90
tavsiflash jarayonida xotira pand bersa, matn to‘lig‘icha esda qolmasa,
eruditsiya yordamga kelishi mumkin: bu sohadagi shaxsiy taassurotlar
va qo‘shimcha bilim bayon yozishda asqotadi.
Muhokama bayon
o‘quvchilardan ko‘proq bilim va ko‘nikmaga
ega bo‘lishni talab etadi. Bu o‘rinda tafakkurning tahlil qilinishi,
“Nima va qayerda sodir bo‘lyapti?” savoligagina emas, “Nima
sababdan yuz beryapti?”, “Sodir bo‘lish manbai nimada?”,
“Kelajakdagi rejalar qanday?” kabi savollarga ham javob berish talab
qilinadi.
Bayon yozish uchun o‘qilgan matndagi asosiy fikrni aniqlash;
-
faktik materialni o‘ziga xos tartibda keltirish;
-
til vositalarini saralash;
-
matnni uchinchi shaxs tilidan bayon qilish.
-
o‘qib eshittirilgan matndan ma’lum xulosalar bilan
asoslangan mustaqil fikr, mulohazalarni to‘g‘ri tartiblash kerak
bo‘ladi.
Muhokama bayon mantiqiy tafakkurni o‘stirishda, matndan
qisqa
xulosa
chiqarishda,
tezislarga
ajratib
tahlil
qilishda
ahamiyatlidir.
Agar o‘quvchining xotirasi mustahkam bo‘lsa, berilgan matndagi
faktik materialni, asosiy mantiqni, mazmunni, xulosani ajrata olsa,
og‘zaki va yozma nutq me’yorlarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lsa,
batafsil bayon matnini yarata oladi. O‘quvchi asosiy fikr bilan
ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan mulohazani ajrata olmasa,
xotirasi kuchsiz bo‘lsa, o‘qilgan matnning barcha qirralarini yorita
olmasa, matnning mohiyati qolib keraksiz ma’lumotlarni keltirsa,
bayon matnini qisqa yozgani ma’qul.
Sinov maqsadida o‘tkazilgan bayonlarda matnni imkon qadar
aniq, ravon uslubda, izchil, mantiqiy jihatdan muvofiq tarzda,
tavsiflangan
voqea-hodisaning
muhim
elementlarini
tushirib
qoldirmasdan, kamida ikki-uch standart sahifa hajmida yozish talab
qilinadi.
Bayon o‘tkazishda uning barcha turlari (
Dostları ilə paylaş: