Yoshlar siyosati va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə14/51
tarix21.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#188722
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
3.3 O\'quv Uslubiy Majmua

Nazorat savollari

1. Harakatli o‘yinlar qaday hakamlik qilinadi?


2. Harakatli o‘yinlar qanday tushuntiriladi?
3. Harakatli o‘yinlar qanday tugatiladi?


3-mavzu. Milliy harakatli o‘yinlar.
Reja:
1. Xalq milliy harakatli o‘yinlarini o‘tkazish uslubiyoti.
2.Milliy harakatli o‘yinlarining vazifasi.


XALQ HARAKATLI O‘YINNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH.
Pedogogik rahbarlik qilish o‘yinni tashkil qilishdan boshlanadi. Tashkil qilish bu uslub bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, maqsadga muofiq tadbiq etish o‘yinni yahshilab boshqarishga yordam beradi, uslubiyati esa o‘yinni alohida tashkil qilish malakalaridan bog‘liq holda birinchi marta o‘zgarishi mumkin.Tashkil qilishga o‘yinni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish kiradi. O‘tkazish uslubiyati, qo‘yilgan vazifalar bilan bog‘liq bo‘lgan materialni uzatish usullari bilan bog‘liq bo‘lib ular yordamida shug‘ullanuvchilar o‘yinni o‘zlashtiradi, natijaga erishish uchun malaka va ko‘nikma,bilimlarini egallaydi. Harakatli o‘yinlarni tanlashda ularni yoshlar va bolalar bilan o‘tkazish uchun,tarbiyalashni vazifasiga mos keladigan o‘yinni mazmunini pedagogik yo‘naltirilganligini hisobga olish zarur, ilmiyligi,rejaga asoslanganligi, o‘yinni o‘tkazish rejasidagi ketma ketligi,mavsumiyligi,o‘yinni o‘tkazish joyi va shug‘ullanuvchilar tarkibini tarbiyalash, ta’limiy va sog‘lomlashtirish natijalariga yo‘naltirilganligidadir.
O‘yinni o‘tkazishda boshqaruv yoki rahbarlik pedagoglarga, tarbiyachilarga,etakchilarga mansub bo‘ladi. O‘yinni tarbiyalash,ta’limiy va sog‘lomlashtirish qimmati ko‘proq uni boshqarishga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa va huddi shu o‘yinlar yordamida xar hil axloqiy va jismoniy sifatlarni tarbiyalash mumkin.
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazish qoidalari
Harakatli o‘yin tanlash eng avvalo mashg‘ulot oldiga qo‘yilgan vazifaga bog‘liq bo‘ladi. Chunki uni aniqlashda, rahbar bolalarni yosh xususiyatlarini, ularni rivojlanishini, jismoniy tayyorgarligini, bolalarni sonini va harakatli o‘yin o‘tkazish sharoitini hisobga oladi.
Tashabbuskorlik sharoitida hammadan ko‘ra ko‘proq tez-tez 3-10 ta o‘yin qatnashchilariga mo‘ljallangan o‘yinlardan foydalaniladi. Ular odatda bolalar bilan mustaqil ravishda xovlilarda, maydonchalarda, shuningdek har hil yig‘ilishlarda tashkil etiladi. Tarbiyachi, etakchilar rahbarligida tashkil etilgan mashg‘ulotlar (mashg‘ulotda, yig‘ilishlarda, dam olish oromgohlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda, sport bog‘chagacha ta’lim tashkilotiida) 20-40 ta harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi. Katta bayramlarda kechalarda va bolalar ko‘p to‘plangan ommaviy sayillarda 100-300 o‘yin qatnashchilariga mo‘ljalangan ommaviy milliy harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin.
Harakatli o‘yin tanlashda albatta o‘tkaziladigan mashg‘ulotni shaklini hisobga olish shart (mashg‘ulotda, tanaffusda, bayramlarda, sayrlarda). Mashg‘ulotda va tanaffusda vaqt chegaralangan bo‘ladi; o‘yin mazmuni va vazifasi mashg‘ulotdagiga ko‘ra, tanaffusda boshqacha bo‘ladi; bayramlarda ayniqsa ommaviy va attraksion o‘yinlaridan foydalaniladi bu o‘yinlarda har hil yoshdagi bolalar va turli tayyorgarlikdagi bolalar qatnashishlari mumkin.
Harakatli o‘yin tanlash va o‘tkazish to‘g‘ridan-to‘g‘ri uni joyiga bog‘liq bo‘ladi. Unga katta bo‘lmagan tor zalda, maydonchada yoki yo‘lakchada o‘yin bir chiziqqa saflangan xolda o‘tkaziladi, u o‘yinda o‘ynaydiganlar navbatma-navbat qatnashadilar. Katta zalda yoki maydonchada tarqalib yugurish katta va kichik koptoklarni uloqtirish va sport o‘yinlari elementlari bilan o‘ynaladigan o‘yinlarni o‘tkazish mumkin. Shahardan tashqariga sayrga va ekskursiyaga chiqqan vaqtida joylarda o‘tkaziladigan o‘yinlardan foydalaniladi. Ochiq xavoda harakatli o‘yin o‘tkazishda obi-xavo sharoitini (ayniqsa qishda) hisobga olish zarur. Agarda havo xarorati past bo‘lsa bunday paytda barcha o‘yin qatnashchilari faol harakat qilishlari kerak. O‘yinda ko‘p turib qolish va o‘zini navbatini ko‘p kutib qolish xolatlaridan qochib qutilish kerak. Kunni issiq paytlarida eng yaxshisi kam harakatchang o‘yinlardan foydalanilgani ma’qul, chunki o‘yin qatnashchilari o‘yin topshiriqlarini navbat bilan bajaradilar.
Bolalarni sportga bo‘lgan qiziqishi bilan bog‘liq juda ko‘p o‘yinlar sport o‘yinlari va boshqa sport turlari elementlari bilan yaratilgan. Bu kichik va o‘rta yoshdagi Bolalari qo‘lidan keladigan ular uchun turli-tuman sport turlariga ishtirok qiladigan shaklda ishtirok etishga ruxsat beradi: basketbolda (“To‘p uchun kurash”, “To‘p kapitanga”, “To‘rt tomonga to‘p uzatish”), voleybolda (“Voleybolchilarni to‘p uzatishi”, “To‘pni uzatdingmi o‘tir”).
Tarbiyaviy axamiyatga ega bo‘lgan milliy harakatli o‘yinlarni kengroq ommalatirish zarur. Bu esa har hil millat bolalari o‘rtasida do‘stlikni, har hil halqlarni turmush xayoti va madaniyati ularni o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirishga yordam beradi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin