85
“Dunyoda
bir zot borki, biz undan hamisha qarzdormiz,
u – ona!”
“Bilmaganin so‘rab o‘rgangan – olim...”
Kitob shuurimga so‘zlagay hikmat...
Badiiy asar – hayot darsligi.
She’riyat – ruhiyat ko‘zgusi.
BAYON
Matnlar uslub jihatidan rang-barangdir. Ona tili mashg‘ulotlarida
badiiy,
publitsistik,
ilmiy
va
rasmiy-idoraviy
matnlardan
foydalaniladi. Har bir uslub o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib,
ma’lum bir me’yorni talab etadi.
Maktab ona tili ta’limining asosiy maqsadiga ko‘ra dars
mashg‘ulotlari
ta’lim oluvchida ijodiylik, mustaqil fikrlash
malakalarini chuqurlashtirib, ijodiy fikr
mahsulini nutq vaziyatiga
mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda, to‘g‘ri, ravon ifodalash
ko‘nikmalarini shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmog‘i kerak.
Bu muhim vazifani amalga oshirishda ona tili ta’limi jarayonida
tashkil etiladigan turli yozma ishlar, xususan, bayonning o‘ziga xos
o‘rni bor.
Bayon diktant va insho oralig‘idagi yozma ish turlaridan biridir.
Bayon
matn
mazmunini,
shuningdek,
uning
badiiy-uslubiy
xususiyatlarini
yetkazish, qabul qilish, fahmlashga qaratilgan yozma
ish turidir.
Bayon
arabcha “aniqlik”, “ravshanlik’, “tavsiflash”, “ifodalash”
ma’nosidagi so‘z bo‘lib, o‘qib yoki aytib berilgan biror matn asosida
yozib chiqilgan ish; yozma ish (o‘quvchilar bilimini baholashning
yozma shakllaridan biri)ni ifoda etadi. (O‘TIL, I, 138)
Bayon nazoratning yozma turlaridan biri bo‘lib, asar yoki undan
olingan
parcha mazmunini izchil, savodli, qayta bayon etishdan
iboratdir. Ma’lumki, bayon yozish malakasi boshlang‘ich sinfdan
shakllantirib boriladi. Yuqori sinflarda esa bu ko‘nikma va malakalar
takomillashtiriladi.
Mavjud metodik adabiyotlarda bayon, asosan, ikki shaklda:
og‘zaki va yozma bo‘lishi; yozma bayon o‘z navbatida, ta’limiy
hamda tekshiruv tarzida o‘tkazilishi haqida ma’lumot beriladi.
86
O‘quvchilarda yozma nutq malakalarini tarkib toptirish, mustaqil
ijodiy fikrlash hamda o‘zbek tilining boy ifoda vositalaridan o‘rinli va
unumli foydalana olish ko‘nikmalarini
hosil qilish; ularning lisoniy
savodxonligini oshirish, tanlangan matnni adabiy-badiiy jihatdan aniq
va puxta, mantiqiy izchil, ijtimoiy hayot va voqelik bilan bog‘liq
holda yoritishga o‘rgatish maqsadida tez-tez bayon o‘tkazib turish
maqsadga muvofiqdir.
Bayon – yozma ishlarning asosiy turlaridan biri bo‘lib,
o‘quvchining matn mazmunini o‘z so‘zi bilan yozma ravishda qayta
bayon etishdan iborat ijodiy ishidir.
Berilgan matndagi asosiy
omillarga diqqat qilish, matnni qisqartirish yo‘llarini bilish bayonning
muhim xususiyatlaridan biridir. Ba’zi o‘rinlarni kengaytirib yozish
vaqtida qisqa gaplar tuzish, zarur sitatalar keltirish malakasi paydo
bo‘ladi. Bunday ish turi o‘quvchilarni insho yozishga tayyorlaydi,
matnlarga ijodiy munosabatni rivojlantiradi.
Bayon yozish jarayonida o‘quvchilar
asarning mavzusi,
mazmuni hamda asosiy g‘oyasini chuqur tushunib oladilar. Bu esa
nutq malakasini takomillashtirishga ham yordam beradi. O‘quvchilar
grammatika va imlo yuzasidan olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq
etadilar, materialni mustaqil va izchil bayon etish qobiliyatiga ega
bo‘ladilar, ularning nutqida yangi-yangi so‘z va iboralar paydo
bo‘ladi. Shu jihatdan bayon o‘quvchilarda
yozma nutq malakasini
hosil qilishda muhim o‘rin tutadi.
Yuqorida qayd etilganidek, amaldagi Davlat ta’lim standartining
bosh maqsadiga ko‘ra o‘quvchilarni ijodiylikka, mustaqil fikrlashga
o‘rgatishda bayonning o‘rni beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: