Yoshlarga beriladigan 20 ta yordam turlari to‘lov-kontrakt


AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI HAYDOVCHILARINI TAYYORLASH



Yüklə 86,5 Kb.
səhifə3/9
tarix18.01.2023
ölçüsü86,5 Kb.
#79619
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YOSHLARGA IMTIYOZLAR

AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI HAYDOVCHILARINI TAYYORLASH
Imtiyoz tasnifi
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tegishli tartibga muvofiq o‘qitish xizmatini ko‘rsatgan davlat va nodavlat ta’lim tashkilotiga subsidiya ajratiladi.
Imtiyoz foydalanuvchilari
1.Kam ta'minlangan oila farzandi
2."Mexribonlik uyi", Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh
3.Temir daftardagi oila farzandlari
4.Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi
5.Oilasi kam ta'minlangan ishsiz yosh fuqaro

Imtiyozdan foydalanish tartibi
1.O‘qishni boshlashdan oldin tuman (shahar) Vasiylik kengashiga murojaat qilib, o‘zi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etadi.
2. Murojaat 3 ish kunida mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboriladi.
3. Yoshlar yetakchisi Vasiylik kengashiga 5 ish kuni ichida o'z xulosalarini taqdim etadi.
4. Vasiylik kengashi tasdiqlagandan so‘ng 3 ish kuni ichida ta'lim tashkiloti yoki o'quv markaziga to'lov amalga oshiriladi.
5. Har oyda kamida bir marotaba yoshning ta'lim olayotganligi monitoring qilinadi

URUG‘LIK VA KO‘CHATLAR SOTIB OLISH
Imtiyoz tasnifi
Tomorqa yer egasi bo‘lgan yoki dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun, shu jumladan, yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer maydoni ajratib berilgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun BHMning 8 baravarigacha miqdorda hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tegishli tartibga muvofiq subsidiya ajratiladi.
Imtiyoz foydalanuvchilari
1.Kam ta'minlangan oila farzandi
2.Ishsiz yosh
3.Temir daftardagi oila farzandlari
4.Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi

Imtiyozdan foydalanish tartibi
1. 1 ish kunida Vasiylik kengashiga o‘z egaligida yoki foydalanishida bo‘lgan yerga nisbatan huquqni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilish.
2. Murojaat 3 ish kunida mahalla hokim yordamchisiga yuboriladi.
3. Hokim yordamchisi 5 ish kunida murojaatni o‘rganib, kengashga ma'lumot beradi.
4. Subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, 3 ish kuni ichida mablag‘ yo‘naltiriladi


Yüklə 86,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin