Harakatli o‘yin jarayonida yuklmani taqsimlash. Harakatli o‘yini har bir o‘yin qatnashchisini imkoniyatini hisobga olish juda qiyin, shuningdek uni shu vaqtdagi jismoniy holatini ham. Shuning uchun birdaniga haddan tashqari mushakni taranglashtirishni tavsiya qilinishda, chunki u tez charchab qolishni keltirib chiqaradi nafas olishni sekinlashtirishni talab qiladi.
Buning uchun optimal yuklamani taminlash shart. Yuklamani intensiv tez borishni dam olish bilan almashtirib borish kerak. O‘yini o‘tkazishga kirishishdan oldin, bolalarni kayfiyatini va oldingi o‘tgan faoliyati harkatini hisobga olish zarur. Agarda o‘yin katta jismaoniy yoki aqliy zo‘riqishdan keyin o‘tkazilsa (sinfda nazorat ishdan keyin yoki dalada ishlash) katta zo‘riqishni talab qiladigan, usullardan mustasno, kam milliy harakatli o‘yinlarni taklif qilish kerak.
Mashg‘ulot vaqtida intensiv o‘yin bilan kam harakatli o‘yin bilan almashib boriladi. Shuni hisobga olish keraki, o‘ynovchilarning jo‘shqin xolatini oshirish bilan o‘yinda yuklama oshadi. Biroq o‘yinga berilib ketgan, o‘ynovchilar bir-biridan oshib ketishga harakat qilib, o‘zlarini imkoniyatlarini hisobga olishmaydi va ko‘p kuch sariflanadi, bu esa sezgi me’yorlarini yo‘qotadi. O‘ynovchi bolalar tez-tez kuchiga ortiqcha baho beradi va charchashni kelib chiqishini sezmaydilar. Shuning uchun rahbar ularning kayfiyatiga, tayyorgarligiga, salomatlik holatiga ishonmasligi kerak. Chunki kichik maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshidagi bolalarga beriladigan yuklama, kattalarga qaraganda asta-sekin oshirib boriladi. Garcha o‘yinchilar hali dam olishga ixtiyoj sezilmasa ham goh harakatli o‘yin to‘xtatib qo‘yish mumkin. O‘yinda yuklama o‘yin qatnashchilarining umumiy harakatchanligini oshirish bilan yoki kamaytirish bilan taqsimlab boriladi. Yuklamani o‘zgartirish uchun har hil metodik usullar mavjuddir. Buni qisqa vaqtli tanaffuslarda hatoni taxlil qilish, ochkolarni hisoblash, o‘yin qoidalarini aniqlash, yordamchilarni tayinlash, yugurib o‘tish uchun masofani qisqartirish, o‘yinda takrorlash sonini kamaytirish va hokozo shuning uchun ulardan foydalanishni uyushtirish mumkin. Ularni faoligini oshirish uchun, o‘ynovchilarni guruhlar bo‘lib yugurib boshqa joyga o‘tish masofasini oshirib borib, qo‘shimcha to‘siqlar bilan to‘ldirib, o‘yin qatnashchilarini harakatchanligini oshirish mumkin. O‘yin boshilar uzoq vaqt davomida dam olmasdan harakatda bo‘lishiga, yo‘l qo‘ymaslik shart. O‘yin boshlarini vaqti-vaqti bilan hattoki, agarda ular yuta olmasalar ham almashtirishni tavsiya qilinadi. Barcha o‘ynovchilar iloji boricha hamma o‘ynovchilar taxminan bir hil yuklama olishlari shart. Shuning uchun o‘yinda yutqazgan o‘yinchilarni (agarda bu o‘yin qoidasi bo‘yicha talab qilinsa) faqatgina qisqa vaqtga chaqirish mumkin. Eng yaxshisi ularni o‘yindan chiqarmaslik kerak, uni o‘rniga jarima ochko berilgani ma’qul bo‘ladi. Tibbiy nazorat ma’lumotlarini hisobga olish kerak, alohida diqqat-e’tiborni zaif bolalarga qaratilishi zarur. Ular uchun yakkama-yakka yuklama berish, ya’ni qisqartirilgan masofa, engilashtirilgan topshiriq o‘yinda bo‘lishi vaqtini qisqartirishi maqsadga muvoffiqdir. Ochiq havoda o‘tkaziladigan harakatli o‘yin davom etishi shuningdek obi-havo sharoitiga bog‘liqdir. Ochiq havoda o‘tkaziladigan mashg‘ulot vaqtida organizmga harakatni fiziologik ta’sir etishi oshib boradi.
O‘yindagi yuklama o‘yin maydonchasining katta-kichikligiga va bolalarning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Maydon qancha katta bo‘lsa, o‘yin qatnashchilari shuncha ko‘p yuklama oladilar. Shunday qilib taqsimlash o‘yin o‘tkazish sharoiti va uslubiyati bo‘yicha aniqlanadi.