Chalkash yo‘l (labirint) o‘yini Pedagogik vazifasi. Diqqatni, tezlik reaksiyasini, yugurish tezligini, mo‘ljal olishni rivojlantirish.
Psixologik ahamiyati. Bolalarda psixologik (diqqat,tezkor fikrlash, xotira) va psixofiziologik (abjirlik, tezkorlik, koordinatsiya) xususiyatlarini shakllantirish.
Tayyorgarlik ko‘rish. Barcha o‘yinchilar qo‘lini uzatgan masofada 5-6 kishi bo‘lib safda turadilar. O‘yinchilar orasida, ular qaysi tomonga burilishini hisobga olingan holda, yo‘lakcha tashkil etiladi. O‘yinda ikkita o‘yinboshi saylanadi, biri qochadi, boshqasi quvlab etadi.
O‘yin tasnifi. Bir hisobida qochuvchi o‘yinchi yo‘lakchalarning biriga yugurib kiradi, “uch” hisobida quvlovchi o‘yinchi qochuvchi o‘yinchini orqasidan yuguradi. Quvlovchi etib olgandan so‘ng uni petna qiladi, shundan so‘ng ular rolini almashadilar. Yangi o‘yinchi qochuvchi o‘yinchini petna qilishi bilanoq yangi juftlik tashkil qilinadi yoki tanlanadi va o‘yin davom etadi. O‘yin rahbari yoki Rahbar, yo‘lakchani (labirintni) tashkil qilib turuvchi o‘yinchilar bilan kelishib oladi. Rahbar tomonidan xushtak chalinishi bilanoq, hamma o‘ngga buriladi va yana qo‘llarini yon tomonga ko‘taradilar. Buning natijasida qochuvchilar va quvlovchilar har xil yo‘lakchada yoki bittada bo‘lib qolishlari mumkin. O‘yinda barcha o‘yinchilar qochuvchi va quvlovchi rolida bo‘lmagunlaricha o‘yin davom etadi.
O‘yinchilarning hammasini tezda quvlab etgan o‘yinchi, shuningdek qochuvchi o‘yinchilarni uzoq vaqt davomida quvib eta olmasa, o‘sha o‘yinchilar yutgan hisoblanadi.
O‘yin qoidasi. Chalkash yo‘l tashqarisida yugurish man etiladi.
Yon tomonga uzatilgan qo‘lni ustidan va tagidan o‘tish mumkin emas.
Qochib ketayotgan o‘yinchilarning qo‘lini ustidan va chalkash yo‘l tashqarasida petna qilishga ruxsat etilmaydi.
Х Х Х Х Х Х Х Х Х Х Х
Х Х Х Х Х Х Х Х Х Х Х
Х Х Х Х Х Х Х Х Х Х Х
– quvlovchi
X – Chalkash yo‘l o‘yinchilari
–o‘yin rahbari