Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida). O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati



Yüklə 94,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix16.12.2023
ölçüsü94,16 Kb.
#181743
1   2   3   4   5   6
1.Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida).

Ikkinchi guruh
– insonning fikrlash, so`z va matbuot erkinligini to`g’ridan-to`g’ri ta`minlashga qaratilgan
fuqarolik jamiyatini alohida instituti – ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi huquqiy maqomi
belgilab qo`yilgan konstitutsiyaviy qoidalardan iboratdir..
Konstitutsiyaning
67-moddasi
bunga misol bo`la oladi. Unda qayd etilganidek: “Ommaviy axborot
vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to`g’riligi uchun belgilangan tartibda
javobgardirlar. Cenzuraga yo`l qo`yilmaydi”. Bunday qoida ilgari O`zbekistonning birorta
konstitutsiyasida, hattoki sobiq ittifoq konstitutsiyasida ham qayd etilmagan.


Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o`rnini
yuksaltirish
, matbuot, 
televidenie, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini
amalda ta`minlash masalalari hayotimizni isloh qilish va yangilash borasida oldimizga
qo`ygan ustuvor vazifalardan biri etib belgilab qo`yilgan.Respublikamizda ommaviy axborot
vositalari erkinligi – konstitutsiyaviy tamoyillardan biri sifatida tan olindi. Shunga amal qilingan
holda ish olib borilmoqda.
Ommaviy axborot vositasi – sodir bo`layotgan voqea-hodisalar haqidagi barcha
ma`lumotlarni to`plab, qayta ishlovchi va ularni yangilik-axborot sifatida ommaga etkazib
turuvchi muassasadir. Buni ba`zan ommaviy axborot kommunikatsiyalari ham deb ataydilar.
O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki davridanoq ommaviy axborot vositalarini
tom ma`noda “to`rtinchi hokimiyat” darajasiga ko`tarish borasida bosqichma-bosqich
amalga oshirilayotgan uzviy islohotlar bugun ham mustahkamlanib borilmoqda.


Bugun O‘zbekistonda Internetdan foydalanuvchilar umumiy soni 13 million kishidan oshdi. 
Respublika hududida ro`yxatga olingan saytlar esa 150 mingdan ortdi. Mamlakatda Internet 
xizmatlari va ma’lumotlar uzatish tarmoqlari provayderlari soni 921 tani tashkil qiladi, global 
tarmoqdan ommaviy foydalanish punktlari umumiy soni 963 taga yetdi.
O`zbekiston milliy qonunchiligida Internet ommaviy axborot vositasi turi sifatida alohida tilga
olinmaganligini ham eslatish o`rinlidir. “Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”gi qonunning 1-
moddasida qayd etilganidek, “Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar,
axborot
agentliklari
, televidenie (kabelli, efir-kabelli televidenie) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, 
elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo`lgan, davlat tasarrufidagi, 
mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir”.
Hozirgi yurtimizdagi ommaviy axborot vositalarini davlat va nodavlat, shuningdek mahalliy
ommaviy axborot vositalari sifatida farqlash mumkin.
1. Davlat ommaviy axborot vositalari - davlat tomonidan ta`sis etilgan yoki muayyan davlat
ulushi va davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’lar hisobidan faoliyat ko`rsatayotgan
ommaviy axborot vositalaridir.
2. Nodavlat ommaviy axborot vositalari sirasiga
esa nodavlat tashkilotlar
, jamoat
birlashmalari, xususiy shaxslar tomonidan ta`sis etilgan va ularning mablag’lari hisobidan
faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalari kiradi.
3. Mahalliy ommaviy axborot vositalari-mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan ta`sis
etilgan yoki ularning ulushi bo`lgan va mahalliy byudjetdan ajratiladigan mablag’lar
hisobidan faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalari, demakdir


Fuqarolik jamiyati institutini mustahkamlash va
rivojlantirish, OAVlarni rivojlantirish bo’yicha bir talay
ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda O’zbеkistonda
8250 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilot, 870 dan
ortiq gazеta va jurnallar 100 ga yaqin davlat va
nodavlat tеlеradiostantsiyasi faoliyat ko’rsatmoqda. 
Rеspublikamizda faoliyat yuritayotgan OAVlar soni
2016 yilga kеlib 1200 tani tashkil etdi. Xususan, 
ularning 600 dan ziyodi viloyatlarda faoliyat
ko’rsatmoqda.







Yüklə 94,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin