Yozma muloqot va uning xususiyatlari



Yüklə 17,71 Kb.
tarix27.10.2022
ölçüsü17,71 Kb.
#66463
Yozma muloqot va uning xususiyatlari


Yozma muloqot va uning xususiyatlari.
Yozma muloqot bildirishnomalar, eslatmalar, hisobotlar, moliyaviy hisobotlar, biznes xatlari va shu kabilarning barcha turlarini qamrab oladi. Muloqotning bu turi tashkilotlarda keng qo‘llaniluvchi xabar yozish jarayonini yozishga aylantiradi. Rasmiy muloqot, qoidalar, buyruqlar, ma’lumotnomalar, siyosiy masalalar va hokazolar doimo yozma shaklda bo'lishi kerak.
Yozma nutq yuqori darajada bo'lmas ekan, og'zaki nutq ko'ngildagidek bo'lmaydi. Yozma nutqda esa til vositalarini tanlash va qo'llashga to'liq imkoniyat bo'ladi. Yozma nutqni xohlagancha tahrir qilish mumkin. Yozma nutqda og'zaki nutqdagi kabi hayajon bo'lmaydi, notiq shoshilmasdan, o‘ylab nutq tuzadi. Shu sababdan ham yozma nutq og'zaki nutqdan ko'ra ravon, aniq va izchilroq bo'ladi.Yozma nutq barqaror va qat’iy bo'ladi, u har doim avvaldan o‘ylanadi hamda matnga tushiriladi. Yozma nutq og'zaki nutqning rivojiga bevosita ta’sir etadi. Og'zaki nutq esa yozma nutq asosida rivojlanadi. Yozma mashqlar - bamisoli tafakkur mashqlaridir. 
Biror voqelik yoki hodisa to‘g'risida fikrlash yozma mashqlar orqali takomillashadi. Yozma nutq mashqlari muayyan mavzu doirasida bevosita fikrlashga majbur etadi. Yozma nutq bilan doimiy shug'ullanadigan kishi doim o‘ylab gapirishga odatlanadi. Yozma nutq bilan muttasil shug'ullanmagan kishining yozma nutqi bilan og'zaki nutqi hech qachon muvofiqlashmaydi.
Yozma kommunikatsiya — maktublar, eslatmalar, protokollar, belgilar yoki matnlar orqali izohlanishlari juda qiyin, chunki muloqotda bo'lgan odamni ovozini eshitmaymiz va imo-ishoralarini ko'rmaymiz. Lekin fikrni yozma ravishda ifodalash yozuvchiga nima demoqchi bo'lganligini o‘ylash va eng yaxshi variantini tanlash imkonini beradi. Har qanday menejergayozma so'z bilan ishlash qobiliyati juda ham muhimdir. Samarali yozish usullari so'zlar, qisqa jumlalar va qisqa abzatsdan foydalanishda va muvofiqlashtirishda ham soddalikka urg'u beradi. Xabarga ko'ra alohida o'quvchiga murojaat qilishda so'zlarning muvofiqlashtirilishi barcha o 'quvchilar ham xabarni tushunishda bir xil qobiliyatga ega emaslar, ularning barchalarining so'z boyliklari bir xil emas, mavzu bo'yicha bir xil bilimga ega emaslar. Shunday qilib, aniq muloqot qilish uchun, biz muloqot qilishni xohlagan kishimizni bilishimiz kerak. Xabar shaxsning ongiga mos bo 'lishi kerak.
Muvofiqlashtirish va so'zlarni tanlash
1.Tanish so’zlardan foydalaning. Baxtga qarshi, ko'pchilik biznes sohasida faoliyat yurituvchi kotiblar tanish so'zlardan foydalanish o‘rniga o'z fikrlarini qog'ozga ko‘chirishni boshlasharkan, uning xarakterini o'zgartirishga moyil bo'lishadi. Masalan, urinmoq - harakat qilmoq, aniqlamoq - bilmoq, chek qo'ymoq - tugatmoq, namoyon qilmoq - ko'rsatmoq, istifoda qilmoq/ qo'llamoq - foydalanmoq.
2.Uzun so'zdan ko'ra qisqasini tanlang. Umuman olganda, qisqa so 'zlarda xabar yaxshiroq yetkaziladi, chunki uzun so'zlarning og'irlik nisbati o'quvchini chalkashtiradi. Gipnoz qilish, gippopotam va avtomobil kabi ba’zi uzun so'zlar bilan oson muloqot qilinadi. Ammo ba’zi vibrofon
(vibes), raqobatlashmoq (vie), achchig'i chiqqan (vex), shtreykbrexer (scab) kabi qisqa so'zlarfaqatgina kamchlik uchun tushunarli bo'lishi mumkin. Shunday qilib, uzun so'zlardan ozgina ehtiyotkorlik bilan foydalanish donolik bo'ladi. Bundan tashqari, siz ishlatayotgan so'zlaringiz o'quvchingiz uchun tanish bo'lishiga amin bo'ling.
3.Terminologiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Barcha sohalarning o'z terminologiyasi, ya’ni «jargon»i bor, ular kundalik ish leksikasining bir qismini tashkil qiladi. Aslida, ularning idrokimizda shunchalik ko'p paydo bo'lganidan, sohaga taalluqli bo'lmagan insonlar ham biladigandek tuyuladi. Va o'z sohangizdan tashqaridagi insonlarga yozayotganingizda bu muloqotda tushunmovchilikni keltirib chiqaradi.  
Aniq yozish qobiliyati faqatgina so'zlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu aniq gaplardan foydalanishni ham anglatadi. Sodda gaplarni yozish qisqaroq gaplarni yozishni anglatadi. Gap da’vo, savol, buyruq yoki his-hayajon shaklida bo'lishi mumkin. Yozma shaklda, gaplarning uzunligi haqida qaror qilishda qiyin va tez qoidalari yo‘q, ammo qisqa gaplar sodda bo'lgani uchun oson tushuniladi. Murakkab strukturalarni taqdim etish bilan muammo yaratmaydi. Uzun gaplar grammatik xatolarga ega bo'lishdek katta o'zgarishlarni qisqa gaplar tuzilishi tasavvur qilinadi. Malakali kotiblar matnda turli xil maqsadlarda birikmalar, qisqa va uzun gaplarni mohirlik bilan qo 'llaydilar hamda tajriba qiladilar.
Yozuvdagi aniqlik faqatgina so'zlarning diqqat bilan tanlanishi va aniq gaplarni yozishga bog'liq bo'lmaydi. Bu yana ehtiyotkorlik bilan tuzilgan abzatsni talab etadi. So 'zlar gaplarga birikkandek, abzatsdagi gaplar ham mantiqiy ketma- ketlikka asoslanadi. Shunday qilib, abzats bir gapdan boshqasiga yo ‘nalgani va bosqichma-bosqich rivojlangani sababli, abzats kimningdir fikrlash jarayoni bo 'ladi.
Yüklə 17,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin