92
3
3.
Mavzu to‘liq yoritilmagan;
mavzudan qisman
chetga chiqilgan; aniq voqealar izohida nuqsonlarga
yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; so‘z boyligi va ifoda tuzilishida
nochorlik sezilib tursa; savodxonlikda uchtagacha imlo,
to‘rttagacha punktuatsion, uchtagacha uslubiy xatoga
yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa –
3
ball
4
4.
Asar voqeasi mantiqan to‘liq ifodalanmagan
bo‘lsa; ish rejaga mos bo‘lmasa,
fikr bayoni va
qurilishida nomuvofiqlik bo‘lsa, fikrlar bir-biriga
bog‘lanmasa; so‘z boyligi talab darajasida bo‘lmasa;
mazmun va ifodada besh-oltitagacha nuqsonga yo‘l
qo‘yilgan bo‘lsa; savodxonlikda yettitagacha imlo,
yettitagacha punktuatsion va yettitagacha uslubiy
xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa –
2
ball
5
«2» ball uchun belgilangan mezondan ortiq
nuqsonlar uchrasa –
1
ball
DIKTANT
Diktant
lotincha
dictare
“hadeb gapiravermoq”, “takrorlamoq”;
“aytib turib” ma’nolarini ifoda etadi.
Imloviy va punktuatsion
qoidalarning o‘zlashtirilish darajasini tekshirish uchun aytib turib
yozdiriladigan yozma ish. (O‘TIL, I, 611)
Ona tili ta’limidan maqsad tafakkur darajasi shakllangan,
mustaqil fikrlay oladigan, nutqiy ko‘nikma va muloqot madaniyati
rivojlangan, savodli shaxsni kamol toptirishdir. Shu maqsadni amalga
oshirishdagi mazmun o‘quvchining fikrlash tezligini, hozirjavobligini,
salohiyatini
oshirish, mantiqiy tafakkurini o‘stirish; borliq haqidagi
ma’lumot, tasavvurlarni ifoda vositalari yordamida anglashga hamda
fikr va his-tuyg‘ularini ona tilining keng imkoniyatlari doirasida
bayon eta olish, yosh avlodning aqliy rivojlanishini ta’minlash
vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan.
Ona tili ta’limi natijasida o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma
va malakalar uch xil mezon asosida tekshiriladi va aniqlanadi.
1. O‘qish texnikasi.
2. Nutqni anglash va matn mazmunini tushunish malakasi.
93
3. Tinglab tushunilgan mazmun asosidagi
fikrni yozma shaklda
bayon etish malakasi. Fikrni yozma shaklda bayon etish va tugal
matnni hosil qilish malakasi murakkab jarayon bo‘lib, ona tili
ta’limining maqsadi shu mezonda mujassamlashadi.
Diktant o‘quvchilarning savodlilik darajasini oshirish, bilimlarini
mustahkamlash, yozma nutq me’yorlariga amal qilish va yozuv
qoidalarini singdirish maqsadlariga xizmat qiladi.
Diktant yozishda quyidagilarga amal qilish lozim:
• yozma nazoratning bu turi o‘quv yili davomida o‘rganilgan
mavzular yuzasidan bilim va malakalarni mustahkamlashga hamda
tekshirishga xizmat
qilishini nazarda tutish kerak;
• diktant uchun o‘tilgan mavzularga to‘la muvofiq keladigan va
olingan bilimlarni sinash imkoniyatini beradigan, ma’naviy-ma’rifiy
maqsadlarga xizmat qiladigan material tanlanishi maqsadga muvofiq;
• diktant uchun tanlangan matn ma’rifiy jihatdan mukammal
manbalar, badiiy asarlardan olinishi, ta’limiy-tarbiyaviy
ahamiyatga
ega bo‘lishi lozim.
Diktant matni 6 variantda tayyorlanadi. Har bir variantda
bittadan matn bo‘lib, bir o‘quvchi 6 variantdan (konvertdan) bittasini
tanlab oladi. Tanlab olingan konvertdagi matn sarlavhasi doskaga
yozib qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan diktant matni bir marta o‘qib
eshittiriladi. Matndagi murakkab so‘zlar doskaga yozib qo‘yiladi.
Diktant matni o‘qituvchi tomonidan o‘qib yozdiriladi. O‘qituvchi
ma’lum bir jumlani to‘liq holida o‘qiydi. So‘ng jumlani so‘z va
birikmalarga ajratgan holda o‘qib yozdiradi. O‘quvchi jumlani yozib
bo‘lgach, to‘liq holida qayta o‘qib beradi.
Diktantni baholashda quyidagi mezonga amal qilinadi:
«5» ball: a) mutlaqo xatosiz yozilgan; b) qo‘pol bo‘lmagan bitta
imlo yoki bitta punktuatsion xatosi bo‘lgan diktantga qo‘yiladi.
«4» ball: ikkita imlo va ikkita ishorat xatosi bo‘lgan diktantga
qo‘yiladi. Xatolar nisbati o‘zgarishi mumkin,
lekin ularning umumiy
miqdori to‘rttadan, imlo xatosi esa ikkitadan oshmasligi kerak.
«3» ball: to‘rtta imlo hamda to‘rtta punktuatsion xatosi bo‘lgan
diktantga qo‘yiladi. Xatolar nisbati 3 imlo, 5 punktuatsion xato va
boshqa ko‘rinishlarda ham bo‘lishi mumkin. Ammo imlo xato miqdori
to‘rttadan oshmasligi shart.
94
«2» ball: yettitagacha imlo va yettita punktuatsion xatosi bo‘lgan
diktantga qo‘yiladi. Xatolar miqdori o‘n beshtadan oshsa, «1» ball
qo‘yiladi. Eslatma:
1. Diktantdagi xatolar nisbatan turlicha ko‘rinishda bo‘lishiga
qaramay, baholashda imlo xatolari miqdori asosiy mezon bo‘ladi.
2. Agar diktantdagi tuzatishlar miqdori beshtadan ortiq bo‘lsa,
baho bir ballga pasayadi.
3. Agar diktantda uch va undan ortiq tuzatish bo‘lsa, «5» ball
qo‘yilmaydi.
Matn hajmi 120–150 so‘zdan iborat bo‘lishi lozim. Diktant
yozish uchun 1 astronomik soat (60 daqiqa) beriladi.
Dostları ilə paylaş: