Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, Besh bosqichli besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumini oʻtkazish toʻgʻrisida



Yüklə 23,28 Kb.
tarix25.11.2022
ölçüsü23,28 Kb.
#70576
order



Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, Besh bosqichli besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumini oʻtkazish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda berilgan topshiriqlarning 54-sonli bayoni 9-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 07-iyundagi 312-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida




B U Y U R A M A N:

1. Quyidagilar:


Besh bosqichli besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasida tashkil etiladigan loyihalar kalendar-rejasi 1-ilovaga;
Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni mahallalarda tashkil etish va oʻtkazish kalendar-rejasi 2-ilovaga;
Mahallalarda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh bosqichli besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumida oʻtkaziladigan tadbirlar g‘olib va sovrindorlariga beriladigan sovg‘alar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Yoshlar ishlari agentligi Mahallalarda yoshlar yetakchilari bilan ishlash boshqarmasi (Sh.Olimov), Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi (I.Xoldarova), hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari ushbu buyruqning 1-bandida tasdiqlangan tadbirlarning o‘z vaqtida, yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlasin hamda joriy yilning avgust oyi targ‘ibot oyligi deb e’lon qilinsin
3. Ushbu buyruq bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar uchun talab etiladigan sarf-xarajatlar alohida buyruq asosida amalga oshirilishi belgilansin.

4. Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalari boshliqlari har hafta yakunida ushbu buyruq bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar boʻyicha Agentlik markaziy apparati Axborot-tahlil va ijro nazorati boshqarmasiga hisobot taqdim etib borsin.


5. Axborot-tahlil va ijro nazorati boshqarmasi (S.Abdunazarov) taqdim etilgan hisobotlarni umumlashtirib, Agentlik direktoriga axborot kiritib borsin.
6. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilishni direktorning birinchi oʻrinbosari J.Xodjayev zimmasiga yuklansin.

Direktor A. Saʼdullaye





J.Xodjayev

________________

D.Kattaxanova

________________

F.Ablayarov

________________

S.Abdunazarov

________________

M.Abbasova

________________

A.Xalikov

________________

I.Xoldarova

________________



Yüklə 23,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin