Maydonni belgilash. Agarda maydon beligilash uchun ko‘p vaqt talab qilinadigan bo‘lsa, unda buni o‘yinni boshlanishiga qadar bajarish kerak. Belgilash murakkab bo‘lmasa, unda o‘yin mazmunini gapirib berish bilan bir vaqtda o‘yinni boshlashdan oldin bajarish mumkin, gapirib berish vaqtida faqatgina belgilangan chegarasini ko‘rsatish mumkin. Tez-tez takrorlanadigan o‘yin uchun maydonchada doimo bo‘lib turadigan belgi chizish mumkin.
O‘yin uchun ajratilgan belgilar aniq chizilgan bo‘lishi shart, buning natijasida o‘yinga berilib ketgan bolalar orqasidan osongina kuzatish mumkin.
O‘yin-estafetani o‘tkazish metodikasini o‘ziga xos xususiyati. Estafetalar quyidagicha bo‘ladi:
1. Chiziqlik:qachonki bolalar bitta qatorda turadi va bitta chiziq bo‘ylab harakatlanadi.
2. Qarshidan yoki qarshidan kelayotgan:qachonki bolalar qatorda turganda, lekin har bir tomonda teng ikkiga bo‘linadi va o‘yinchilarning harakat qilishi bir-biriga qarshi bajariladi.
3. Aylana shaklidagi: qachonki bolalar g‘ildirakni spitsasi sifatida safda turadilar va yuzlari bilan harakat yo‘nalishi bo‘ylab turadi. Harakatni doira bo‘ylab bajaradi. O‘yin-estafetalar o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega bo‘ladi.
Estafetaning ijobiy tomonlari: Yuqori emosionalligi va individual-musobaqalashish momenti, komandani his etishi va jipsligidir. Har bir bolani ko‘rinishida uni harakat qilishi bilishi va intilishi barcha o‘yinchilarga ko‘rinib turadi.
Estafetaning salbiy tomonlari: Ularning salbiy tomonlari juda ko‘p, lekin ularni imkon boricha minimum holatga olib kelish mumkin. Masalan, motor zichligining pastligi, chunki unda o‘yinchilarni sonini oshirish kerak, lekin 5-6 kishidan oshmasligi kerak. Mashqni bajarish va tezroq bajarish sifati o‘rtasidagi to‘qnashuvdir. Agar bolada birorta mashqni bajarishda mustahkam malaka bo‘lmasa,( u estafetaga kiritilgan bo‘lsa ),unda uni tez bajaradi. U mashqni texnika nuqtai nazaridan yomon bajargan bo‘ladi. Sifatsizdir, masalan to‘pni ilib olish yoki to‘pni olib yurish, har xil sakrashlar va boshqalar.Chunki buni bo‘lmasligi uchun estafeta natijasini yakunlash bo‘yicha ochko berish tizimidan foydalanish kerak. Masalan, “Qaldirg‘ochlar” komandasi estafetani tez tugatadilar, ya’ni birinchi bo‘lib ularga 10 ochko beriladi. “Qarg‘alar” komandasi estafetani ikkinchi bo‘lib tugatdilar ularga 9 ochko beriladi. Ular o‘yinchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar qo‘shiladi. Shundan so‘ng o‘shaning umumiy sonidan jarima ochkolar chiqarib tashlanadi.
Bu xatolar esa o‘yin-estafetani qoidasiga kiritilishi kerak. Masalan, to‘pni tushirib yuborganda yoki uzatishni noto‘g‘ri bajarganda yoki boshlash chizig‘ini bosganga jarima ochko oladi. Lekin xato ko‘p bo‘lmasligi, maksimum uch yoki to‘rtta bo‘lishi kerak. Bu xatolar agarda birorta o‘yin harakatini o‘rgatishda bo‘lsa, unda pedagogik vazifalar bilan bog‘liq bo‘lishi shart va natijada quyidagi vaziyat kelib chiqishi mumkin. “Qaldirg‘ochlar” komandasi estafetani birinchi bo‘lib tugatadilar. 10 ochko oladilar, lekin ular to‘rtta xatoga yo‘l qo‘yganlar. Natijada komanda 6 ochko oladi. “Qarg‘alar” komandasi estafetani ikkinchi bo‘lib tugatganliklari uchun 9 ochko oladilar, lekin ular ikkita xatoga yo‘l qo‘yadilar, natijada 7 ochko oladilar. “Qarg‘alar” komandasi 7:6 hisobi bilan g‘alaba qozonadilar. Estafetada o‘yin natijasini yakunlaganda ochko berish tizimi shunga yordam beradiki, ya’ni barcha o‘yinchilarni, ayniqsa, orqada qolayotgan komandani estafetani oxirigacha o‘ynashga majbur qiladi. Istisno tariqasida shunday estafeta bo‘lishi mumkin. Unda toza tezkorlik vazifasi hal etiladigan bo‘lsa, ya’ni kimda kim tez yugurib kelsa, o‘sha yutgan bo‘ladi. Qachon estafetada ma’lum ko‘nikma va malakalarni talab qilmaydigan, qachonki estafetada mashqni bajarish kerak bo‘lmaganda. Barcha harakatlanish soat strelkasiga qarshi bo‘lishi kerak, chunki o‘yinchilar o‘yin vaqtida bir-birlari bilan to‘qnashib ketmasliklari kerak. Ayniqsa, bu qarshi estafetalarda muhimdir. Qaerda to‘pni olib yurish va uzatishni bajarish vaqtida, estafeta o‘zini dastlabki joyida tugaydi va odatda qaysi o‘yinchi boshlagan bo‘lsa, o‘shalar bilan tugaydi.( bu qarshi estafetaga taalluqli) Start chizig‘i oldida past bo‘yli o‘yinchilar turishi kerak. So‘ngra baland bo‘yli, qatorni oxirida - eng baland bo‘yli o‘yinchilar turadilar.
Estafeta kamida uch marta o‘tkaziladi. Agar umumiy hisob 2:0 bo‘lsa, unda uchinchi marta o‘tkazish shart emas. Imkon boricha har bir takrorlashda uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishlar yoki birorta harakatni qo‘shish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bitta mashg‘ulotda harakat tuzilishi har xil bo‘ladi.