Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
O‘zbekiston Respublikasida
ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida
ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom» asosida
olib boriladi.
Noshirlik ishi
1996-yilda qabul qilingan «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 275-sonli qarori bilan
tasdiqlangan «Noshirlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom», 2006-yil 16-aprelda
O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1561-raqami bilan ro‘yxatga olingan
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2006-yil 15-martdagi «Nashrlarni chop etish
qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 29-sonli buyrug‘i
Matbaachilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-fevraldagi
«O‘zbekiston Respublikasida matbaa faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida»gi 52-sonli qarori,
2002-yil 27-dekabrdagi «Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 454-sonli qarori, 2006-yil 16-aprelda O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1561-raqami bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston
Matbuot va axborot agentligining 2006-yil 15-martdagi «Nashrlarni chop etish qoidalarini
tasdiqlash haqida»gi 29-sonli buirug‘i shular jumlasidandir.
Noshirlik faoliyatini litsenziyalash tartibi
O‘zbekiston Respublikasida nashriyotlar faoliyati va
ularni litsenziyalash Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 275-sonli qarori bilan
tasdiqlangan «Noshirlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom» bilan tartibga solinadi
Matbaa korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
O‘zbekiston Respublikasida matbaa
korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-
dekabrdagi 454-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va
hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizom» bilan tartibga solinadi.
So`z va matbuot erkinligini huquqiy himoya qilishga, axborot olish va tarqatishni
kafolatlashga qaratilgan boshqa bir qonun hujjati – 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan -
“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g’risida”gi qonun jurnalistning kasb faoliyati bilan
bog’liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, uning huquq
va
majburiyatlarini belgilaydi
, unga huquqiy va ijtimoiy kafolatlar beradi, jurnalistlik faoliyatini
himoya qilish to`g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini
belgilaydi. Qonunning 4-moddasida: “Jurnalistdan xabarlar va materiallarni oldindan kelishib
olishini, shuningdek material yoxud xabarning matnini o`zgartirishni yoxud ularni
butunlaynashrdan olib qolishni (efirga berilmaslikni) talab qilishga hech kimning haqqi yo`q”
ekani qayd etilgan. Jurnalist o`ziga qonun hujjatlari bilan berilgan boshqa huquqlardan ham
foydalanadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va huquqiy
demokratik davlat qurish jarayonida jamiyat siyosiy tizimining eng muhim tarkibiy bo‘g‘inlari
sifatida qaraladigan davlat hokimiyati organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida
samarali munosabatlar tizimini takomillashtirish va bu boradagi muammolarni hal etish o‘z
navbatida, amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlashda
muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. OAVlarning jamoatchilik fikrini shakllantirish, milliy istiqlol
mafkurasini xalqimiz, avvalo yosh avlod ongiga singdirishdagi o`rni beqiyos. Ular jamiyatni
demokratlashtirish va yangilash, millatni modernizaciya
va isloh etish jarayonlarni
, bu
boradagi muammolarni jamiyat hayotining turli qirralarini tezkorlik bilan aks ettiradigan eng
samarali vositadir. Asosiy vazifa – ommaviy axborot vositalari faoliyatida demokratik
andozalarni joriy etish bo`yicha aniq hamda izchil choralarni amalga oshirish, matbuot,
televidenie, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning tom ma`nodagi mustaqilligi va
erkinligini ta`minlashdan iboratdir. Bundan ko`zlangan maqsad va ommaviy axborot
vositalari fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklarini ro`yobga chiqarishda eng ta`sirchan
omil bo`lishidir, desak har tomonlama to`g’ri bo`ladi. Bu, avvalo, har bir fuqaroning o`z fikrini
erkin ifoda qilish, axborot olish, davlat va jamiyat qurilishining o`ta muhim masalalarini
muhokama etishda faol qatnashish huquqini ta`minlash demakdir. Ommaviy axborot
vositalariga doir barcha yangilanishlar, birinchi navbatda, mustaqil davlat sifatida jahon
hamjamiyatiga dadil kirib borayotgan mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini
“to`rtinchi hokimiyat” darajasiga ko`tarishga qaratilgan.
|