Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

MUNDARIJA 
 
So‘zboshi………………………………………………………3 
Kirish…………………………………………….….…………8 
Yozma ish turlari………………………………………………10 
Insho haqida nazariy ma’lumot…………………………….….13 
Insho mavzusini shakllantirish va tanlash…………………..…23 
Insho rejasini tuzish va tezis sifatida shakllantirish……..……24 
Inshoga epigraf tanlash………………………………..………31 
Inshoga material to‘plash………………………………..……33 
Insho yozish talablari…………………………………………34 
Insho yozish ko‘nikmalarini egallash shartlari……………….58 
Insho yozish uchun tavsiyalar…………………………………68 
Inshoni baholash mezonlari……………………………………75 
Insho yozish jarayonini tashkil etish……………….….………83 
Tavsiya etiladigan insho mavzulari……………………………84 
Bayon……………………………………………….…………85 
Bayon yozish uchun tavsiyalar…………………..…….………91 
Bayonni baholash mezoni……………………………..………91 
Diktant…………………………………………………………92 
Diktant yozish uchun tavsiyalar……….……..........................94 
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………95 


97 
ILOVALAR 
 
INSHO NAMUNASI 
 
Mustaqil va ozod vatanga baxshida umr
16
 
Reja: 
I.
Kirish. Islom Karimov – ma’naviy jasorat timsoli. 
II. Asosiy qism: 
1. Xorlikdan hurlikka eltgan sarbon. 
2. Mustaqilligimiz me’mori. 
3. Islom Karimovning jahon siyosatida tutgan o‘rni. 
4. Islom Karimovning serqirra faoliyati. 
III. Xulosa. Buyuklar yodi mudom barhayot. 
 
Yuraklarga quvvatdir yoniq shonu shukuhi, 
Birlashtirdi, hattoki, elni qayg‘u-anduhi. 
Yodi hamisha ijodda, ismi tillarda duo
Humoqushga aylanib, yog‘du sochadi ruhi 
(Iqbol Mirzo) 
 
Inson yaratilibdiki, nomini mangulikka muhrlashga intiladi. 
Biroq tarix zarvaraqlarida nom qoldirish uchun istakning o‘zi kamlik 
qiladi. Abadiyat ummoni adolat yo‘lida, el-yurt manfaati yo‘lida 
umrini fido qilganlarnigina o‘z bag‘riga oladi. Umri mangulikka 
daxldor ana shunday insonlardan biri mustaqilligimiz me’mori, 
xalqning asl farzandi Islom Abdug‘aniyevich Karimovdir. 
Dono xalqimiz insonning ismida uning fitrati va qismati aks 
etadi, deb hisoblaydi. Adolatparvar yurtboshimizga “Islom” deya ism 
qo‘yilishining o‘zi ham bu buyuk zot taqdiriga pok e’tiqod, ozodlik, 
tinchlik yo‘lida fidokorona kurashish bitilganiga ishora bo‘lsa, ne 
ajab! 
Islom Karimov tariximizning eng qora kunlarida voyaga yetdi. 
Davr mafkurasi millionlab insonlar ongini zaharlayotgan bir pallada 
bu ulug‘ inson o‘zining xalqparvar g‘oyalari bilan maydonga chiqdi. 
“Dunyoda millatlar, xalqlar ko‘p. Lekin o‘zbek xalqi yagona”, – deya 
16
2016-yilning 30-dekabrida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 
Respublika Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud sanasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan 
insholar tanlovida g‘olib topilgan yozma ishlardan biri.


98 
o‘z xalqini chin dildan sevgan Islom Karimov yurt g‘animlari 
ig‘volari tufayli uzoq yillik tazyiqlarga uchradi. Buyuk daholarga 
beshik bo‘lgan bu tuproqning oyoqlar ostida toptalishiga Yaratgan 
ortiq yo‘l qo‘ymadi. 
Markaz tomonidan atayin to‘qib chiqarilgan va minglab 
vatandoshlarimizning aziz umrlariga zomin bo‘lgan “paxta ishi” 
tazyiqlari avj olgan davrda Islom Karimov yurt qalqoni bo‘ldi. U 
iqtisodiy va ma’naviy qoloqlik, jabr-zulm, qaramlikka qarshi kurashni 
Qashqadaryo viloyatida boshladi. Yillar to‘zoni xalq ko‘ksidagi 
dardlarni kamaytirdi-yu, Islom Karimovning bedor tunlarini 
ko‘paytirdi. Har kim o‘z bilganidan qolmaydigan, birov birovga 
ishonmaydigan zamonda xalq boshini qovushtirish azobi tim qora 
sochlarga qirov qo‘ndirdi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Haq olinur, 
berilmas!” shioriga amal qilgan Islom Karimov yurt mustaqilligini 
zolimlar qo‘lidan tortib oldi. “Katta og‘alaringizmiz.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin