YOSHLAR TARBIYASIDA MILLIY MUSIQIY QADRYATLARNING
TUTGAN O’RNI.
Abilov Muslim.JDPI.
“Musiqa ta’limi”
kafedrasi o’qituvchisi
Namozova Kumushoy Ikrom qizi
“Musiqa madaniyati” fakulteti
2-bosqich talabasi
.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yoshlarga oid davlat siyosatida hamda
yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda musiqa san’atining ahamiyati muhim ekanligi
yoritiladi.
Kalit so’zlar:
jamiyat, yoshlar, siyosat, tarbiya, ta’lim, yuksak ma’naviyat,
ijtimoiy faollik, ma’naviy kamolat, taraqqiyot, mustaqil dunyoqarash, musiqa
tarbiyasi, milliy musuqa, milliy an’ana.
Har bir jamiyatning, unda yashayorgan insonlarning taqdiri va kelajagi
albatta davlatlarning yetakchi kuchlari hisoblanmish yoshlar tarbiyasi bilan
chambarchas bog’liq.
Yurtimizda yoshlarning intelektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash,
ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish
borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Chunki zamonaviy bilim va ko’nikmalarga
ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga ola
biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg’ayrat yoshlarni tarbiyalash
bugunning eng muhim vazifalaridan biridir. Yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar
egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Yoshlar qanchalik
ma’naviy barkamol bo’lsa, turli yod illatlarga qarshi imuniteti ham shuncha kuchli
bo’ladi. Malumki, Prezidentimiz ijtimoiy, ma’naviy-marifiy sohalardagi ishlarni
yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surib,
yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya
va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish
ko’nikmasini shakillantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-
qizlar bandligini ta’minlash masalalari davlat siyosati darajasida e’tiborga olindi.
«Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning
odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq.
Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq
his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un
bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘
zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib,
o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz?
Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan»-deya takidlaganlar davlatimiz rahbari
Shavkat Mirziyoyev.
Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat
siyosati esa qadimdan ota-bobolarimiz tomonidan shakillanib kelgan asil milliy va
diniy qadriyatlarimizni ahamiyati nechog’lik muhim ekanini ko’rsatib bermoqda.
Ayniqsa, yangilanayotgan O’zbekistonda “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish
sari” tamoyiliga asoslanib, milliy g’oya va uning mafkuraviy negizlarini puxta
ishlab chiqish, yosh avlodni bolalikdan milliy g’urur, vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyatga egadir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Sharq taronalari” o’n birinchi
xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi
tabrik so’zida shunday degan edilar:”Dunyoda qarama-qarshilik va ziddiyatlar
kuchayib borayotgan bugungi o'ta murakkab zamonda millati, tili va dini turlicha
bo'lgan millionlab odamlarni hech qanday tarjimonsiz do'st qiladigan, ular o'rtasida
hamkorlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlaydigan musiqa san'atining o'rni va
ta'siri tobora ortib bormoqda.”
Biz yashab turgan jamiyat taraqqiyotida musiqa va san’atning o’rni
beqiyosdir. Har bir millat va elatlarni birlashtiradigan an’analarimizni
mustahkamlaydigan ham mana shu hisoblanadi. Har qanday ko’ngilni o’ziga rom
eta oladigan, insonlarni qalbiga ezgulik urug’ini ekib boshqa yomon illatlarga
qarshi kurashadigan ham musiqa desak mubolag’a emas. Shu o’rinda o’z-o’zidan
sezilib turibdiki musiqa san’ati qanchalik beqiyosligi hamda tarbiyaviy jihatdan
ham katta ahamyatga ega ekanligini.
Bu boradagi ko’pgina ilmiy tadqiqotlarda xalq musiqa me’rosi tarkibidagi
folklor, mumtoz va maqom kuy-qo’shiqlarini yuksak tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega
ekanligi, ularni yoshlar ma’naviy olamiga chuqurroq singdirish, badiiy-estetik
tarbiyasida to’g’ri va maqsadli foydalanish orqali yuqori samaradorlikka erishishi
mumkinligi asosolab berilgan. Shu o’rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning
quyidagi fikirlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: “Agar biz asl, xaqiqiy san’atni
bilmoqchi, o’rganmoqchi bo’lsak, avvalo, mumtoz maqom san’atini bilishimiz,
o’rganishimiz kerak. Agar biz san’atni ma’daniyatni ko’tarmoqchi bo’lsak, avvalo
mumtoz musiqa san’atini ko’tarishimiz kerak. Maqom ohanglari, maqom ruhi va
falsafasi har bir inson qalbidan, avvalo, unib-o’sib kelayotgan yosh avlodimizning
ongi va yuragidan chuqur joy olishi uchun bor imkoniyatimizni safarbar etishimiz
zarur”
Haqiqatdan ham xalq musiqa merosida eng ommaviylik kasb etuvchi
qo’shiqchilik ijodiyotiga oid folklor, mumtoz va maqom asarlarining badiy
mazmuni tahlil qilinsa, ularda “xalq donishmandligi”ning eng ulug’ va oliyjanob
g’oyalari mujassamlanganligini ko’rish mumkin. Masalan, folklor yo’nalishidagi
xalq qo’shiqlari o’z mazmunida xalqning eng muhim, o’ziga xos turli ko’rinishlari
va qirralarini aks ettiradi. Shu sababli musiqa darslarida ularni o’rganish o’quvchi-
yoshlarni milliy o’zligini anglashda ahamiyat kasb etadi.
Bolalar tomonidan musiqaning idrok etilishi avvalo milliy musiqamizni
idrok etishdan boshlanishi lozim. Milliy istiqlol sharofati bilan milliy musiqiy
merosimizga milliy-ma’naviy qadryatlarimiz qatorida alohida e’tibor berila
boshlandi. Endilikda biz xalqimizning ajoyib, xilma-xil va bir biridan go’zal
mahalliy musiqiy an’analarini tinglab idrok etish va ulardan ma’naviy zavq olish,
ruhiy bahramand bo’lish imkoniga ega bo’ldik. Milliy musiqa xalqimiz boy
ma’naviyatining, barkamol ruhiyatining sadolardagi go’zal badiiy ifodasi bo’lish
bilan bir qatorda yangi, buyuk davlat bunyodkorligi yo’lida tinmay mehnat
qilatotgan xalqimizga, jamiyatimiz ma’naviy ruhiy quvvat bag’ishlovchi muhim
vosita bo’lib xizmat qiladi.
Tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, an’anaviy kasbiy
musiqa, xalq bastakorlik yo’llari, shuningdek, folklor - havaskorlik musiqiy merosi
singari shaklan va usluban birbiriga yaqin ijrochilik ko’rinishlari bir-birini to’ldirib
keldi. Ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunimizda ham ma’naviy
madaniyatimizning bir bo’lagi sifatida namoyon bo’lmoqda. Mustaqillik sharofati
bilan milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga, urf-odatlarimizga, unutilayozgan, tarixan
qadrli an’analarimizga bo’lgan e’tibor, ularni yangidan isloh etish jarayoni ustivor
yo’nalish kasb etdi. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, ma’naviy boyligimizga
bo’lgan e’tibor davlat miqyosiga ko’tarildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq
ota-bobolarimizdan, ajdodlarimizdan qolgan ma’naviy boyliklarni, jumladan,
musiqiy madaniyatni avaylab asrash, tiklash borasida, qolaversa, zamon bilan
hamohang qadam tashlash borasida talaygina ishlar qilindi. Bu borada o’tgan
ajdodlarimiz bizlarga meros qilib qoldirib ketgan ulkan ma’naviy boyligimiz
asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda.
Tarixdan ma’lum, ma’naviyatimizning asosiy bo’g’ini bo’lgan musiqiy
madaniyatimiz, an’anaviy qo’shiqlarimiz, maqom ijrolari hamisha xalqimizning
kundalik hayotida ma’naviy ozuqa sifatida ehtirof etib kelingan. Xalq og’ir
kunlarida musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham qo’shiq va musiqa
ularga hamroh bo’lgan. Zero, bugungi muborak mustaqillikka erishgan kunimizda,
o’zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma’naviyatimizning bir bo’lagi
bo’lgan, ota-bobolarimizdan meros bo’lib kelgan milliy musiqiy madaniyatimizga
suyanish, an’anaviy qo’shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir holdir. Bularning
barchasi barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. An’anaviy musiqa va qo’shiqlarimiz
odamlarni hamisha iymonga, mehr-oqibatga, odamiylikka chorlab kelgan. Bugungi
kunda ham shu dolzarbligini yo’qotmagan holda mustaqillikka, mehnatkashlar
ongini shakllantirish yo’lida, barkamol avlod tarbiyasida vosita sifatida asosiy
omillardan bo’lib qolaveradi.
Ashula, musiqa, raqs ijrochiligi san’ati milliy musiqa san’atining xalq hayoti
va ijodi bilan chambarchas bog’liq holda paydo bo’lgan va rivojlanib kelgan
qadimiy san’at turlaridan hisoblanadi. Ayniqsa, xalqimizning an’anaviy ruhdagi
qo’shiqlari o’lmas meros bo’lib, barcha davrlardagidek bugun ham «labbay» deb
javob bermoqda. Lekin shu bilan bir qatorda faqat tarixga sajda qilmay, bugungi
kunning ruhiga mos tarzda qo’shiqlar yaratish esa milliy mafkuramizni
rivojlantirishda bosh omillardan bo’lmish musiqiy san’at bilan shug’ullanayotgan
barcha mutaxassis va san’atkorlarga muhim vazifa qilib qo’yilishi tabiiydir.
Mamlakatimiz tamomila yangi jamiyat, yangi turmush va yangi hayotni boshlab
yubordi. Odamlarimiz qalbi, tafakkuri va tasavvurida o’zgarishlar paydo bo’ldi.
Prezidentimiz ta’kidlaganlariday, ma’naviyat masalasi millat tarixi, axloqiy va
diniy qadriyatlar, madaniy meros, an’ana va rasm- rusumlar, milliy mafkura,
vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy o’zlikni anglash singari juda ko’p
omillarni o’z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini belgilashda asosiy mezon
vazifasini bajaradi.
Musiqaning ana shunday o’tkir tarbiyaviy kuchidan foydalanish, san’at vositasida
yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda yuksak axloqiy
sifatlarni tarbiyalash umumta’lim maktablari zimmasidagi eng muhim va doim
dolzarb bo’lgan vazifalardan biridir. Davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va
ma’naviy jihatdan rivojlantirish hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlashda
o’tmish me’rosimiz milliy musiqa merosimiz o’rni alohida.
Xulosa qilib aytganda, musiqiy madaniyatimizning xalq ma’naviy hayotidagi o’rni
beqiyosdir. Musiqiy madaniyat xalq ma’naviy dunyosining ajralmas qismi bo’lib,
uning ma’naviy ehtiyojini barcha davrlarda qondirgan va har doim hamdard
bo’lgan, beminnat xizmat qilgan. Zero, bugungi mustaqillik davrimizda ham
o’zining ma’naviy burchini muqaddas bilib, xalqimizga xizmat qilmoqda. Shuning
uchun ham musiqa madaniyatimiz bugungi kunning ulkan ijod maydoniga aylandi.
Dostları ilə paylaş: |