MAMLAKATDA YOKI XORIJIY DAVLATLARDA DAVOLANISH BILAN BOG‘LIQ XARAJATLAR Imtiyoz tasnifi
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tegishli tartibga muvofiq subsidiya ajratiladi.
Imtiyoz foydalanuvchilari
1.Kam ta'minlangan oila farzandi
2.Temir daftardagi oila farzandlari
3.Davolanishga muhtoj bo‘lgan yosh
4.Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi
Imtiyozdan foydalanish tartibi
1. 1 ish kunida mahalla yoshlar yetakchisiga ariza beradi.
2. Yoshlar yetakchisi arizachi holatini tibbiy-sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilgan holda 3 ish kunida o‘rganadi.
3. 5 ish kuni ichida davolash uchun tegishli birlamchi, viloyat, respublika yoki xalqaro darajadagi tibbiyot muassasasiga yo‘llanma beradi.
4. Tibbiy-sanitariya muassasasining xuloasalari Vasiylik kengashiga 3 ish kuni ichida yuboriladi.
5. Vasiylik kengashi qarori qabul qilinganidan so‘ng davolanish xarajatlari uchun mablag‘larni ariza beruvchining bank plastik kartasiga 3 ish kunida o‘tkazib beriladi.
PULLIK PSIXOLOGIK XIZMAT KO‘RSATILISHI Imtiyoz tasnifi
Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun mahalladagi yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida BHMning 4 baravaridan oshmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tegishli tartibga muvofiq subsidiya ajratiladi
Imtiyoz foydalanuvchilari
1.Kam ta'minlangan oila farzandi
2.psixologik maslahatga muhtoj
3.Temir daftardagi oila farzandlari
4.Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi
Imtiyozdan foydalanish tartibi
1. 1 ish kunida mahalla yoshlar yetakchisiga ariza beradi.
2.Yoshlar yetakchisi 3 ish kunida ariza beruvchining holatini o‘rganib, Vasiylik kengashiga tavsiyanoma beradi.
3. Vasiylik kengashi qaror qabul qiladi.
4. 3 ish kuni ichida mablag‘larni psixologik yordam beruvchi tashkilotning bank hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.