Yoshlar siyosati va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport


Harakatli o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə20/51
tarix21.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#188722
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
3.3 O\'quv Uslubiy Majmua

Harakatli o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati
Hozirgi paytda milliy xalq o‘yinlarining asosiy vazifasi o‘z mazmuni va metodikasi bilan bolalarni jamiyatimiz talablariga muvofiq ravishda tarbiyalashni ta’minlash, ularda axloqiy, irodalilik imkoniyatlarini rivojlantirish, ijodkor va bunyodkorlarga xos bilim, ko‘nikma hamda malakalarni, Bolalarga xos xarakterli xususiyatlarni sifatlarni shakllantirishdan iboratdir.
Qadimiy tarbiya sistemasida o‘yinlardan shaxsan shakllantirish vositasi sifatida keng foydalanilgan. Muqaddam pedagogik fikr namoyondalari o‘yinning tarbiyaviy ahamiyatini g‘oyat ziyraklik bilan fahmlashgan. Ular har qanday vaziyatga nisbatan o‘yin vaqtida bolalarning xulq-atvorlarini bilib olish, ularning salbiy va ijobiy sifatlarini osonroq aniqlash, noo‘rin xarakatlarni bartaraf etishning yaxshiroq Choralarini qo‘llash mumkin deb hisoblashgan. SHuning uchun o‘sha davrlardayoq bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olib, ularga mos o‘yinlarni tanlash masalasi qo‘yilgan. Bolani yoshiga muvofiq ishlar va o‘yinlar bilan mashg‘ul qilish zarur deya topilgan. Pedagoglar zimmasiga ana shunday o‘yinlarni tanlash vazifasi yuklangan.
Yunon faylasufi Platon fanlarni o‘yinlar yordamida o‘rganishni tavsiya etgan. O‘yinda bolalar o‘z qobiliyatlarini yaxshiroq namoyon etadi, deb hisoblagan. Shuningdek Platon: «Odamlarga yoqimli fanlarni zo‘rlab emas, balki o‘yinlar orqali o‘qitib, ana shunda kimning nimaga moyilligini yaxshiroq ko‘rasan», deya ta’kidlaydi.
Qadimgi faylasuflardan Aristotel ham bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun o‘yinlardan foydalanish zarurligini, o‘yinlar dilxushlikdan iborat bo‘lib, xordiq chiqarishga yordam berishini uqtirgan.
O‘rta asrlar pedagoglari bolalarni jismoniy kamol toptirish uchun katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatganlar - jismoniy tarbiya metodikasini ishlab chiqib, unda o‘yinlarga katta o‘rin berganlar. Feodal tarbiyasining maqsadi zadogonlar oilasidagilarga otda yurishni, suzishni qilichbozlikni, shaxmat o‘ynashni, nayza va qalqondan foydalana olishni o‘rgatishdan iborat bo‘lgan. Oddiy xalqning xizmati esa feodalning farovonligi uchun mehnat qilish edi.
G.V. Plexanov ibtidoiy o‘yinlar va jismoniy mashqlar biologik omillardan emas, balki odamlarning mehnat faoliyatidan kelib chiqqanligini ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Ayrim kishi hayotida o‘yin mehnatdan oldin paydo bo‘lsa ham, umuman, jamiyatda esa u faqat mehnatni aks ettiradi. Ya’ni G.V. Plexanovning tabiri bilan aytganda, «O‘yin -mehnat farzandi» sifatida vujudga kelgan. Biroq G.V. Plexanov o‘yin haqidagi masalani ko‘rib chiqishda anglashilmovchilikka yo‘l qo‘ygan. U hayvonlarning harakatidagi zoologik moslashish va o‘yin orasidagi tubdan farqlanishning mohiyatini aniqlashdan chetlab o‘tdi.
E.A.Pokrovskiy o‘zing maxsus kitobi («Detskie igrы, preimuщestvenno russkie»)da o‘yinlarni bolalarni jismoniy tarbiya amaliyotida keng qo‘llash to‘g‘risida fikr bildiradi.
Xalq o‘yinlarini o‘rganish, ishtirokchilarning o‘zaro munosabati va xulqi o‘yin tanlashda uni ta’limiy vazifalariga mos kelishini, shuningdek, o‘yinda pedagog bosh rolni o‘ynashi lozimligini ko‘rsatib o‘tadi.
Shu bilan birga P.F. Lesgaft harakatli o‘yinlarning vazifasi va rolini aniqlab, asosiy uslubiy ko‘rsatmalarni keltiradi, o‘yin materiallarini ikkita guruhga bo‘ladi. Bular 1-guruh oddiy o‘yinlar, 2-guruh murakkab o‘yinlardir.
P.F. Lesgaft o‘zining jismoniy mashqlar sistemasida o‘yinlarni jismoniy tarbiya vositasi sifatida ifodalaydi. O‘yin yordamida bola hayotga tayyorlanishni aytadi. P.F. Lesgaftning harakatli o‘yinlarni o‘tkazish uchun ko‘ygan talablari hozirgi paytgacha o‘z kuchini yoki ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, chunki u har bir o‘yin oldiga aniq maqsadlar qo‘yishi, o‘tkazilayotgan o‘yinlar qatnashuvchilarning kuch va qobiliyatlariga mos kelishi, o‘yin bilan shug‘ullanuvchilarga ijobiy emotsional ta’sir ko‘rsatishi lozimligini, o‘yinlarni sistemali tarzda va muntazam ravishda o‘tkazish, qatnashuvchilarning faolligi va mustaqilligini oshirishga harakat qilish zarurligini uqtirgan edi.
O‘yin pedagogik omil bo‘lishi uchun unga pedagogik vazifa ongli va maqsadga muvofiq ravishda bog‘lanishi, undan tarbiyaviy maqsad hamda vazifalarni hal qilish uchun foydalanilishi shart. Milliy xalq o‘yinlariga xos xususiyatlarning boyligi ham ularda xilma-xil tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.
S.A. Shmakov o‘yinlarning tarbiyaviy imkoniyatlarini ifodalab shunday yozgan edi: «O‘yin go‘yo soyadan, bola bilan birga tug‘ilgan, uning hamrohi. Ishonchli do‘stiga aylangan. Lekin biz uni uzoq yil davom etishi uchun yaxshi deb hisoblaymiz. O‘yin katta, ba’zan ko‘z ilg‘amas tarbiyaviy rezervlari, g‘oyat keng pedagogik imkoniyatlari tufayli insonlar e’tiborini qozonadi».
Milliy xalq o‘yinlaridan foydalanish muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun o‘yin bolaning o‘z faoliyati ekanini, undagi tashabbuskorlikni va mustaqillikni saqlash hamda rag‘batlantirish zarurligini hisobga oliщ kerak.
Milliy xalq o‘yinlari tarbiya jarayonida faoliyatning bir turi sifatida namoyon bo‘ladi, binobarin, ular ijtimoiy bo‘lib, mehnat va o‘qish bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbek xalq o‘yinlarining ana shu eng muhim xususiyatlari ularning tarbiyaviy imkoniyatlarini tahlil qilish ehtiyojini tug‘diradi.
Milliy xalq o‘yinlarining tarbiyaviy jihati haqida gap borar ekan, shuni alohida takidlash lozimki, ular eng avvalo bolalarda o‘z mahallasiga, qishlog‘iga, shahriga, tabiatga, mamlakatimizda yashovchi barcha xalqlarga muhabbat uyg‘otadi, hurmat va ehtirom xislarini, milliy g‘ururni tarbiyalaydi. Eng muhimi, o‘zbek xalqining milliy madaniyatiga, o‘tmishiga va hozirgi turmushidagi, milliy an’analari hamda qadriyatlariga muhabbat uyg‘otadi.
Shuningdek, Bolalarni xalollikka, sahovatlilikka o‘rgatadi, kattalarning tajribasini bolalar va yoshlarga o‘tkazishning asosiy vositasi sifatida xizmat qiladi. O‘g‘il va qizlarda mehnatga ongli munosabatni shakllantiradi. Ularning kuchli, chaqqon, epchil, chidamlilik, serharakat, ziyrak, topqir, botir, jasur, o‘zaro hamkor bo‘lishlariga yordam beradi.
A.S.Makarenkoning o‘g‘il va qiz bolaning shaxsiy muvaffaqiyati bilangina emas, balki, xususan o‘z komandasi yoki tashkilotining muvaffaqiyatlari bilan ham faxrlanish ruhida tarbiyalash zarurligi haqida aytgan gaplarni hech qachon unutmaslik kerak. Shuningdek, bolalarda har qanday maqtanchoqlikni bartaraf etish, raqib kuchiga hurmat-e’tiborni tarbiyalash, ularga uyushqoqlikning, mashq qilishning va komandada intizom bo‘lishining ahamiyatini tushuntirish zarur. Nihoyat, bolalarning o‘z muvaffaqiyatlari va mag‘lubiyatlariga jiddiy munosabatda bo‘lishiga erishish kerak.
Bolalar o‘yinni yaxshilab o‘zlashtirib olishlari uchun uni bir necha marta qaytarish, bunda ular o‘yindan qanchalik mamnun bo‘lsalar, uni shunchalik puxta eslab qolishlarini unutmaslik kerak.
Milliy xalq o‘yinlarining tarbiyaviy imkoniyatlaridan birishuki, ular bolalarda do‘stlik. Insonparvarlik, baynalminalchilik, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hurmat kabi ma’naviy-siyosiy tuyg‘ularni shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin