99
amal qildi. Sohibqiron Amir Temurning o‘gitlarini doimo yodda
saqladi, qalbida ardoqladi.
Islom Karimov uzoqni ko‘ra oluvchi davlat arbobi edi. Jahon
minbarlaridan turib butun dunyoni birlashishga chorlagan, xalqaro
terrorizm xavfidan birinchilardan bo‘lib ogohlantirgan inson doimo
“Bir milllatning dardi faqat shu millatgagina emas,
balki barcha
millatlarga taalluqli” ekanligi haqida bong urdi. Xorijiy mamlakatlar
bilan teng huquqli shartnomalar asosida hamkorlik qildi.
Islom Karimov: “Shu yurtdagi millionlab bola – mening
farzandlarim”, – deya har bir yoshga otalardek mehr berdi,
g‘amxo‘rlik qildi. Uning azaliy orzularidan biri barkamol avlodni
tarbiyalash edi. “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun, “Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi”ning bosh muallifi ham aynan Islom Karimovdir. 2008-
yilning “Yoshlar yili”, 2010-yilning “Barkamol avlod yili” deya
nomlanishining o‘ziyoq fikrimizni dalillaydi.
Islom Karimov
rahbarligida ta’lim tizimining tubdan isloh qilinishi, malakali kadrlar
tayyorlash
uchun
yaratilgan
shart-sharoitlar,
ta’lim tizimiga
zamonaviy texnologiyalarning tatbiq qilinishi jahon jamoatchiligi
tomonidan yuksak baholandi. O‘zining cheksiz muhabbati, aql-u
zakovati, shijoati bilan dunyoni lol qoldirgan ulug‘ zot shuurimizga
yuksak ma’naviyat, ajdodlar yodini singdirdi.
Islom Karimov tinchlikni eng ulug‘ ne’mat deb bildi.
O‘zbekiston o‘z harbiy kuchlariga ega bo‘ldi.
Sarhadlar mudofaasi
yurtning asl farzandlariga topshirildi. O‘zbekiston oqil sarbon
boshchiligida taraqqiyot pillapoyalaridan ko‘tarilaverdi. Tarixan
qisqa, mazmunan asrlarga teng davr – 25 yil ichidagi o‘zgarishlar
ilgari O‘zbekistonni qoloq deb tahqirlaganlarni bu buyuk yurt bilan
hisoblashib ish ko‘rishga majbur qildi. Oqilona siyosat natijasi
o‘laroq, diyorimizga fayz, qut-baraka qaytdi.
Osmonimiz musaffoligi, yurt ravnaqi g‘animlar ko‘nglini xira
qilaverdi. Farg‘ona, Bo‘ka fojialari, 1999-yil 16-fevraldagi harakatlar,
2005-yildagi Andijon, 2010-yildagi O‘sh voqealari yurt fidoyisi
ko‘ksiga otilgan o‘q bo‘ldi. Yurtning asl farzandi ta’kidlaganidek, “Bu
yurtni Yaratganning o‘zi asradi”. Mustaqilligimiz posbonlarining aziz
jonlari evaziga osmonimiz yana musaffo bo‘ldi.
Islom Karimovning
odilona tadbirlari qardosh xalqlarni, qo‘shni davlatlarni urush
balosidan asrab qoldi.
100
Islom Karimov doimo: “Farzandlarimni hech kimga
bermayman”, – der edi. Bugun ana shu yoshlar yurt otasiga, millatga
tashakkur aytib, Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilmoqda. U afsus bilan
boshlari egilgan Vatan xoinlarini ham kechirdi. Otalarcha mehr berib,
bag‘riga oldi. Islom Karimov xotirasi xalqimiz qalbida mangu
yashaydi. O‘zining cheksiz muhabbati bilan barpo etgan maskan –
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek
tili va adabiyoti
universiteti ostonasiga qadam qo‘ygan chog‘imizdanoq buyuk zotning
nafaslarini his etamiz. Davrlar o‘tsa hamki, yuraklar qa’rigacha yetib
borgan so‘zlari aslo unutilmaydi.
Islom Karimov har bir
vatandoshimiz, yurtboshimiz qalbida, ezgu ishlarida yashayveradi.
Umrni oqar daryoga qiyoslaydilar. Bu o‘xshatishda umrning
juda tez o‘tib ketishiga ishora bor. Aslida, umrga suvning
hayotbaxshlik sifati ham ko‘chishi kerak. Islom Karimov umrini
mustaqillik daraxtiga, ma’naviyat niholiga, unutilayotgan asriy
qadriyatlarga, o‘zlikni asrash tuyg‘usiga qayta hayot bag‘ishlagan
daryoga o‘xshatish mumkin.
Sevimli Birinchi Prezidentimiz bilan vidolashish ta’riflab
bo‘lmas darajada og‘ir kechdi. Faqat O‘zbekiston
xalqigina emas,
dunyoning taraqqiyparvar barcha davlatlari xalqlari bu buyuk zot
vafoti tufayli cheksiz qayg‘uga botdi. Hamon qalbimizni adadsiz
sog‘inch o‘rtaydi. Yurtboshimizning videotasmalarga muhrlangan
nurli chehralarini ko‘rib sog‘inch hissini yengishga harakat qilamiz.
Yurtimizdagi har bir inson Islom Karimovning porloq xotirasini
umrbod yodida saqlaydi. Uning ruhi shod, manzili obod bo‘lishini
tilab duo qiladi.
Hamisha kelajakni o‘ylab ish tutgan Birinchi Prezidentimiz
munosib izdoshlarni tarbiyaladi. Ko‘p yillar davomida Islom Karimov
bilan yelkadosh bo‘lib mehnat qilgan, yurt xizmatida bo‘lgan Shavkat
Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti bo‘lgach, yurt
taqdiri ishonchli qo‘llarda ekaniga yana bir karra amin bo‘ldik.
Mustaqilligimiz me’mori – Islom Karimovning ezgu g‘oyalari
bizni mudom olg‘a boshlaydi. Bobomiz yurt farzandlarining har
sohadagi, ayniqsa, ilm-fan, san’at va sportdagi yutuqlarini ko‘rganda
qanchalik quvongani yodimizda. Biz tahsil olayotgan dargoh Birinchi
Prezidentimizning tengsiz tuhfasi edi. 2016-yil 13-mayda “Alisher
Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli farmonda
101
belgilangan vazifalarni bajarish biz uchun ham qarz, ham farzdir.
Sunda buyuk insonning ruhlari ham shod bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: