Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O’rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o’rni



Yüklə 1,46 Mb.
tarix20.10.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#65651
1b ee 3-mustaqil ish Murodjon To\'rabekov


Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O’rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o’rni.
ANNOTATSIYA
O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat
Ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.
KIRISH
Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida respublikamiz yosh avlodi, Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganidek, “...necha yillar bizni tariximizdan, dinmizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, - natijada ular o’z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madagiyatidan bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi”. Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgach, ona zaminimiz ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi.
IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda ‘Renessans’ (uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma’mun davrida (813-133 yy.) Bag’dodda ‘Bayt-ul-hikma’ (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar.
O’rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar al-Farg’oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog’liqdir. Ularning har ikkovi ham Bag’doddagi “Bayt-ul-hikma”ning etakchi ilm sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda alFarg’oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861 yildir. U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Astranomiya va astralyabiyaga kirish”, “Falakdan bo’ladigan sabablar”, “Astralyabiya fani usullari”, “Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi” va boshqalardir. Farg’oniyning “Astranomiya asoslari” kitobi o’sha davrdagi astranomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo’lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko’p asrlar davomida Evropada astronomiya bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan. U Evropada alFraganus nomi bilan mashhur bo’lgan.
Al-Xorazmiy (780-850 yy.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir. Uning ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan. Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarning muallifidir. Bulardan eng mashhuri “Kitob al-jabr va al-muqobala” asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi mustaqil fan – algebraning vujudga kelishiga zamin bo’ldi. U tenglamalarni echishning ikki usulini – al-jabr, ya’ni qarama-qarshi ishoralarni yagona musbat ishoraga keltirish va almuqobala, ya’ni bir hil hadlarni qarama-qarshi qo’yishni kashf qildi.
Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiysiz (873-950) tasavvur etish qiyin. U “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi muallim” degan unvonga sazovor bo’lgan mutafakkirdir. Sharqda qadim Yunonistonning eng mashhur faylasufi Aristotel “Birinchi muallim” deb yuritilgan. Farobiy ko’p tillarni bilgan qomusiy olimdir. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 ta bo’lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) qadimgi Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarini – Aristotel, Platon, Evklid, Galen va boshqalarning ilmiy merosini tarjima qilish, sharhlash, targ’ib qilish va o’rganishga bag’ishlangan asarlar; 2) o’rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid risolalar. Masalan, “Aristotelning “Metafizika” asariga izoh”, “Aristotelning “Osmon sistemasi” kitobiga izoh”, “Aristotelning “Etika” kitobiga sharh”, “Substanstiya haqida so’z”, “Masalalar manbai”, “Qonunlar haqida kitob”, “Bo’shlik haqida kitob”, “Musiqa haqida so’z”, “Fozil odamlar shahri” va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Jahon madaniyati va ma’rifatiga katta hissa qo’shgan, Sharq va Evropada “Shayx-ur rais – olimlar boshlig’i” unvoniga ega bo’lgan alloma
Uning “Tib qonunlari” nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Evropada medistina bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilib kelmoqda.
Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o’z umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan.
Yusuf Xos Hojib ilm va ma’rifatni jamiyatning taraqqiyotiga, gullabyashnashiga olib keluvchi kuch deb bilib, ularni egallashgan da’vat etadi. U kishini zulmat ichidagi uyga, bilimni esa ana shu uyni nurafshon etuvchi mash’alga o’xshatadi. Shoir kishilarni so’zlaganda o’ylab gapirishga chaqiradi. So’zingga ehtiyot bo’l, boshing ketmasin, tilingga ehtiyoj bo’l, tishing sinmasin. Ma’nodor so’z donolik alomati, bema’ni so’z mahmadanagarchilik axmoqlik alomatidir. Shu bois odam ko’proq quloq solib, kam gapirishi kerak deb aytadi.Yusuf Xos Xojib shuningdek, insonning tashqi qiyofasi uning ichki ma’naviy dunyosiga mos bo’lishiga katta ahamiyat beradi. Mutafakkir yolg’onchi, munofiq kishilar jamiyat uchun zararli, bunday kishilardan uzoq bo’lish kerak deydi.
XULOSA
Yuqoridagi keltirilganlardan xulosa qiladigan bo‟lsak buyuk allomalarimizning bizlarga qoldirgan ilmiy me‟rosi ham buyukdir. Ushbu ilmiy me‟rosdan hozirgi zamon bilan uyg‟unlashtirilgan holda foydalanish har bir bilim oluvchi uchun muhimdir. Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo‟lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‟rinni egallaydi. Oilada ota – onalar, ayniqsa, o‟qimishli ota – onalar o‟z farzandlarining haqiqiy inson bo‟lib kamol topishiga alohida e‟tibor berishlari lozim.
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin