ILM-FAN, SPORT, SAN’AT VA MADANIYAT YO‘NALISHLARIDAGI OLTI OYGACHA MUDDATLI O‘QUV KURSLARI Imtiyoz tasnifi
Yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning bir baravarigacha miqdorda mahalladagi yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tegishli tartibga muvofiq subsidiya ajratiladi.
Imtiyoz foydalanuvchilari
1.Kam ta'minlangan oila farzandi
2.Ishsiz yosh
3.Jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan shaxs
4."Mexribonlik uyi", Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh
5.Temir daftardagi oila farzandlari
6.Yetim (chin, yarim, ijtimoiy)
7.ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan
8.1 yoki 2 guruh nogironligi bo‘lgan yosh
9.Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan yosh
10.Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi
Imtiyozdan foydalanish tartibi
1. "Yoshlar daftari" ga kiritilgan kun Vasiylik kengashiga ta'lim tashkiloti bilan tuzilgan shartoma bilan murojaat qilinadi.
2. Murojaat 3 ish kunida mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboriladi.
3. Yoshlar yetakchisi Vasiylik kengashiga 5 ish kuni ichida o'z xulosalarini taqdim etadi.
4. Vasiylik kengashi tasdiqlagandan so‘ng 3 ish kuni ichida ta'lim tashkiloti yoki o'quv markaziga to'lov amalga oshiriladi.
5. Har oyda kamida bir marotaba yoshning ta'lim olayotganligi monitoring qilinadi
OLIMPIADA, TANLOV VA MUSOBAQALARNING MAHALLIY BOSQICHLARIDA QATNASHISH XARAJATLARI Imtiyoz tasnifi
Yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish uchun ishtirokchilarning yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha hamda ushbu olimpiada, tanlov va musobaqalarning xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari (ishtirokchilarning yashash va transport xarajatlari) uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tegishi tartibga muvofiq subsidiya ajratiladi.
Imtiyoz foydalanuvchilari
1.Kam ta'minlangan oila farzandi
2.Ishsiz yosh
3.Jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan shaxs
4.Temir daftardagi oila farzandlari
5.Yetim (chin, yarim, ijtimoiy)
6.ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan
7.Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan yosh
8.Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi
Imtiyozdan foydalanish tartibi
1. 1 ish kuni ichida Vasiylik kengashiga tanlov va musobaqalarda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va tegishli tashkilotlarning Vasiylik kengashi nomiga yuborilgan rasmiy xatini taqdim etgan holda ariza beradi.
2. Vasiylik kengashi 3 ish kuni ichida xarajatlarni qoplash uchun qaror qabul qiladi.
3. Qaror qabul qilinganda so‘ng xarajatlar uchun mablag‘larni transport, temir yo‘l va aviachiptani sotgan tashkilotlarning hisob raqamiga, yashash bilan bog‘liq xarajatlari uchun mablag‘larni ariza beruvchining bank plastik kartasiga o‘tkazib beradi.