Farzand, band, poyezd so'zlaridagi «d» undoshi, go 'sht, past, artist so'zlaridagi, «t» undoshi talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda doimo ifodalanadi.
Farzand, band, poyezd so'zlaridagi «d» undoshi, go 'sht, past, artist so'zlaridagi, «t» undoshi talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda doimo ifodalanadi.
Xuddi shuningdek metall, kilovatt, kongress kabi so'zlar oxiridagi qo'sh undoshlardan biri talaffuzda tushi-rilib qoldirilsa ham yozuvda hamisha ifodalanadi.
ASOS VA QO'SHIMCHALAR IMLOSI
1. a unlisi bilan tugagan fe'llarga -v, -q, -/qo'shimchalari qo'shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla — saylov, qayna — qaynoq, sayra — sayroqi.
Shuningdek, o 'qi — o 'quvchi, sovi — sovuq, to 'qi — to 'quvchi so'zlarida / unlisi u ga aylanishi mumkin.
Kk harfi bilan tugagan so'zlarga egalik qo'shimchasi qo'shilsa, ular g va g' ga aylanadi: yurak — yuragi, bilak — bilagim, tilak — tilagim; buloq — bulog'im, quloq— qulog'ing, qishloq — qishlog'i kabi. Erki, ishtiroki, huquqi, ravnaqi singari so'zlarda bunday holat kuzatilmaydi.
Singil, o'rin, ko'ngil, og'il, shahar kabi sozlarga egalik qo'shimchasi, qayir, ayir, so'zlariga nisbat yasovchi qo'shimcha, ikki, olti, yetti so'zlariga jamlovchi son hosil qiluvchi qo'shimcha qo'shilsa, asosda tovush tushishi hodi-sasi ro'y beradi.

U, shu, o'sha kabi olmoshlarga -da, -dan, -day, -dagi, -dosh, -cha qo'shimchalari qo'shilsa, bitta n ort-tiriladi, aksincha men, sen olmoshlariga -ni va -ning qo'shimchalari qo'shilsa, bitta n tushirib qoldiriladi: bunda, shundan, o 'shancha, meni, sening kabi.