Yoshlar siyosati va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə46/51
tarix21.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#188722
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
3.3 O\'quv Uslubiy Majmua

Hakamlik qilish
Har bir o‘yin ob’ektiv va oqilona hakamlik qilishni talab qiladi. Agar o‘yin qoidalarning bajarilishini diqqat bilan va jiddiy ravishda kuzatilmasa, o‘yin o‘zining ta’lim-tarbiyaviy va pedagogik qiymati va ahamiyatini yo‘qotadi. O‘yin qoidalari bajarilishini kuzatish bilan birgalikda, rahbar pedagogik usullar yordam bilan ta’lim va tarbiyani boshqarib boradi. Hakam esa o‘yinda usullarni to‘g‘ri bajarilishini kuzatadi, bu o‘yin texnikasini yaxshilashga va unga bo‘lgan qiziqishni to‘liq oshirishga yordam beradi.
Jamoalarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarda, bunda ob’ektiv va aniq hakamlik qilish alohida ahamiyatga ega, bu ayniqsa musobaqa yorqin ifoda qilgan va har bir jamoa yutishiga manfatdordir. Hakam jamoalarning kuch va o‘yinchilarini soni jixatdan teng bo‘lishini, shuning uchun bir hil sharoit yaratilishini (o‘yin o‘tkaziladigan, asbob-anjomlar va boshqalar jixatdan) kuzatib borishi kerak.
Noto‘g‘ri hakamlik qilish ishonchini yo‘qotadi, uni obrusi tushib ketadi, o‘ynovchilar ular bilan hisoblashmay qo‘yadilar.
Hakam barcha o‘ynovchilarni ko‘rishga va ularga halaqit bermaslikka, kuzatishga qulay bo‘lishi uchun joy topishi shart. Unga ayrim o‘yinlarda o‘yinchilarini siljishlarini kuzatish uchun maydon bo‘ylab harakat qilishga to‘g‘ri keladi.
Harakatli o‘yin qoidasini buzulganligini sezgandan keyin, darov o‘z vaqtida va aniq signal beradi. U o‘ynovchilar bilan baxislashishga kirishmasdan odob bilan tanbex beradi. Shu bilan birga harakatli o‘yin natijalarini to‘g‘ri yakunlash hakamga bog‘liq bo‘ladi. Lekin milliy harakatli o‘yinlarni to‘g‘ri hakamlik qilish bolalarda xaqiqatgo‘ylikni hakamga va uni qoidalariga nisbatan xurmatda bo‘lishni tarbiyalashga yordam beradi. Hakamga tegishli tanbex berish va tushuntirish berishni o‘yin tamom bo‘lgandan keyin amalga oshirish kerak.
Harakat o‘yin qoidasini buzulganligini sezgandan keyin, darov o‘z
vaqtida va aniq signal beradi. U o‘ynovchilar bilan baxislashishga
kirishmasdan odob bilan tanbex beradi. Shu bilan birga harakatli o‘yin natijalarini to‘g‘ri yakunlash hakamga bog‘liq bo‘ladi. Lekin milliy harakatli o‘yinlarni to‘g‘ri hakamlik qilish bolalarda xaqiqatgo‘ylikni hakamga va uni qoidalariga nisbatan xurmatda bo‘lishni tarbiyalashga yordam beradi. Hakamga tegishli tanbex berish va tushuntirish berishni o‘yin tamom bo‘lgandan keyin amalga oshirish kerak.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin