Yoshlar siyosati va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə50/51
tarix21.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#188722
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
3.3 O\'quv Uslubiy Majmua

Nazorat savollari
1.Yurish qanday harakat va bola qaysi yoshdan yura boshlaydi?
2.Yurish qanday takomillashib boradi?
3. Harakatli o‘yinlar qaday hakamlik qilinadi?
4.Harakatli o‘yinlar qanday tushuntiriladi?
5. Harakatli o‘yinlar qanday tugatiladi?


Glossariy


Maktabgacha ta’lim – turli yo‘nalishdagi maktabgacha ta’lim dasturini amalga oshiradigan ta’lim muassasasi.
Ta’limda ko‘rgazmalilik - ko‘rgazmalilik o‘quv materiallarini puxta va chuqur o‘zlashtirishga ,bolalarning bilim doiralarini kengaytirishga va tafakkurlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Anglash – o‘rganilayotgan predmetni tushunish va to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish.
Metod – bu bilimga erishish usuli,olamning ma’lum tarzda tartibga solingan ongli va izchil faoliyati.
Tanaffus –mashg‘ulotlar va o‘yinlar oralig‘idagi dam olish vaqti.
Yugurish – mashg‘ulot jarayonida amalga oshiriladigan shartli va shartsiz faoliyat bo‘lib yurishdan uchish fazasi bilan farqlanadi.
Sakrash – insonning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishdagi murakkab harakat faoliyati xisoblanadi.
Saf mashqlari - Safda birgalikda bajariladigan, shug‘ullanganda uyushqoqlik va intizomni, jamoa bo‘lib harakat qilish malakalarini, qad qomatini shuningdek ritm va sur’at hissini tarbiyalashga yordamlashadigan harakatlar.
Sport- Jismoniy mashqlardan foydalanishga asoslangan hamda eng yuksak natijalarga erishishga qaratilgan o‘yinlar, musobaqalar tarzidagi faoliyati.
Jismoniy mashqlar - Maxsus tanlangan va jismoniy tarbiya vazifalarini xal etish maqsadida o‘tkaziladigan ongli harakatli faoliyat tushuniladi.
Amaliy mashqlar - yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashib chiqish, oshib o‘tish, emaklab o‘tish, muvozanat saqlash, to‘siqlardan oshib o‘tish va boshqalar.
Jismoniy tarbiya - Pedagogik jarayon bo‘lib, odam organizminig morfologik va funksional holatini, ruhiy va iroda tomonlarini tarbiyalab, bilim, ko‘nikma, malaka sifatlarini yaxshilashga, mehnat va vatan mudofaasida yuqori natijalarga erishishga qaratilgan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin