Harakatli o‘yinlarni quyidagicha turkumlash mumkin:
A.Jixozlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar.
B.Jixozlarsiz o‘ynaladigan o‘yinlar.
V.Jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
G. Drammalashgan o‘yinlar.
D. Mazmunli-rolli o‘yinlar.
E. Ijodiy o‘yinlar va xakoza.
Drammalashgan o‘yinlar
A. Hayotiy (tarixiy-hayotiy, madaniy-hayotiy, kasbkorlik-hayotiy).
B. Kulgili o‘yinlar.
V. Qo‘shiq va raqs o‘yinlari.
Mazmunli-rolli o‘yinlar
A. Mazmunli-harakatli.
B. Sport o‘yinlari.
Ijodiy o‘yinlar
Milliy xalq o‘yinlarining tarixiy vujudga kelishini tahlil qilib, dramalashgan o‘yinlar o‘zbek qo‘g‘irchoq teatrining negiziga aylangan qadimiy xalqning «qo‘g‘irchoq o‘ynatish» san’ati asosida paydo bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin.
Muayyan badiiy obrazni ifodalaydigan qo‘g‘irchoq mamlakat va kishilar hayotidagi tarixiy-turmush voqealarini aks ettiradi, madaniy-maishiy o‘zgarishlar amaliy ko‘rinishlarining go‘zalligi va kamchiliklarini ifodalaydi.
Dramalashgan o‘yinlar ko‘pincha musiqa jo‘rligida va qahramonlarning raqslari bilan o‘tkaziladi. Bolalar katta yoshli kishilarning hayotini, mehnat faoliyatini, tabiat hodisalarini kuzatib hamda xalq tomoshalarida qatnashib, o‘zlari kurgan narsalarni o‘yinlarida tasvirlaganlar. Hayotni tasodifiy ravishda aks ettirish mazmunli-rolli, mazmunli-harakatli va sport o‘yinlariga asos bo‘lgan.
Dramalashgan o‘yinlarga o‘zbek xalq ertaklari va afsonalari asos qilib olingan. Mana shunday o‘yinlarning maqsadi ertaklar va afsonalarni ijro etishdir. Dramalashgan o‘yinlar o‘z mazmuniga ko‘ra juda yorqin bo‘ladi. Ularda ishtirok etuvchilar esa Hayvon yoki Qush bo‘lsin, Odam bo‘lsin, badiiy obrazning barcha xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan shaxslardir. Bunda hayvonot olami insoniy xususiyatlarga ham ega bo‘ladi.
Ertakning mazmuni, qatnashuvchi shaxslar o‘rtasidagi kurash bolani qiziqtiradi va uning qalbini rom qiladi.
Hayotiy o‘yinlar xalqimizning tarixini, turmushini, madaniyatini va mehnat faoliyatini yoritadigan o‘yinlardir.
Kulgili o‘yinlar xarakter va fe’l-atvorlarni mohirlik bilan yoritishga, kishilardagi ayrim salbiy hatti-harakatlar ustidan engil kulishga asoslangan o‘yinlardir. Bunday o‘yinlr aybdorlarni «jazolash» va shu bilan birga kutilmagan hamda tasodifiy elementlarni kiritish maqsadida tashkil qilinadi. Ularda xalqimiz madaniyatining askiya va masharabozlik madaniyati keng shuhrat qozonganligi tarixi aks etiladi.
Qo‘shiq va raqs o‘yinlari xalq madaniyatining o‘ziga xos janri, xalqimizning milliy ogzaki, teatr va musiqa an’analari targ‘ibotchisi sifatidagi folklorlarga asoslanadi. Ular xalqimizning ma’naviy boyligini, estetik didini ifodalaydi.
Mazmunli-rolli va mazmunli – harakatli o‘yinlar o‘ziga jozibador va qiziqarli bo‘lib, mukammal mazmun ham dasturli olam, tabiat, ayrim narsalarning sifatlari bilan tanishtiradi. Mana shu guruhdagi o‘yinlarning mohiyati va ahamiyati boshqachadir.
Ijodiy o‘yinlarga quyidagilar kiradi:
A. Bolalarning o‘zlari o‘zbek xalq ertaklari va afsonalari asosida yaratadigan o‘yinlar.
B. Estetik maqsadga qaratilgan ixtiyoriy va mavzuli o‘yinlar.
V. Maqsadga muvofiq o‘yinlar, o‘quvchilarning o‘zlari yaratadigan boshlanishi va oxiri har xil o‘yinlar, natijasi ma’lum bo‘lgan o‘yinlar.
G. Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini faollashtiradigan she’r to‘qish, qo‘shiq, raqs, imo-ishoralar, taqlidqilish, va h.k.lar bajariladigan o‘yinlar.
D. Tasviriy ijodkorlikka, o‘yinlar uchun kerakli narsalarni bajarishga doir o‘yinlar.
Xalq o‘yinlari hayotiy voqealarga murojat etib, ularni nihoyatda xilma-xil, o‘zining boyligi va rang-barangligi bilan kishini maftun qiladigan badiiy obrazlarda ifodalaydi.
Harakatli o‘yinlarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarning yoshini xisobga olgan xolda tanlanishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar to‘rt guruxga bo‘linadi.
O‘yin faoliyati juda ham turli-tumandir: o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan bolalar o‘yinlari, stol o‘yini, doira bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin, harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari.
O‘yin o‘zi-o‘zini bilish vositasi, o‘yin-kulgi, dam olish, jismoniy va umumiy ijtimoiy tarbiya vositasi, sport vositasi bo‘lishi mumkin.
O‘yin madaniyati elementi sifatida jamiyatni barcha madaniyati va kishilarning har hil extiyojlari bilan rivojlanadi: o‘yin-kulgi, dam olishda, ma’naviy, aqliy va jismoniy kuchni rivojlanishida katta o‘rin egallaydi.
O‘yin faoliyati- nafaqat madaniyatni bir elementi hisoblanadi, balki u bolalar va o‘smirlarni tarbiyalashda ham foydali vosita hisoblanadi. U hardoim maqsadga yo‘naltirilgan va turli-tuman maqsadli yo‘l-yo‘riq hamda asoslangan harakat bilan o‘ziga xos xususiyatni ko‘rsatib turadi. O‘yin faoliyati ko‘proq mehnat bilan umumiylikka ega, ayniqsa bolalik davrida. Biroq o‘yin jarayonida xayotiy extiyojlarni qondirish uchun kishi moddiy boylikni yarataolmaydi.
O‘yin-juda ham quvnoq jo‘shqin faoliyatidir, shuning uchun u yoshlar va bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishda katta boylik kasb etadi. Harakatli o‘yin turli-tumanligi katta-kichiklar orasida ayniqsa o‘smirlar va bolalar o‘rtasida eng keng tarqalgani bu harakatli o‘yinlardir. Ular esa ushbu o‘quv qo‘llanma fani hisoblanadi.
Harakatli o‘yinlarni o‘ziga xos fazilati harakatli o‘yin mazmuni harakatni rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish, to‘pni uzatish va ilib olish, qarshilik ko‘rsatish va b.q). Bu harakatlantiruvchi harakatlanish uni mazmunini asoslab beradi (mavzu, g‘oyasi). U o‘yinda qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida, turli-tuman qiyinchiliklarni, to‘siqlarni engib o‘tishiga yo‘naltiriladi.
Harakatli o‘yinlarni orasida xaqiqatdan ham (elementar) harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari bilan farq qiladi. Xaqiqatan ham (elementar) harakatli o‘yinlar o‘ynovchilarning o‘zlarini ixtiyoriy ravishda o‘rnatilgan, maqsadga shartli ravishda erishishga yo‘naltirilgan, o‘zida ongli ravishda tashabbuskorlik faoliyatini mujassamlashtirgan bo‘ladi. O‘ynovchilarning maqsadga erishishda faol harakatlantiruvchi harakat talab qiladi, uni bajarishi o‘ynovchilarni o‘zlarining ijod qilishiga va tashabbuskorligiga bog‘liqdir (nishonga tezda yugurib borish, nishonga tez otish, “Raqibiga” tez va epchillik bilan etib olish yoki undan qochib ketish va x.k).
Harakatlantiruvchi harakatli o‘yin qoidalari bilan belgilanadi, uni bajarilishini o‘yinchilardan tashabbuskorlik xulqini o‘rnatilgan qoidalar chegarasida mos kelishini talab qiladi. O‘yin qoidasi maqsadga erishish yo‘lida o‘yindagi qiyinchiliklarni va to‘siqlarni xarakterini aniqlaydi. Qoidani soni va murakkabligi jixatdan harakatli o‘yin o‘zining murakkabligiga bog‘liqdir.
Xaqiqatdan ham harakatli o‘yinlar o‘yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Shuning uchun o‘yin qoidasi o‘yin qatnashchilarini va rahbarlarni (o‘qituvchilar) o‘zlari o‘tkazilayotgan harakatli o‘yin sharoitiga qarab uni o‘zgartirib boradilar. Chunki unda o‘ynovchilarni aniq belgilangan soni, maydonni aniq katta kichikligi yo‘q, shuningdek asbob-anjomlar ham o‘zgartirib turiladi (bulava yoki kegli, voleybol yoki oddiy to‘p, kichik koptoklar yoki qum solingan haltachalar, gimnastika yoki oddiy tayoqchalar va x.k).
Sport o‘yinlari – bu harakatli o‘yini eng yuqori bosqichidir. Bunda o‘yin qoidasi qa’tiy belgilangan bo‘lib, ular maxsus maydonga va jixozlarni talab qilinadi. Sport o‘yini uchun o‘ziga xosligi o‘yin jarayonida ma’lum taktikada o‘zini tutishi va murakkab harakat texnikasi hisoblanadi. Bu esa o‘yin qatnachilaridan maxsus tayyorgarlikni, trenirovkani talab qiladi. Har bir sport o‘yini belgilangan o‘yinchilarni soniga, ma’lum maydoncha, asbob – anjomlari hisoblanadi.
Ayrim sport o‘yinlarida ayrim o‘yinchilarda mutaxassisligi bo‘lishi zarurdir (xujumga, ximoyaga, darvozabon va b.q). Sport o‘yinlari u yoki bu o‘yinda qa’tiy qoidaga mos ravishda maxsus xakamlik qilishni talab qladi. Ayrim sport o‘yinlarida o‘yin qatnashchilari tarkibiga qarab birnecha marta (Bolalar yoki kattalar, erkaklar yoki o‘smir qizlar) o‘zgartirilishi mumkin.
Sport o‘yinlari sport turihisoblanadi. Bular bo‘yicha har hil darajadagi musobaqalar o‘tkaziladi. Natijada sport o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda eng yaxshi o‘yinchilarga sport razryadlari va unvonlar beriladi.
Ayrim harakatli o‘yinlar (Masalan, “Lapta”, “Voleybol” va b.q) mashg‘ulotni maqsadi, ko‘rsatmasi va uni tash kilqilish usullariga bog‘liq holda, ayrim xolatlarda xaqiqatdan ham o‘zi xarakteriga qarab harakatli (elementlari) o‘yin deb yuritiladi, boshqalari esa sport o‘yinlari sifatida o‘tkaziladi. Masalan, o‘yin qatnashchilari tasodifan yig‘ilib qolganda (dam olish o‘yinlarida, sayrlarda) ular xaqiqatdan ham harakatli o‘yin xarakteriga ega bo‘ladi.
Harakatli o‘yinlar yoshlarni, bolalarni umumiy jismoniy tayyorgarlik vositasi sifatida foydalaniladi, shuningdek sport o‘yinlariga va boshqa sport turlarigava “Alpomish” va “Barchinoy” test me’yorlarini topshirishga tayyorlash vositasi bo‘lib ham hisoblanadi.
Harakatli o‘yinlar o‘ziga xos bo‘ladi (yakka tartibda), u hammadan ko‘proq tez-tez bolalarni o‘zlari tomonidan (to‘p o‘yini, arg‘amchi bilan, chambarakni aylantirish va b.q) tashkil etiladi. Ular tarbiyachi pedagog va etakchilar tomonidan bolalarni faol dam olishini tashkil qilish maqsadida foydalanishi mumkin (tanaffusda, kuni uzaytirilgan guruhda va boshqa holatlarda).
Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan (guruh) harakatli o‘yinlar aloxida pedagogik ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki ularda o‘ynovchi guruhlar, sinflar, zvenolar, bo‘limlar, sport seksiyasida shug‘ullanuvchilar qatnashadilar.
Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan harakatli o‘yinlar har doim musobaqalashish elementi o‘ziga xos bo‘lib (har bir kishi o‘zi uchun yoki har bir kishi o‘z jamoasi uchun), shuningdek belgilangan maqsadga erishishida qiziqishni uyg‘otishda bir-biriga yordam berish, o‘zaro yordamdan iborat bo‘ladi. Jamoa o‘yinlari uchun o‘ziga xosligi shundaki, o‘yinda ham mavaqt xolatni o‘zgarib turishi, o‘yinchilarda ntezlik raksiyasini talab qilinadigan bo‘ladi. Shuning uchun o‘yin jarayonida o‘zaro munosabat har doim o‘zgarib turadi: harbir kishi o‘zi uchun yoki o‘zining jamoasi uchun “Raqiblarini” nisbatan eng qulay xolatni yaratishga intiladilar.
Harakatli o‘yinlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Ularni aloxida o‘yinlar bo‘yicha o‘tkazish mumkin, o‘yinga qo‘yilgan vazifa taxminan birhil sinflar birhilyoshdagi Bolalarning jismoniy imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Biroq harakatli o‘yinlar majmuasi bo‘yicha musobaqa o‘tkazishni pedagogik qimmati shundaki, bunga har hil jismoniy sifat va malakalarni tarbiyalashga yordam beradigan, turli-tuman o‘yinlar kiritiladi. Harakatli o‘yin majmuasi bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqada harhil yoshdagi bolalar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar qatnashishlari mumkin, biroq o‘yindagi vazifa har hil bo‘lishi mumkin.
Harakatli o‘yin bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqadagi bu juziy o‘zgarish, sport o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarga ko‘ra ular birmuncha farq qiladi, chunki sport o‘yinlarida qa’tiy belgilangan sharoitda va qoida bo‘yicha o‘tkazishni talab qilinadi.
Har bir harakatli o‘yin o‘zining mazmuni shakli (tuzilishi) va metodik xususiyatiga egadir. Harakatli o‘yinlarni mazmuni quyidagilardan iborat: mavzu yoki mazmun (ifodali yoki shartli o‘ylab qo‘yilgan ish, o‘yin rejasi) maqsadga erishish uchun o‘yinga kiradigan, harakat va qoidadir.
Pedagogika amaliyotida harakatli o‘yin ikkita asosiy turlaridan foydalaniladi:
Erkin, ijodiy yoki erkin o‘yinlar, bunda o‘yin qatnashchilarini o‘zlari o‘yin rejasini belgilaydi va belgilangan maqsadni o‘zlari amalga oshiradilar. Bu bolalarda go‘daklik, maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshida va kichik maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshida ular hammadan ko‘ra tez-tez mazmunli bo‘ladi, chunki harakatli o‘yin mazmuniga qarab rolni taqsimlanadi, shuning uchun ularni psixologiyada g‘o‘la shaklida o‘ralgan deb ataladi. Ular aloxida yoki bir kishilik va guruh shaklida bo‘lishi mumkin.
Belgilangan qoida bilan tashkil qilingan harakatli o‘yinlar, esa unga katta yoshdagi yoki bolalar-etakchilarni o‘zlarini rahbarlik qilishlarini talab qilinadi.