NOTURAR JOYNING 12 OYGACHA IJARA XARAJATLARI Imtiyoz tasnifi
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yosh fuqaroga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha bo‘lgan qismi hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tegishli tartibga muvofiq ijaraga beruvchi tashkilotga qoplab beriladi.
Imtiyoz foydalanuvchilari
1.Kam ta'minlangan oila farzandi
2.Temir daftardagi oila farzandlari
3.“Rasmiy band” Yosh tadbirkor, o’zini o’zi band qilganlar
4.Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi
Imtiyozdan foydalanish tartibi
1. 1 ish kunida Vasiylik kengashiga o‘zi va ijaraga beruvchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etib, murojaat qiladi.
2. Murojaat 3 ish kunida mahalla hokim yordamchisiga yuboriladi.
3. Hokim yordamchisi 5 ish kunida murojaatni o‘rganib, kengashga ma'lumot beradi.
4. Ijara haqi uchun to‘lovni ajratish haqida qaror qabul qilinadi va 3 ish kuni ichida to‘lov amalga oshiriladi
ASBOB-USKUNALAR VA MEHNAT QUROLLARINI XARID QILISH Imtiyoz tasnifi
Tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollari (motokultivator, o‘t o‘rish o‘roq mashinasi, perforator, payvandlash apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi, duradgorlik, chilangarlik uskunasi, qurilish uskunasi, kompyuter jamlanmasi va boshqalar)ni xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tegishli tartibga muvofiq subsidiya ajratiladi
Imtiyoz foydalanuvchilari
1.Kam ta'minlangan oila farzandi
2.Temir daftardagi oila farzandlari
3.Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi
4.Oilasi kam ta'minlangan ishsiz yosh fuqaro
Imtiyozdan foydalanish tartibi
1. 1 ish kunida Vasiylik kengashiga o‘zi va ijaraga beruvchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etib, murojaat qiladi.
2. Murojaat 3 ish kunida mahalla hokim yordamchisiga yuboriladi.
3. Hokim yordamchisi 5 ish kunida murojaatni o‘rganib, kengashga ma'lumot beradi.
4. 5 ish kuni ichida Asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini yetkazib beruvchi tashkilot davlat xaridlarining elektron tizimi orqali yutib chiqqach, subsidiya ajratadi