti, organizmining quvvatini besamara sarflashga sabab bo‘ladi. “Jismoniy sifat”
tushunchasi o‘zining turli talqinlariga ega. Ulardan bizga yaqinrog‘i inson
organizmining harakatlanishida namoyon bo‘ladigan sifatlarning ma’nosini
ifodalanishi bo‘lib, kuch,
tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik yani
mushaklarni elastikligi va bo‘g‘inlar harakatchanligi tarzi bir biridan farqlanadi.