Yozma nutq kamchiliklari haqida tushuncha



Yüklə 186,62 Kb.
səhifə4/5
tarix09.05.2023
ölçüsü186,62 Kb.
#109982
1   2   3   4   5
2 5242326975716008158 (2)

Ko‘pgina logoped olimlar (M.YE.Xvatsev, R.YE.Levina, F.A.Rau, R.I.Lalayeva, I.K.Sadovnikova L.N. Yefilinkova R.M.Boskis va boshqalar) yozma nutqdagi kamchiliklarni og‘zaki nutqning yaxshi rivojlanmaganligi natijasida yuzaga keladigan nukson deb bilib, ularni og‘zaki nutqni rivojlantirish orqali, butun nutq sistemasi ustida izchillik bilan maxsus ishlar olib borish orqali bartaraf etish metodikasini tavsiya etganlar. Ushbu metodika bo‘yicha mashg‘ulotlarda tovush, bo‘g‘in, so‘z, gap va bog‘langan nutk ustida ishlash talab etiladi. Biroq bu ishlarning yo‘nalishi, mundarijasi yozma nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan kishilarning umumiy bilim doirasini, o‘qish va yozma qobiliyatini, o‘qish va yozishda nimadan qiynalishini, qanday xatolar qilishini, ularning kelib chiqish sabablarini hisobga olgan holda belgilanadi.

  • Ko‘pgina logoped olimlar (M.YE.Xvatsev, R.YE.Levina, F.A.Rau, R.I.Lalayeva, I.K.Sadovnikova L.N. Yefilinkova R.M.Boskis va boshqalar) yozma nutqdagi kamchiliklarni og‘zaki nutqning yaxshi rivojlanmaganligi natijasida yuzaga keladigan nukson deb bilib, ularni og‘zaki nutqni rivojlantirish orqali, butun nutq sistemasi ustida izchillik bilan maxsus ishlar olib borish orqali bartaraf etish metodikasini tavsiya etganlar. Ushbu metodika bo‘yicha mashg‘ulotlarda tovush, bo‘g‘in, so‘z, gap va bog‘langan nutk ustida ishlash talab etiladi. Biroq bu ishlarning yo‘nalishi, mundarijasi yozma nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan kishilarning umumiy bilim doirasini, o‘qish va yozma qobiliyatini, o‘qish va yozishda nimadan qiynalishini, qanday xatolar qilishini, ularning kelib chiqish sabablarini hisobga olgan holda belgilanadi.
  • L.F.Spirova va A.V.Yastrebovalar boshlang‘ich maktab o‘quvchilari nutqida kuzatiladigan yozma nutqdagi kamchiliklarni butun nutq sistema ustida uch bosqichda ish olib borish orqali bartaraf etishni tavsiya etadilar. Birinchi bosqichda fonetika – fonematik komponent ustida quyidagi ishlarni o‘tkazish ko‘zda tutiladi: 1. So‘zning tovushlardan tuzilishi haqidagi tasavvurlarini shakllantirish; 2. Fonematik uquv hamda analiz-sintez malakalarini rivojlantirish; 3. Talaffuz kamchiliklarini bartaraf etish. Birinchi bosqichda bolalar diqqati, xotirasini rivojlantirish, ularni o‘z-o‘zini boshqarish, tekshirib borishga o‘rgatish, savollarga aniq, to‘liq javob berishga o‘rgatish talab etiladi. Ikkinchi bosqichda leksiko-grammatik kamchiliklarni bartaraf etish, eshitish idrokini rivojlantirish ishlari olib boriladi. Uchinchi bosqichda o‘rgatilgan tovushlarni mustaxkamlash, ularni bola nutqiga kiritish, analiz qilish malakalarini rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi.

Yüklə 186,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin