yetti yoshda bo‘lishiga qaramay besh yoshli ukasi Javohirbekka yozish-chizishni o‘rgatadi. U o‘qituvchisidan bugun dars davomida o‘rganib kelganlarini shu kuni ukasiga bitta ham qoldirmay o‘rgatadi. Mubina ikkinchi singlim Muslima bilan yaqin dugona ham sinfdosh bo‘ladi. Bu ikki o‘rtoqning fe’l-atvori ham bir tomchi suvdek o‘xshash. Yurishi, turishi, gapirishi, kiyinishi xuddi egizaklardek. Lekin shunisi yomonki, Ali desang, Vali deyishadi, bitta savolga o ‘ nta javob beradiganlardan. Juda sersavol, hamma narsaga qiziqishadi. Bitta savolidan to‘liq qoniqmagunlaricha so‘rashdan to‘xtashmaydi. Yana o‘xshash tomoni shundaki, hatto tug‘ilgan sanalari ham bir xil: 2009 -yil 16 -dekabr. Mana ikki yildan buyon qishning o ‘ n oltinchi kunida bu ikki dugonaning quvonchiga o‘rtoqlari ham sherik bo‘lishmoqda. Ular 213 -maktabning 2 -sinfida, bitta sinfda o‘qishadi. Bilimga chanqoq, harakatchan, intiluvchan bo‘lishgani sababli 6 yoshdanoq maktabga borishgan. Mubina va Muslima bir yildayoq sinfning yetakchi o‘quvchilariga aylanib olishdi. Hozirda esa sinfning a’lochi o‘quvchilari beshta ligidan birinchi va ikkinchi o‘rinlarni band qilib turishibdi. Har doim besh baho olib, uka-singillariga o‘rnak bo‘lishga harakat qilishmoqda.