Yoshlar siyosati va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport


Petnachi (VARIANTLARI) O‘YINI



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə25/51
tarix21.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#188722
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51
3.3 O\'quv Uslubiy Majmua

Petnachi (VARIANTLARI) O‘YINI.
Pedagogik vazifasi. Chaqqonlikni, tezlikni rivojlantirish.
Psixologik ahamiyati. Bolalarda psixologik (o‘zaro hamkorlik) va psixofiziologik (abjirlik, tezkorlik) xususiyatlarini shakllantirish.
Tayyorgarlik ko‘rish. Bitta o‘yinboshi saylanadi (qur’a tashlash yoki xohish bo‘yicha). O‘yinboshi petnachi deb aytiladi. O‘yin o‘ynaladigan joy, maydonning chegarasi shartli ravishda belgilanadi.
O‘yin tasnifi. Maydon chegarasi bo‘ylab hamma yugurib ketadi, o‘yinboshi esa –“Men petnachiman!”-deb e’lon qiladi o‘yinchilarni tutishni boshlaydi. Kimni quvlab etib va petna qilsa (qo‘lini tekkizsa), u petnachi bo‘ladi, qo‘lini yuqoriga ko‘tarib, “Men petnachiman!” deb e’lon qiladi shundan so‘ng o‘yinchilar yangi petnachini tutishni boshlaydi. Oldingi o‘yinboshi o‘yinchilar bilan birgalikda maydon bo‘ylab qochadilar.
Variant. Petnachi uyi bilan. O‘yinchilar xuddi shunday safda turadilar, faqat qochuvchilar uchun “uy” chiziladi. Ular petnachidan qutilishi mumkin, lekin uning ichida uzoq vaqt turish man etiladi.
Variant. Petnachi – cho‘qqayib o‘tiradi. Oldingi o‘yindagidek saflanishadi, faqat petnachi hamma qolganlarni ushlaydi. Ular undan qutilishga harakat qilib 3-5 sekund cho‘qqayib o‘tiradi. Petnachiga shu vaqt davomida o‘tirganlarni ushlash huquqi berilmaydi.
Variant. Petnachi – oyoqni erdan ko‘tarish. Xuddi shu saflanishning o‘zi, lekin petnachidan qutilish yoki saqlanish uchun oyoqlarini erdan yoki poldan ko‘tarishi lozim. Ular shu maqsadda birorta buyum ustiga chiqib olishi kerak (gimnastika zalidagi jihozlarga), yoki oyoqni ko‘tarib o‘tirishi, yotishi kerak. Ana shunday holatda petnachi ularni petna qilishi mumkin emas.
Variant. Petnachi – qo‘lingni ber! Bu o‘yinda qochayotgan o‘yinchilar petnachidan qutilishi uchun o‘rtog‘ini yordamga chaqiradi va baqiradi: “Qo‘lingni ber!” – deydi” agarda o‘rtoqlaridan birortasi qo‘llarini ushlab tursa, unda o‘yinboshi ularni petna qilishga haqqi yo‘q. Agar boshqa tomondan yana o‘yinchi qo‘shiladigan bo‘lsa(ular uchta bo‘ladilar), unda o‘yinboshi xohlagan chetdagi o‘yinchini petna qilishi mumkin.
Varianti. Petnachi to‘p bilan. Petnachi o‘yinboshining qo‘lida kichik yoki katta to‘p bo‘ladi. U o‘zini men petnachiman, deb e’lon qilib, o‘yinchilarni orqasidan yurishni boshlaydi va ularni to‘p bilan petna qiladi. Kimga koptok tegsa, o‘sha petnachi bo‘ladi. Bu o‘yinda eng yaxshisi ikkita o‘yinboshini saylash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ular koptokni bir-biriga uzatib yoki tashlashib va qulay vaqtni topib, qochayotgan o‘yinchiga koptokni oshirishi mumkin. Koptok kimga tegsa, u bitta o‘yinboshi bilan joy almashadi.
Variant. Tasma (lenta) bilan petna qilish. Barcha o‘yinchilar, o‘yinboshi – petnachidan tashqari beliga yoki yoqasiga, orqasiga uzunligi yarim metrli tasmani (qog‘ozli, materialdan yasalgan) o‘rab yoki bog‘lab oladi. Bu o‘yinda petnachi qochayotgan o‘yinchini quvlab etishi kerak, shundan so‘ng ular joylarini almashadilar, oldingi petnachi tutilgan o‘yinchidan tasmani oladi va o‘ziga bog‘laydi. Tasmani shunday o‘rash kerakki, uni bir uchi belga yoki yoqaga bukib qo‘yishi kerak, boshqa uchi tashqarida bo‘ladi.
Variant. “Petnachi – yo‘lni kesib o‘tishi”. Bu o‘yin variantida petnachidan qochuvchi bir-birini qutqarishi mumkin, ya’ni quvlab etuvchi petnachidan yo‘lni kesib o‘tadi va undan qochadi. Faqat ulardan birortasi yo‘ldan yugurib o‘tadigan bo‘lsa petnachi uni tuta boshlaydi. Bunda yana birortasi o‘rtog‘ini qutqarishga harakat qilsa va yo‘lni yugurib o‘tsa, uni petnachi tutishni boshlaydi. Shunday qilib har bir martasida petnachi yo‘ldan yugurib o‘tayotgan “oxirgisini” ushlaydi va buni uddalay olsa, ular joylarini almashadilar.
Biror marta petnachi bo‘lmagan yoki kam petna bo‘lgan o‘yinchi, yutgan hisoblanadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin