Harakatli o‘yinni tugallash O‘yin davom etishi, shug‘ullanuvchilarning tarkibiga mashg‘ulotni
shartiga va harakatli o‘yin harakteriga bog‘liq bo‘ladi.O‘yin o‘z vaqtida tugatish juda muximdir. Harakatli o‘yin oldindantugatib qo‘yish va uni cho‘zib borish ham mumkin emas.
Harakatli o‘yin davom etishi o‘yin qatnashchilari soniga(o‘ynovchilarni soni qancha kam bo‘lsa, o‘yin shuncha qisqa bo‘ladi), ularniyoshiga (kichik maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshidagi bolalar uzoq vaqtdavomida zo‘riqishi mumkin emas), harakatli o‘yin mazmuniga (kattazo‘riqishni talab qiladigan o‘yinlar, qisqa bo‘lishi kerak), harakatli o‘yino‘tkazish joyiga rahbar tomonidan taklif qilingan me’yorda, rahbarnitajribasiga (kam tajribaga ega bo‘lgan rahbarni o‘yini uzoq davom etmaydi)
va boshqa sabablarga bog‘liq bo‘ladi.
Rahbar o‘yini tamom bo‘lish vaqtini aniqlash shart. Agar o‘yinda
charchashni birinchi alomatlari paydo bo‘lishi bilan, (e’tibor bermaydiganbo‘lsa, qoidani buzganda, harakatni to‘g‘ri bajarishi, maqsadaga erishishdaqa’ttiyatlikni etarli darajada namoyon qilmaslik, qizikishni pasayishiko‘pchillik o‘yin qatnashchilarida nafas olishni tez-tez bo‘lishi) harakatlio‘yinni to‘xtatish kerak.
Rahbar o‘yin oldidan belgilangan vaqtda ya’ni harakatli o‘yin ma’lum vaqt o‘tishidan keyin to‘xtatishi mumkin. Bularni hisobga olgan holda, o‘yin qatnashchilarini o‘zlarini kuchlarini mos ravishdataqsimlaydilar vaqtini tomom bo‘lishiga 1-3 daqiqa qolganda o‘yinqatnashchilari ogoxlantiriladi.
Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin oldidan iloji boricha o‘yinqatnashchilariga uni necha marta qaytarishini aytish kerak.
Agar o‘yin ma’lum vaqtda tomom qilishni bilmasalar rahbar uni qachon tomom bo‘lishi to‘g‘risida ogoxlantiradi masalan, “O‘yin boshi almashmaguncha, o‘ynaymiz”, “Ya’ni 1-2 daqiqa o‘ynaymiz” va x.k. Harakatli o‘yin tomom bo‘lishi o‘yin qatnashchilari uchun kutilmagan xolat bo‘lmasligi kerak. Chunki bular bolalar o‘rtasida salbiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek harakatli o‘yin davom etishi mashg‘ulotni shakliga bog‘liq.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotida o‘tkaziladigan, o‘yin vaqti chegaralangan bo‘ladi. Agarda u sinfdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan bo‘lsa, unda u uzoq davom etishi mumkin va bolalarda ko‘proq chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi. Bunday o‘yinlar bolalarni yana ham yuqori kuchlanishlarga o‘rgatadi.
Shunday qilib rahbar harakatli o‘yin shu vaqtda ya’ni qachonki bolalar ham charchamasdan unga yanada qiziqish ortaganda ular tetik, to‘laqonlik harakatda bo‘lgan vaqtda tomom qilish mumkin.