«Mergan» o‘yini . Bolalar ikki komandaga bo‘linib, yuzlari bir-biriga qaragan holda safga turadilar. O‘rtaga har bir komandadan 6-8 m narida bulava qo‘yilgan bo‘ladi. Signal berilishi bilan har qaysi qatordagi bolalar galma-galdan to‘pni bulavaga otib uni urib yiqitishga harakat qiladilar. Qaysi komanda bulavani ko‘proq urib tushirgan bo‘lsa, o‘sha komanda g‘olib hisoblanadi.
Harakatli o‘yinni pedogogik tasnifi Pedagogik amaliyotda harakatli o‘yinni keng qo‘llanilishi, ularni tasnifini, guruhlarni tashkil etishni kamdan-kam tashkil etadi ya’ni xar hil pedagogik vazifani hal etish uchun ma’lum belgilar bo‘yicha ularni maqsadga yo‘naltirilgan holda tanlashni, ularni shu ish jarayonida qo‘yiladi.
Bu kelib chiqadigan vaziyatlardan orientir olishga yordam beradi va kuzatishga uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan, umumlashtiradigan xulosalar va oldindan aytishga yordam beradi. Belgilar, ular bo‘yicha har hil va harakatli o‘yinlarga bo‘linishi mumkin.
Harakatli o‘yinlar ko‘rsatib berishiga ko‘ra, individual (yakkalik) bo‘lishi mumkin, uni hammadan ko‘ra tez-tez faol dam olishda, bo‘sh vaqtda tashkil etishda bolalarning o‘zlari xammadan ko‘ra tez-tez tashkil etadilar (uzaytirilgan guruhda, bolalar maydonchasida, tanaffusda, xovlida, bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida bo‘sh vaqtda va boshqa holatlarda).
Alohida pedagogik ahamiyati (guruhli) jamoaviy harakatli o‘yinlarga ega bo‘ladi, ularda guruh bo‘lib o‘ynaydiganlar, sinflar qatnashadilar.
Barcha jamoali harakatli o‘yinlarda musobaqalashish elementlari o‘ziga xosdir (har biri o‘ziga va o‘z jamoasiga), qaerda tirishqoqlik, qat’iyatlilik, o‘z aro yordam, o‘z-o‘zini qo‘llash maqsadga erishishga qiziqishini namoyon qiladi).
Har bir harakatli o‘yin o‘zini mazmunini, (jamoani tashkil qilish xarakteri) va metodik jihatdan o‘ziga xosdir.
Harakatli o‘yinni mazmuni quydagilarni tashkil qiladi: syujetli (obrazli yoki shartli asosiysidir), maqsadga erishishga yo‘naltirilgan o‘yinga kiruvchi harakat va qoida.