Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishga joy tayyorlash Ochiq havoda harakatli o‘yin o‘tkazish uchun chimlarni qirqish kerak (agarda tennis maydoncha va aniq belgilar talab qilinadi) yoki tennis maydoncha tanlanadi (ayniqsa Bog‘chagacha ta’lim tashkiloti yoshdagi bolalar uchun). Eng yaxshisi maydonchani to‘g‘ri burchak shaklida, eng kamida 8 m, uzunligi kamida 12 m bo‘lishi kerak. Maydondan 2 m masofada bir necha o‘rindiqni qo‘yish tavsiya qilinadi. Iloji boricha, yozgi maydonchani atrofida daraxtlar bo‘lgani yaxshi.
Bino ichida harakatli o‘yin o‘tkazishda shuni nazarda tutish kerakki, bino ichida, o‘ynovchilarni harakat qilishiga, iloji boricha asbob-anjomlarni yordamchi xonalarga oldirib qo‘yish kerak. Agarda asbob-anjomlarni zaldan olish imkoniyat bo‘lmasa, unda ularni zalni qisqa devori tomoniga qo‘yiladi va skameyka, to‘r yoki boshqa buyumlar bilan o‘rab qo‘yiladi. Deraza oynalari va lampalar sim to‘rlar bilan bekitiladi. Bundan harakatli o‘yin o‘tkazishda oldin shomollatirishi va nam latta bilan artilishi kerak.
Rahbar joylarda harakatli o‘yin o‘tkazishdan oldin dastlab joy bilan yaxshi tanishib chiqish kerak va o‘yin uchun shartli chegaralarni belgilab chiqish shart.
O‘yinga asbob-anjomlarni tayyorlash Milliy harakatli o‘yinlarni o‘tkazish uchun bayroqchalar, rangli bog‘ichlar, har hil kattalikdagi koptoklar, gimnastika tayoqcha, bulavalar yoki keglilar, chambarak, argamchilar kerak. O‘yinda asbob-anjom chiroyli, yashil rangda va o‘yinda ajralib turadigan bo‘lish kerak (bu kichik Bog‘chagacha ta’lim tashkiloti yoshidagi bolalar uchun eng avvalo muximdir). Asbob-anjomni katta kichikligi va og‘irligi bo‘yicha o‘ynovchilarni bo‘ylariga mos bo‘lish lozim. (umumiy ta’lim Bog‘chagacha ta’lim tashkilotilari uchun tuzilgan jismoniy tarbiya dasturiga qaralsin). Asbob-anjom sonini oldindan nazarda tutish lozim. Asbob-anjomni o‘tkaziladigan joy bilan yonma-yon saqlash maqsadga muvofiqdir. Muximi uni sanitar xolatini va uni muntazam ravishda tortibga solib borish kerak. Bolalarni tarbiyalash maqsadida bolalarni asbob-anjomlarni ta’mirlashga va saqlashga jalb qilish foydali bo‘ladi.
O‘yin qatnashchilariga asbob-anjomni tarqatish va qo‘yib chiqish faqatgina harakatli o‘yin tushuntirib bo‘lgandan keyin bajariladi. Buni bolalarni o‘zlari bajaradilar, chunki ular topshiriqni tez, aniq tashkiliy ravishda bajaradilar.
Maydonni belgilash. Agarda maydoni belgilash uchun ko‘p vaqt talab qilinadigan bo‘lsa unda buni harakatli o‘yin boshlanishiga qadar bajarilishi kerak. Belgilash murakkab bo‘lmasa unda harakatli o‘yin mazmunini gapirib berish bilan bir vaqtda yoki uni boshlanishdan oldin bajarish mumkin, gapirib berish vaqtida faqatgina belgilangan chegarasini ko‘rsatish mumkin. Tez-tez takrorlanadigan o‘yin uchun maydonchani doimo bo‘lib turadigan belgi chizish mumkin.
O‘yin uchun ajratilgan belgilar ravshan chizilgan bo‘lishi shart, o‘yinga berilib ketgan, bolalar uchun, ular orqasidan o‘ng‘aygina kuzatish imkoniyatiga ega bo‘linadi. O‘yin uchun chizilgan chiziq to‘siqdan, devordan yoki boshqa buyumlardan 3 m dan yaqin bo‘lmasligi kerak, bo‘lmasa bolalar shikastlanishlari mumkin. Bu eng avvalo yugurib o‘tish bilan o‘ynaladigan o‘yinlarda juda muximdir, chunki bunda juda-juda katta guruh o‘yin qatnashchilari birvaqtni o‘zida “uylar” chegarasidan yugurib o‘tadilar.