Yunesko tashkiloti. Aminov u


BOB: O`ZBEKISTONNING YUNESKO BILAN HAMKORLIK ALOQALARINING O’RNATILISHI



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə2/28
tarix01.04.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#54575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
yunesko tashkilotining xalqaro -конвертирован

BOB: O`ZBEKISTONNING YUNESKO BILAN HAMKORLIK ALOQALARINING O’RNATILISHI:





    1. O`zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’lishi.

    2. O`zbekistonning BMT homiyligidagi xalqaro tashkilot YUNESKO bilan aloqalarining ornatilishi.



  1. BOB: O`ZBEKISTONDA YUNESKO TAShKILOTINING XALQARO ALOQALARNI TAKOMILLAShTIRIShDAGI O’TKAZILGAN


TADBIRLARI


    1. Ilm, fan, madaniiyat, kommunikatsiya va axborot.

    2. O’zbekistonda YUNESKO tomonidan tarixiy obidalarni saqlab qolish va nayob o’bektlarni o’rganishdagi hamqorlik ishlari. «Asrlar sadosi» festivalining o’tkazilishi.

XULOSA.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
QO`ShIMChALAR.

KIRISh
MAVZUNING DOLZARBLIGI: XXI asr bo`sag`asida jonajon Vatanimiz tarixida buyuk voqea - qadimiy O`zbekistonning eng yangi tarixini boshlab bergan voqea sodir bo`ldi. 1991 yil 31 avgust kuni bo`lgan Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida o`zbek xalqining xohish-irodasi bilan O`zbekistonning davlat mustaqilligi, ozod va suveren davlat - O`zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi e`lon qilindi. 1 sentyabr` O`zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb belgilandi. Xalqimizning asriy orzu-umidlari ushaldi, muqaddas maqsadi ro`yobga chiqdi, siyosiy mutelik va asoratdan qutildi. Dunyo XX asr so`nggi xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat - O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi.

O`zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan og`ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimiz tarixi mustaqillik xalqimizga nihoyatda qimmatga tushganidan, bu yo`lda katta qurbonlar berilganligidan guvohlik beradi. Endilikda xalqimizning o`z taqdiri o`z qo`lida, o`z mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash yo`lida astoydil mehnat qilmoqda.

O`zbekiston Mustaqil davlat sifatida xalqaro Konventsiyalarga va BMT, EXShT, XMT kabi jahonning nufuzli tashkilotlarigi a`zo bo`ldi1.

O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lga kiritgan kunidan boshlab jahondagi nufuzli mamlakatlar bilan davlatlararo alrqalar o`rnatish va uni rivojlantirish yo`lini tutdi, tashqi siyosatning asosiy yo`nalishlarini belgilab oldi va BMT ning 15 ixtisoslashgan tashkilotlaridan biri- YUNESKO ga 1993 yilning 29 oktyabrida a`zo bo`lgan edi. Bitiruv mutaxasisslik ishida Vatanimizning milliy istiqlol davridagi YUNESKO tashkiloti bilan aloqalarini va uning tarixini yoritishga kengroq o`rin berilgan.

O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, dunyodagi yirik, rivojlangan mamlakatlar bilan o`zaro manfaatli siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalari yoritilgan. O`zbekiston tarixan qisqa muddatda jahon hamjamiyatida munosib

1 O’zbekiston: Mustaqillik odimlari. T., O’zbekiston 1995. 45-46 betlar.

o`rin egalladi, global masalalarda o`zining mustaqil ovoziga ega bo`lgan davlat darajasiga ko`tarildi.

Mamlakatimiz o`z mustaqilligina erishgandan keyingi davrdagi O`zbekiston tashqi siyosati, mamlakatimizni xalqaro maydondagi, ayniqsa xalqaro tashkilotlar doyrasidagi faoliyati tabora rivojlanayotgan va o`z navbatdagi uning tashqi siyosatida xalqaro tashkilotlarning ahamiyati ortib borayotgani bilan xarakterlanadi.

O`zbekiston respublikasi konstituttsiyasining 17 moddasida «O`zbekiston respublikasi xalqaro munosabatlarni to`la huquqli sub`ektidir» deb ko`rsatib ko`ylgani va ushbu moddaning ikkinchi qismida «Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovanligi va xavsizligini ta`minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo`stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin»2 degan qoydani mustahkamlab quyilganligi mamlakatimizni dunyodagi nufuzli xalqaro tashkilotlarga to`la huquqli a`zo bo`lib kirishi uchun imkon tug`dirdi, hamda uni diploiatik tan olinishi va xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarga jadal kirib borishi uchun huqiqiy zamin yaratadi. Tinchlik va xamkorlikni mustahkamlash dolzarb bo`lib turgan hozirgi davrda, jahon xalqlarning insonporvarlik g`oyalarni birlashtirishda, dunyomizni barqaror, xavfsiz qilishda xalqaro tashkilotlarning ahamiyati toboro oshib bormaqda. O`zbekiston bilan YUNESKO hamkorligi masalasi o`rganilganda, ushbu hamkorlikning barcha qirralari kabi, uning xalqaro huqiqiy jihatlarini o`rganish



ham bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

BITIRUV IShINING MAQSAD VA VAZIFALARI: O`zbekistonning BMT

homiyligidagi ta`lim, fan va madaniyat bilan shug`ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993 yil 29 oktyabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O`zbekistonni YUNESKO ga a`zolikka qabul qilish marosimi bo`ldi. O`sha kuni Ulug`bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994 yil oktyabrida Parijda Ulug`bek haftaligi tantana bilan

2 O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi. T., 2003 yil, 6-bet.

o`tdi. Xiva va Buxoro YUNESKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro`yxatiga kiritildi. Bu ro`yxatda 411 ta ob`ekt bor.

1994 yil dekabrda respublikamizda YUNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo`lib, tarkibiga ta`lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a`zo bo`ldi. YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o`rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. "Ipak yo`li - muloqot yo`li" deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995 yil iyul` oyida YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O`zbekistondagi rasmiy tashrifi chog`ida 1995 yil iyul` oyida mazkur institut ochildi. YUNESKO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996 yil oktyabr`da Parijda Amir Temurga bag`ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo`lib o`tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri

YUNESKO ning madaniy qadriyatlar ro`yxatiga kiritildi.



1997 yilda jahon madaniyatning durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko`rgazmalar o`tkazildi. Bu O`zbekiston bilan BMTning nufuzli xalqaro tashkiloti YUNESKO o`rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo`ldi. 1997 yil 19-20 oktyabr` kunlari Vatanimizda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan bo`lib o`tgan ulkan tantanalarda BMT, YUNESKO va boshqa ko`plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar.

Respublikamiz Prezidenti I.Karimov «YUNESKO timsolida eng muhim insonparvarlik masalalarining echimiga ijodiy yondashishda harakatlanuvchi kuch bulib xizmat qiladigan o`ziga xos, betakror xalqaro tashkilotni kuramiz»3- degan edi. Shunki, hozirgi kungacha inson manfaatlarini ko`zlab ko`plab xalqaro hujjatlar qabul qilingan bo`lib, ular universal va mintaqaviy xarakter kasb etadi. Jumladan, BMT
3 Karimov I.A. «Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz». 7 jild. T.,

«O`zbekiston». 1999 yil 205-bet.

Bosh Assambleyasi tomonidan 70 ga yaqin, Evropa Kengashi tomonidan 160 dan ziyod, YUNESKO tomonidan 70 dan ortiq, evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tomonidan 30 dan ortiq, turli mintaqaviy xalqaro tashkilotlar tomonidan ham ko`plab inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar, konventsiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilindi. Bugungi kunda hammasi bo`lib inson huquqlari bo`yicha 400 ga yaqin xalqaro hujjat mavjud. Bu xalqaro hujjatlarda inson huquqlariga oid jahon andozalari belgilab qo`yilgan va ularning milliy qonunlardan ustuvorligi tamoyili aksari davlatlar tomonidan tan olingan4.

BMT ning ixtisoslashgan muassasalari tizimi mavjud bo`lib O`zbekiston ularning deyarli barchasi faoliyatida ishtirok etmoqda. Shu jumladan, ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha BMT YUNESKO ning faoliyatida ishtirok etish O`zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

O`zbekiston bilan YUNESKO hamkorligi masalasi o`rganilganda, ushbu hamkorlikning barcha qirralari kabi, uning xalqaro huqiqiy jihatlari va tarixiy ildizlarini o`rganish ham bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Uni quidagilarda ko`ramiz:


  • birinchidan, YUNESKO ning xalqaro tashkilot sifatidagi maqomi, uning xalqaro huquqdagi huquq ijodkorlik faoliyati ilmiy tadqiqotlarda etarlicha o`rganilmagan. Hozirgi kunda nafaqat O`zbekistonda, balki jahonda YUNESKO to`g`risida ko`plab ma`lumotlar yig`ilgan va turli maqolalar va risolalar yozilgan bo`lsa da, ammo ularning aksariyati, YUNESKO ni turli tadbirlariga bag`ishlanib, ushbu tashkilotni xalqaro xuquq sub`ekti nuqtay nazaridan, uning xalqaro tashkilot sifatidagi faoliyatini etarli darajada ochib bermaydi;

  • ikkinchidan, YUNESKO xalqaro hujjatlarning xuqiqiy tabiati etarli darajada o`rganilmagan bo`lib, XXI asrga kelib jahon hamjamiyati to`qnash kelayotgan dolzarb global muammolarning oldini olish va bartaraf etishda ayniqsa katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki ularni o’rganish hozirgi zamon xalqaro


4 Международное право в документах: Учеб.пособие. Состt.: Н.Т.Влатова, Г.М. Мелков. – 2-е изд., перереб. и доп. – M.: Инфра, 1997. С-103.

vaziyatini tadbiq etish mumkinshiligin beradi va YUNESKO ning O`zbekiston bilan hamkorligining tarixiy ahamiyatini oshib berishga yordam beradi;



  • uchinchidan, YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o`rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. "Ipak yo`li - muloqot yo`li" deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berilishi;

  • turtinchidan, YUNESKO tomonidan 70 dan ortiq ko`plab inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar, konventsiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilindi. Bularning tarixiy ahamiyatini urganish va tadbiq eish;

  • beshinchidan, YUNESKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro`yxati dasturiga kiritilgan respublikamizning 411 ta ob`ekti bor. Bu dasturning bugungi kundagi ijorasini urganish.

Bularning barchasi bitiruv malakaviy ishiga ushbu mavzuni tanglashga asos bo`ldi.

MAVZUNING TARIXShUNOSLIGI: : Zotan, har qanday matbuot nashri — hoq jurnal, hoq gazeta bo’lsin, zamon tarixini yozishga, bu tarixni yaratishga hissa kushadi, xalqmiz tarixining muayyan jihatlarini aniqlashtirib, oydinlashtirishga yordam beradi.

Bitiruv mutaxasisslik ishining yozilishida Respublikamiz Prezdenti I.A.Karimovning asarlari, chiqib so`zlashari metodologik asos sifatida urganildi. Shunungdek, «O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi» (T., «O`zbekiston» 2003), Ustav YuNeSKO / Mejdunarodnыe normativnыe aktы YUNESKO. M.:Logos 1993,

«O`zbekistonnig yangi tarixi» 3-tom (Milliy mustaqillik davri T., «O`bekiston» 1999), Q.Usmanov, M.Sodiqov va S.Burxanovalar muallifligidagi «O`zbekiston tarixi» (Darslik T., 2006), G.Hakimovning «O’zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti» nomli risolasi va boshqada adabiyotlardan foydalanildi.

MAVZUNING ILMIY YaNGLIKLARI: Mustaqillik sharofati bilan O`zbekiston respublikasinning BMT homiyligidagi ta`lim, fan va madaniyat bilan shug`ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu àloqalarni yangicha yondashib, yangi

davlatchilik kontseptsiyasi va yangi asl manbalar asosida yoritish, chuqur tahlil qilish va o’rganish hamda ilmiy aylanishga tushirish.



MAVZUNING BAJARILISH USUL VA METODLARI: Tadqiqotning

ilmiy-uslubiy asoslarini belgilashda bir necha usullarga murojaat qilindi. Mavzuni yoritishda qo`llaniladigan asosiy usullarimizdan birini tavsifiy usul tashkil etadi. Bundan tashqari butun mavzuni yoritish jarayonida ko`plab o`rinlarda qiyosiy metodga ham murojaat kilindi.


TADQIQOTNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI: Tadqiqot


maktablar va kollejlar o`quvchilari uchun O`zbekiston bilan YUNESKO hamkorligi masalasini o`rganishda kerakli ma`lumotlar bera olishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu tadqiqot oliy o`quv yurtlari uchun mukammal darsliklar yaratish yo`lida amaliy yordam beradi hamda talabalarga maxsus kurs sifatida o`qilishi mumkin.


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin