40
Asosiy matnda o‘quvchining ma’lum bir insho mavzusi
yuzasidan mulohazalari, fikrlari o‘z aksini topmog‘i darkor bo‘ladi,
shuning uchun ham insho yozayotgan shaxslarga o‘zlari
uchun aniq
bo‘lmagan, mavhum mavzular bo‘yicha yozma ish yozish tavsiya
etilmaydi. Shunisi qiziqki, aksariyat o‘quvchilar adabiyot tarixida
muhim o‘rin tutgan mashhur asarlarni o‘qimasdan turib ham ulardagi
timsollar
yoki
asarning
mazmuni
haqida
insho
yozishga
kirishaveradilar. Natijada ular asar mazmun-mohiyatini yaxshi
anglamaganliklari uchun ko‘plab chalkashliklarga, noaniqliklarga yo‘l
qo‘yadilar. Bunday salbiy holatlarga duch kelmaslik uchun
o‘quvchilar,
birinchi navbatda, darsliklardagi materiallardan yaxshi
xabardor bo‘lishlari lozim. Shundagina o‘quvchilar inshoning asosiy
qismida mavzu yuzasidan o‘zlarida hosil qilingan
bilim va
ko‘nikmalarni qiynalmasdan, batafsil bayon qila oladilar.
Xulosa qismida ijodiy
ishning natijasi aks etadi. Insho mavzusi
bo‘yicha xulosalar chiqariladi. Xulosa qismi qisqa,
lekin asosli
bo‘lishi lozim. Insho matnini aniq, ravshan va ishonchli tarzda
yakunlash talab etiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan “Ona yurt
tabiati” mavzusidagi inshoning xulosa qismida ona yurt tabiatining
asosiy xususiyatlari qayd etiladi, tabiatning inson hayotidagi qiymati
ta’kidlanadi. Inshoning mazkur
qismida o‘quvchining insho mavzusi
bo‘yicha
umumiy xulosalari, mazmunning hozirgi davr bilan bog‘liq
jihatlari,
asarning
tarbiyaviy
ahamiyati,
timsollarning
zamondoshlarimiz uchun namunaviy tomonlari haqida fikr yuritiladi.
Yozuvchining
ijodi
bo‘yicha
fikr
va
mulohazalar
bildirilayotganda,
timsollarga
tavsif
berilayotganda
shoshma-
shosharlik bilan ish tutish, chala fikrlarni bayon etish yaramaydi.
Aytilayotgan fikrlar she’riy va nasriy parchalar bilan asoslangan
taqdirdagina insho mazmuni risoladagidek bo‘lishi mumkin.
Har bir so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llash, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga
va shevaga xos so‘zlardan qochish, adabiy til me’yorlariga rioya qilish
inshoning qimmatini oshiradi.
Yozilayotgan har bir gapda o‘quvchining ijodkorligi, mustaqil
fikrlashi barq urib turmog‘i kerak.
Xullas, insho yozish o‘quvchidan, birinchi navbatda, bilim va
malaka, e’tibor, mustaqil fikrlash hamda ijodkorlikni talab qiladi.
8. Insho matni imlo qoidalariga muvofiq holda aks ettirilishi
talab etiladi. Yozma ish adabiy til me’yorlariga asosan shakllantiriladi.
41
Imlo qoidalariga, uslubiy me’yorlarga amal qilinmagan hollarda
matnda xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Xatolarning quyidagi turlari bor:
imlo
xatolari, punktuatsion xatolar, uslubiy xatolar, mantiqiy xatolar.
Dostları ilə paylaş: