Yuklarni tashish Tashuvchilar, yukni jo‘natuvchilar va yukni oluvchilarning huquq va majburiyatlari hamda ularning javobgarligi



Yüklə 93,11 Kb.
səhifə2/6
tarix03.02.2023
ölçüsü93,11 Kb.
#82695
1   2   3   4   5   6
MUSTAQIL ISH

tashish shartnomasi — u bo‘yicha tashuvchi unga yukni jo‘natuvchi tomonidan ishonib topshirilgan yukni borish punktiga yetkazib berish va uni yukni olishga vakil qilingan shaxsga (yukni oluvchiga) topshirish majburiyatini olgan, yukni jo‘natuvchi esa yuk tashilganligi uchun belgilangan to‘lovni to‘lash majburiyatini olgan bitim;
haydovchi — tashuvchining vakili hisoblangan va avtotransport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
yukni jo‘natuvchi — yukning mulkdori nomidan ish ko‘ruvchi yoki tashish shartnomasi bo‘yicha yukning mulkdori hisoblangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
yukni oluvchi — yukni olishga vakolat berilgan va yukka doir ilova hujjatlarida ko‘rsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
yuk — yukni oluvchiga berish uchun yukni jo‘natuvchidan tashishga qabul qilib olingan moddiy boyliklar. Yuk tovardan va taradan iborat bo‘ladi. Yukning sof og‘irligi “netto”, taraning og‘irligi — tara, tara bilan birgalikda tovarning umumiy og‘irligi “brutto” deb ataladi;
yuk o‘rni — avtomobil transportiga yuklashda yoki tushirishda uni tashish yoki yukni oluvchiga topshirish uchun qabul qilish uchun yukning shartli birligi;
mijoz — yukni jo‘natuvchi, yukni oluvchi, ekspeditor;
tirkama — avtotransport vositasi tomonidan shatakka olinadigan va o‘z energiya manbaiga ega bo‘lmagan yuklarni tashish uchun xizmat qiladigan avtotransport vositasi;
tirkama aravalar — uzun o‘lchamli yuklarni tashish uchun qo‘llaniladigan tirkamaning bir turi;
yarimtirkama — to‘liq massasining bir qismi o‘tirg‘ich qurilmasi orqali o‘tirgich shatakchiga beriladigan tirkamaning bir turi;
paket — taglikda yoki uningsiz bitta yirik joyga shakllantirilgan va mexanizatsiyalashtirilgan usulda yuklash, joyni o‘zgartirish va tushirish bo‘yicha operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan mayda tarali yoki tarasiz donali yuklar turkumi;
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda avtotransport vositasiga egalik qiluvchi, yuklarni tashish bo‘yicha tijorat asosida xizmatlar ko‘rsatuvchi va bunga litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

Yüklə 93,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin