Yuklarni tashish Tashuvchilar, yukni jo‘natuvchilar va yukni oluvchilarning huquq va majburiyatlari hamda ularning javobgarligi



Yüklə 93,11 Kb.
səhifə3/6
tarix03.02.2023
ölçüsü93,11 Kb.
#82695
1   2   3   4   5   6
MUSTAQIL ISH

tagliklar — ayri yuklagichlar va kranlar yordamida ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash uchun moslama, ko‘p martalik tara hisoblanadi;
yo‘l varaqasi — avtotransport vositasining ishini aniqlash va hisobga olish uchun belgilangan namunadagi yuridik hujjat;
tez buziladigan yuklar — ularni saqlash uchun tashishda maxsus harorat va sanitariya-gigiyena rejimlariga rioya etish talab qilinadigan yuklar;
tara — o‘rab-joylashtirishning asosiy elementi, u o‘zida tashishda, saqlashda va ortish-tushirish operatsiyalarida mahsulotlar va tovarlarni joylashtirish va ularning saqlanishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan buyumni ifodalaydi;
konteyner — kamida 1 m3 hajmli, tovarlarni tarasiz, birlamchi o‘ramda yoki yengillashtirgan tarada tashish uchun mo‘ljallangan ko‘p martalab foydalaniladigan tara;
o‘rab-joylashtirish — unga solingan mahsulotlar va tovarlardan ajratilmaydigan, ularning zarur anjomi hisoblangan va unda mahsulotlar va tovarlarni saqlash hamda ularning sifat va miqdor jihatidan saqlanishini ta’minlash uchun xizmat qiladigan buyum;
tovar-transport yukxati — transport jarayonining qatnashchilari uchun yagona bo‘lgan, tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishga, ularni yo‘lda hisobga olishga, kirim qilishga, ombor, tezkor va buxgalteriya hisobi uchun, shuningdek yuk tashilganligi uchun hisob-kitob qilish va bajarilgan ishning hisobini yuritish uchun mo‘ljallangan hujjat.
6. Yo‘l varaqalari va yuklarni avtomobil transportida tashishga tegishli boshqa hujjatlarning (yuklarni tashish masofalarini o‘lchash dalolatnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha nizomlar, yo‘riqnomalar, metodik qo‘llanmalar) shakllari namunalari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
II. Tashishning umumiy shartlari
7. Avtomobil transportida yuklarni tashish tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Tashuvchi yukni tashish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda yetkazib berishi kerak. Yukni yetkazib berish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari amal qilishi davriga ko‘paytirilishi yoki tomonlarning ikki tomonlama bitimi bo‘yicha uzaytirilishi mumkin. Yukni yetkazib berish kechiktirilishi to‘g‘risida kechikishning sabablari va vaqti ko‘rsatilgan holda yo‘l varaqasiga belgi qo‘yiladi.
8. Yuklar tashilganligi uchun, agar qonunchilikda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, tashish shartnomasida belgilangan to‘lov undiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9. Tashuvchi, agar qonunchilikda, tashish shartnomasida o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, yoki majburiyatlarning mohiyatidan kelib chiqmasa unga tegishli bo‘lgan tashish to‘lovini va tashish bo‘yicha boshqa to‘lovlarni ta’minlash uchun tashish uchun unga berilgan yukni ushlab turish huquqiga ega.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Tashuvchi, agar tashish shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, tashish shartnomasini bajarish uchun zarur bo‘lgan avtotransport vositalarining tiplari va sonini mustaqil belgilaydi.
Tashuvchi yukni tashish shartnomasida belgilangan muddatda tegishli yukni tashish uchun yaroqli holatdagi soz avtotransport vositasini yukni jo‘natuvchiga yukni ortish uchun beradi, yukni jo‘natuvchi esa yukni belgilangan muddatlarda tashuvchiga taqdim etadi.
11. Agar mijozni tashuvchi tomonidan berilgan avtotransport vositasi qoniqtirmasa, u holda u tegishli dalolatnomani tuzib va uni tashuvchiga berib avtotransport vositasini rad etishga haqlidir.
12. Yukni jo‘natuvchi tomonidan tashishga yaroqli bo‘lmagan holatda taqdim etilgan va uni o‘z vaqtida jo‘natishni ta’minlaydigan muddatda yukni jo‘natuvchi tomonidan zarur holatga keltirilmagan yuk taqdim etilmagan deb hisoblanadi.
13. Agar tashuvchi quyidagi holatlar bo‘yicha tashishda uning saqlanishini ta’minlay olmasa, tashuvchi yukni tashish uchun qabul qilishni rad etishi mumkin:
yuk zarur tarzda bo‘lmagan tarada yoki o‘ramda taqdim etilgan;
yuk bajarish uchun yuklarni tashishga qabul qilingan buyurtmanomaga muvofiq emas;
yukning taqdim etilgan turkumi massasi avtotransport vositasining yuk ko‘tarishidan ortiq;
yuk tashish yo‘nalishining avtomobil yo‘li bo‘ylab harakat vaqtincha to‘xtatilishi yoki cheklanishi tufayli yetkazib berilishi mumkin emas.
14. Agar:
bunday tashish qonunchilikda taqiqlangan bo‘lsa;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tovar xususiyatiga ega bo‘lgan yuklar tovar-transport yukxatlari bilan rasmiylashtirilmagan bo‘lsa;
tashish uchun taqdim etilgan yuklarning har xil tiplari o‘z xossalariga ko‘ra bir avtotransport vositasida birgalikda tashishga qo‘yilmasa;
yuk yo‘l harakati xavfsizligiga xavf solsa va Yo‘l harakati qoidalari talablariga javob bermasa yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) yukni taqdim etmasligi, tashuvchi esa yukni tashish uchun qabul qilmasligi kerak.
15. Yukni jo‘natuvchi yuklarni tashishga taqdim etishda narxni e’lon qilishga haqlidir.
Yukning e’lon qilingan qiymati miqdori tashuvchida shubha uyg‘otgan taqdirda u o‘z hisobidan shartnoma asosida ekspertlarni jalb etishi va yukning real qiymati to‘g‘risida dalolatnoma tuzishi mumkin.
16. Qiymati e’lon qilingan yuk tashishga taqdim etilganda yukni jo‘natuvchi uch nusxada yuk o‘rinlari ro‘yxatini tuzishga majburdir. Ro‘yxatning bir nusxasi yukni jo‘natuvchida, ikkinchi nusxasi — tashuvchida qoladi, uchinchi nusxasi — yukni jo‘natuvchi tomonidan yuk o‘rnining ichkarisiga qo‘yiladi.
17. Yuklarni qabul qilish-topshirishda tovar-transport yukxatida ushbu yuklarning yuk o‘rinlari massasi va soni (imkoniyati bo‘lsa sanab) ko‘rsatiladi.
U bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarning harakati hisobi yuritilmaydigan yukni tashish erkin shakldagi buyurtma-naryad asosida amalga oshirilishi mumkin. Har xil avtotransport vositalarida tashilishi kerak bo‘lgan yuk ortilgan taqdirda foydalaniladigan avtotransport vositalari soniga muvofiq bo‘lgan miqdorda buyurtmalar-naryadlar tuziladi.
18. Tarali va donali yuklar massasi yukni jo‘natuvchi tomonidan ular tashishga taqdim etilgunga qadar belgilanadi va yuk o‘rinlariga tamg‘a bosishda ko‘rsatiladi. Ushbu yuklarni tashishda bir avtotransport vositasida tashiladigan yukning butun turkumining umumiy massasi tarozida tortish orqali yoki yuk o‘rinlarining barcha massasini sanab chiqish yo‘li bilan belgilanadi. Yuklarning ayrim turlari uchun massa o‘lchash yoki hajmli massa bo‘yicha hisoblab chiqish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
19. Yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) tovar-transport yukxatida yukning massasini va, agar massa to‘g‘ridan to‘g‘ri tortish orqali aniqlanmasa, uni aniqlash usullarini ko‘rsatishi kerak.
20. Yuklar yopiq avtotransport vositasida yoki yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) tomonidan tamg‘alangan alohida seksiyalar, konteynerlar yoki tsisternalarda tashilganda, yukning massasi yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) tomonidan aniqlanadi.
21. Notovar xususiyatga ega bo‘lgan yuk massasini aniqlashda yukni jo‘natuvchi tortish yo‘li bilan bir rusumdagi bir necha avtotransport vositalarini nazorat tartibida tarozida tortishi mumkin, shundan keyin yukning umumiy massasini avtotransport vositalari soniga bo‘lish yo‘li bilan bir avtotransport vositasidagi yukning o‘rtacha massasini aniqlash mumkin.
22. Agar tashish uchun taqdim etilgan yukning tarasi yoki o‘ramini tashqi tomondan ko‘zdan kechirishda tashuvchi tomonidan yukning yo‘qotilishiga, buzilishiga yoki shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar aniqlansa, yukni jo‘natuvchi nuqsonlarni bartaraf etishi yoki tashishda yukning saqlanishini ta’minlaydigan boshqa ishlarni bajarishi kerak.
23. Yukni jo‘natuvchi tomonidan tashish uchun taqdim etilgan yukning massasi avtotransport vositasining nominal yuk ko‘tarishidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
24. Yukning massasi yoki sonini aniqlash yukni jo‘natuvchi va yukni oluvchi tomonidan bir xil usulda amalga oshiriladi. Tashish uchun yukni qabul qilishda massani aniqlash uchun butun yukni tarozida tortish zarur. Yukning alohida qismlarini tortish orqali yukning umumiy massasini aniqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
25. Sisterna kuzovli avtotransport vositalarida tashiladigan to‘kiladigan va uyuladigan yuklar, shuningdek quyib tashiladigan oziq-ovqat yuklari massasi avtotransport vositalarini tashish uchun mo‘ljallangan turg‘un tarozilarda aniqlanadi.
26. To‘kiladigan, uyuladigan va quyuladigan yuklarni tashish oldidan avtotransport vositasining massasi tekshiriladi.
27. Yuklarni avtomobillar tortiladigan tarozilarda tortish yukning massasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi, tortish mijoz bilan tashuvchi o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha amalga oshiriladi.
28. Avtopoyezdlarni tortishda butun avtopoyezdni taroziga o‘rnatish zarur. Agar platformaning o‘lchami butun avtopoyezdni o‘rnatish imkonini bermasa, shatakchi va tirkama alohida tortiladi.
29. Katta o‘lchamli va uzun yuklarni tortishda yuklarning quyi uchlari tarozilarning harakatlanmaydigan qismlaridan (staninalar, ustunlar) yoki bog‘lovchi romdan tashqarida turmasligi kerak.
30. Yuklarni tarada, o‘ramda yoki mayda turkumlar bilan tashishga tayyorlashda yukni jo‘natuvchi har bir yuk o‘rnini markalashga haqlidir.
Yukka tovar-transport yukxatlaridagi ma’lumotlar markalashga muvofiq bo‘lishi kerak.
Yukning xossalarini ko‘rsatish va yuklarni ortish (tushirish), tashish yoki saqlashning maxsus qoidalariga rioya qilish zarur bo‘lganda yukni jo‘natuvchi maxsus markalanishi kerak.
31. Markalaydigan yorliqlar qog‘oz, karton, mato, metall yoki plastmassadan tayyorlanishi mumkin hamda eng qulay, yaxshi ko‘riladigan joylarda taraga ishonchli mahkamlangan bo‘lishi kerak.
32. Bir necha yukni oluvchilar manziliga yetkazib beriladigan sim chiviqlar, quvurlar yoki boshqa katta o‘lchamli buyumlarni tashishda ushbu buyumlarning oxiri moyli bo‘yoqda markalanishiga yo‘l qo‘yiladi.
33. Uyulgan, to‘kilgan yoki quyilgan holda ortiladigan va tushiriladigan yuklarni tashishda markirovka qilinmaydi.
34. Yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) furgon tipidagi kuzovli avtotransport vositasini, bir yuk oluvchiga yetkazib beriladigan konteynerlarni tamg‘alashga, yashchiklar, qutilar va boshqa taradagi mayda donali tovarlarni esa tamg‘alashga yoki banderol qilishga haqlidir.
Yuklarni banderol qilish o‘ramning yaxlitligini buzmasdan yukka yaqinlashishni istisno etishi kerak.
Yukni tamg‘alash yoki banderol qilish holati tovar-transport yukxatida qayd etiladi.
35. Bir necha manzillar bo‘yicha tashiladigan yukning saqlanishini ta’minlash uchun tashuvchi kuzovni alohida tamg‘alanadigan seksiyalarga bo‘lish imkonini beradigan to‘siqlar o‘rnatishi mumkin.
36. Yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) tomonidan tamg‘alangan yuk tashuvchi tomonidan yukni oluvchiga yukning massasi, holati va yuk o‘rinlari soni tekshirilmasdan topshiriladi.
37. Kuzovni tamg‘alash tamg‘aning yaxlitligini buzmasdan yukka yaqinlashish va avtotransport vositasi kuzovi, konteyner, seksiya yoki alohida yuk o‘rnining tamg‘asini olib tashlash imkoni berilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
38. Yukni avtotransport vositasiga ortish, shuningdek uni mahkamlash, to‘sish, bog‘lash, tushirish, mahkamlagichlar, qoplamalarni olib tashlash, bortlarni (tsisternalarning qopqoqli tuynuklarini) yopish va ochish, shlanglarni tushirish va chiqarib olish, shlanglarning vintlarini burash yoki orqaga burash, agar tashish shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi) tomonidan amalga oshiriladi.
39. Tashuvchi yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi) bilan kelishuv bo‘yicha ortish-tushirish ishlarini bajarishni o‘z zimmasiga olishi mumkin.
40. Yuklar avtotransport vositasi kuzovida tashish vaqtida yukning o‘rami va avtotransport vositasi saqlanishi ta’minlanadigan tarzda joylashtirilishi va mahkamlanishi kerak.
41. Yukni jo‘natuvchi (ekspeditor), yukni oluvchi, agar tashish shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ortish, tashish va tushirish uchun zarur bo‘lgan moslamalar va yordamchi materiallarni taqdim etishi, o‘rnatishi va olib tashlashi kerak.
42. Mijozga tegishli bo‘lgan barcha moslamalar tashuvchi tomonidan tushirish punktida yuk bilan birgalikda yukni oluvchiga beriladi yoki tashish shartnomasiga muvofiq ortish punktiga yoki boshqa joyga qaytariladi.
43. Tashuvchi tomonidan avtotransport vositasida yukni taxlash yoki mahkamlash yo‘l harakati xavfsizligi yoki yuk va/yoki avtotransport vositasi saqlanishini ta’minlash talablariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda tashuvchi mijozni bundan xabardor qilishi va, agar tashish shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, aniqlangan kamchiliklar mijoz tomonidan bartaraf etilguniga qadar tashishni bajarishni to‘xtatishi kerak.
44. Tashuvchining avtotransport vositasi yuklash uchun kelish vaqti ortish punktida tegishli belgi qo‘yilgan yo‘l varaqasi yukni jo‘natuvchiga (ekspeditorga) taqdim etilgan paytdan boshlab, tashuvchining avtotransport vositasi ortish uchun kelgan vaqt esa — tovar transport yukxati va tushirish punktlariga kelganlik to‘g‘risidagi tegishli belgi qo‘yilgan yo‘l varaqasi yukni oluvchiga taqdim etilgan paytdan boshlab hisoblanadi.
45. Agar haydovchi yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) tomonidan rasmiylashtirilgan tovar-transport yukxatini olgan bo‘lsa va yuk avtotransport vositasining yuk bo‘linmasida turgan bo‘lsa, tashuvchining avtotransport vositasini yuklash tugallangan deb hisoblanadi.
46. Yuk yuk bo‘linmasidan to‘liq tushirilganda, yuk bo‘linmasini tozalash bo‘yicha barcha zarur ishlar bajarilganda va yuk olinganligi to‘g‘risida yukni oluvchining belgisi qo‘yilgan tovar-transport yukxatlari haydovchiga topshirilganda avtotransport vositasidan yukni tushirish tugallangan deb hisoblanadi.
Yuklar tushirilgandan keyin avtotransport vositalari va konteynerlar ushbu yuklarning qoldiqlaridan tozalanadi, ushbu bandda sanab o‘tilgan ayrim yuklar tashilgandan keyin esa avtotransport vositalari va konteynerlar yuvilishi va zaruriyat bo‘lganda — bo‘lak-bo‘lak va maydalangan alebaster; asbest; barit (og‘ir shpat); mineral momiq paxta; sabzavot sharbati; gaja (gipsli ohakgil); gips; glina; alyuminiy oksidi; dolomit; grafit; vannalar uchun mineral loylar; ozuqa xamirturushlari (gidroliz sulfat); kartoshka va lavlagi qoldig‘i; kul; ohaktosh; kaolin; asbest karton; g‘isht; koagulyantlar; omixta yem; apatit konsentrati; nefelin konsentrati; bo‘yoqlar va quruq bo‘yoqlar; yormalar (iste’mol o‘rami shikastlanganda); bo‘r, merteli; un; rangli metallar qipiqlari; chiqindilar; pegmatit; asfalt, ohaktosh, metallurgiya magneziti, shamot (olovbardosh) kukunlari; chang; sigaretlar (papiroslar) (iste’mol o‘rami shikastlanganda); tuz; kukunsimon yuvuvchi vositalar; texnik va qurilish shishasi (singan taqdirda); rangli metallar va ularning qotishmalari qirindilari; sulfatlar, xavflilaridan tashqari, tamaki va moxorka xomashyosi; tamaki (barglardan va ildizlardan hidlanadigan ishlov berilgan); yanchilgan va ildizlardagi talk (talkli tosh); shisha tara (singgan taqdirda); torf va torf mahsulotlari; o‘g‘itlar; quritilgan go‘sht qiymasi (qoplarda); ferroqotishmalar; sement; bo‘lak-bo‘lak shamot; taxtakunjara; tez buziladigan yuklar; hayvonlar va parrandalar dezinfeksiya qilinishi kerak.
Avtotransport vositalari va konteynerlarni tozalash, yuvish va dezinfeksiyalash majburiyati yukni oluvchilarga tegishlidir. Tashuvchi yukni oluvchi bilan kelishgan holda avtotransport vositalari va konteynerlarni yuvish va dezinfeksiyalash ishlarini bajarishni o‘z zimmasiga olishga haqlidir.
47. Tovar va notovar xususiyatga ega bo‘lgan yuklarni tashish tovar-transport yukxati bilan rasmiylashtirilishi kerak.
48. Yuk ortiladigan avtotransport vositasining tovar-transport yukxatlari va yo‘l varaqalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, matbaa usulida tayyorlanadi, hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega bo‘ladi.
49. Tovar-transport yukxati belgilangan tartibda yukni jo‘natuvchi tomonidan har bir borishga har bir yukni oluvchining nomiga alohida to‘rt nusxada tuziladi, ulardan:
birinchi nusxa yukni jo‘natuvchida qoladi va tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishni (zararni) hisobga olish uchun mo‘ljallanadi;
ikkinchi nusxa yukni oluvchiga beriladi va u tomonidan moddiy boyliklar kirim qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;
uchinchi va to‘rtinchi nusxalar tashuvchiga beriladi hamda tashuvchining mijoz bilan hisob-kitob qilishi va avtotransport ishini hisobga olish uchun xizmat qiladi.
50. Ko‘p miqdordagi tovar-moddiy boyliklar tashish uchun bir vaqtning o‘zida taqdim etilganda qo‘shimcha varaqani — barcha qo‘shimcha varaqalarda tovar bo‘limida ko‘rsatilgan tovar-transport yukxatining bosh varaqasi seriyasi va tartib raqami takrorlangan holda to‘rt nusxada to‘ldiriladigan tovar-transport yukxatining davomini qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
51. Bir yukni jo‘natuvchidan bir yukni oluvchining manziliga aynan bir xil masofada bir necha marta borishni talab etadigan bir xildagi yuklarni tashish smena mobaynida avtotransport vositasi tomonidan bajarilgan barcha ishga jamlangan holda bitta tovar-transport yukxati bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda oraliq borishlarni rasmiylashtirish yukni jo‘natuvchi tomonidan haydovchiga har bir alohida borishga talon berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Talon faqat berilgan kun uchun haqiqiydir va uch nusxada to‘ldiriladi, ulardan bir nusxasi yukni jo‘natuvchida, ikkinchi nusxasi — haydovchida va uchinchi nusxasi yukni oluvchida qoladi.
52. Haydovchi (yoki yukka hamrohlik qiluvchi shaxs) yukni tovar-transport yukxatida ko‘rsatilgan yukni oluvchiga topshirishi kerak.
53. Yukni yukni oluvchiga massa va o‘rinlar soni bo‘yicha topshirish yuk yukni oluvchidan qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi (tarozida tortish, o‘lchash, yuk o‘rinlarini sanab chiqish va shu kabilar).
54. Shikastlanmagan konteynerlar, tsisternalarda kelgan va yukni jo‘natuvchining shikastlanmagan tamg‘alariga ega bo‘lgan yuklar yukni oluvchiga yukning massasi, holati va yuk o‘rinlari soni tekshirilmasdan beriladi.
Yuk yukni oluvchiga shikastlangan tarada, avtotransport vositasining shikastlangan kuzovida yoki yukni jo‘natuvchining shikastlangan tamg‘alari bilan kelgan taqdirda, tashuvchi tovar-transport yukxatiga muvofiq yuk o‘rinlarining massasini, sonini yoki yukning holatini tekshirishi kerak.
55. Standart og‘irlik va mijoz tomonidan har bir yuk o‘rnida ko‘rsatilgan og‘irlik bo‘yicha tashish uchun qabul qilingan taradagi va donali yuklar borish punktida yukni oluvchiga o‘rinlar hisobi bo‘yicha tortilmasdan, faqat shikastlangan o‘rinlardagi (agar shunday bo‘lsa) yukning og‘irligi va holatini tekshirgan holda topshiriladi.
Uyulgan va to‘kilgan holda tashiladigan, kamomad belgilarisiz kelgan yuklar yukni oluvchiga og‘irlikni tekshirmasdan topshirilishi mumkin.
56. Tashuvchining qayta yo‘naltirish, yukni realizatsiya qilish yoki uni yukni jo‘natuvchiga qaytarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlari mijoz tomonidan tashish shartnomasi shartlariga muvofiq to‘lanadi.
57. Tashuvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha yukni oluvchi yukni qabul qilishni rad etgan taqdirda, yuk tashuvchi tomonidan yukni jo‘natuvchiga (agar tashish shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa) qaytarilishi yoki uning yozma ko‘rsatmasi bo‘yicha boshqa yukni oluvchiga berilishi mumkin. Yukni oluvchi, agar u yuridik shaxs hisoblansa, tovar-transport yukxatiga imzo bilan tasdiqlangan yuk qabul qilinishi rad etilganligi to‘g‘risidagi yozuvni qayd etishi kerak.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
58. Yukni qayta yo‘naltirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) haydovchi aloqa vositalaridan foydalangan holda tashuvchini yukni oluvchi yukni qabul qilishni rad etgan sana, vaqt va sabablari to‘g‘risida xabardor qiladi;
b) tashuvchi yozma shaklda yoxud aloqa vositalaridan foydalangan holda yukni jo‘natuvchini yukni oluvchi yukni qabul qilishni rad etganligi va sabablari to‘g‘risida xabardor qiladi va yukni qayta yo‘naltirish haqidagi ko‘rsatmani so‘raydi;
v) yukni jo‘natuvchi yukni yetkazib berish mumkin emasligi to‘g‘risida xabardor qilingan paytdan boshlab 2 soat mobaynida undan qayta yo‘naltirish to‘g‘risida bildirishnoma olinmagan taqdirda tashuvchi yozma shaklda yukni jo‘natuvchini yuk qaytganligi to‘g‘risida xabardor qiladi va haydovchiga yukni jo‘natuvchiga qaytarish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi;
g) yukni jo‘natuvchidan tovar-transport yukxatida ko‘rsatilgan yukni oluvchigacha yetkazib bergan holda yukni qayta yo‘naltirish to‘g‘risida ko‘rsatma olinganda tashuvchi aloqa vositalaridan foydalangan holda haydovchini qayta yo‘naltirish to‘g‘risida xabardor qiladi.

Yüklə 93,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin