Yunesko tashkiloti. Aminov u


Tashkilot faoliyatini o`rganar ekanmiz, u hozirgi kunda ko`yidagi asosiy yo`nalishlarda olib borilmoqda



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə9/28
tarix01.04.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#54575
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
yunesko tashkilotining xalqaro -конвертирован

Tashkilot faoliyatini o`rganar ekanmiz, u hozirgi kunda ko`yidagi asosiy yo`nalishlarda olib borilmoqda.


**birinchi yo`nalish – Ta`lim va kelajak. YUNESKO ning ustuvor yo`nalishi hozirgi zamon talablariga mos umum boshlang`ich ta`limini va oliy ta`limni rivojlantirishni ta`minlab borishdan iboratdir. Undan tashqari YUNESKO o`qituvchilarni, maorif sohasidagi ma`muriyat xodimlarni tayorlashga, shunungdek, mahalliy maktablarning qurilishiga va jihozlanishiga ko`maklashadi. Bu sohada YUNESKO ning «Butun umr mobaynida ta`lim barcha uchun» dasturi muhim ahamiyatga egadir.

** Ekkinchi yo`nalish- Ilm, fan va texnologiyaning barcha sohalarda integratsiyalanuvi. Bu masalaga oid 1999 yil oktyabr-noyabr oylarida bo`lib o`tgan YUNESKO ning 30 sessiyasida alohida to`xtalib, o`zining asosiy yo`nalishlaridan biri deb ko`rsatilgan. Bunla ilm, fan va texnologiyalarning barcha sohalarida ayollarning rolin oshirish va ularni qullab-quvvatlash.

Shunungdek, bo`lajak avlodni atrof-muhitga va barqaror taraqqiyotga, madaniy rang-baranglikni rivojlantirishga ko`maklashishga, ilmiy natijalarga taoluqli, etiqaviy normalarni ishlab chiqishga va texnik axborotlarga kirishga ko`proq e`tiborni qaratish.



** Uchinchi yo`nalish- Ijtimoiy fanlarni rivojlantirish. YUNESKO ayollar ahvolini yaxshilash sohasi bo`yicha o`qitish va ko`maklashish yoshlar bilan bog`liq muammolar ya`ni ortirilgan immunitet tansiqligi sindromi (OITS) dan ogohlantirish masalalarini o`qitish kabi tadbirlarga yordam beradi.

** To`rtinchi yo`nalish- Madaniyat: o`tmish, hozirgi zamon va kelajak. YUNESKO ning madaniy faoliyati madaniyat yodgorliklarni himoya qilishga qaratilgan. Jahon yodgorliklari ob`ektlari ruyxatiga 100 ta mamlakatda joylashgan 400 dan ortiq madaniyat va tabiat yodgorliklari kiritilgan.
Tashkilot ijodni va ijodiy faoliyatni, madaniy o`z-o`zini asrashni rag`batlantiradi.

** Beshinchi yo`nalish- Kommunikatsiya, axborot va informatika inson xizmatida. YUNESKO millatlar orasida fikrlarning keng almashishini va axborot erkinligi, fikrlar xilma xilligi va ommaviy axborot vositalarining rang- barangligini tamoyillarini rag`batlantirish maqsadlarida rivojlanayotgan mamlakatlarga o`zlarining infratuzilmasini ko`rishda yordam ko`rsatadi.

** oltinchi yo`nalish- Inson huquqlari, inson huquqlari va demokratiya. Kommunizmning barcha turidagi ko`rinishlariga qarshi kurashish kabi boshqada masalalar17. Yarim asrdan ortiq davr mobaynida YUNESKO adolatni, insonparvarlikni, inson huquqlari va asosiy erkinliklarni umumbashariy xurmat qilishni har tomonlama ta`minlashga xarakat qilib, ta`lim va madaniyat va kommunikatsiya sohasida xalqlar o`rtasidagi hamqorlikni rivojlantirishga yordam bermoqda.

Dunyoda jahon madaniyati va intellektual merosini asrash ishida, yosh va rivojlanayotgan davlatlarda milliy madaniyatlarni qayta tiklashda davlatlar o`rtasidagi o`zaro tushunishni rivojlantirish ishiga YUNESKO ning ko`shgan xissasi yuqori baholanmoqda. Tashkilot hozirgi vaqtda o`z faoliyatini jahonda o`zgarishlariga moslashtirmoqda va a`zo davlatlarga o`z vakolati doirasida hozirgi zamonning eng muhim muammolarini echishda yordamini bermoqda.

YUNESKO ta`lim, fan va madaniyat sohalarida tinchlik va umumbashariy gullab-yashnash ildizlarini hamqorlik va o`zaro ma`naviy aloqalarni ko`paytirish va kuchaytirish yo`li bilan tarqib qilmoqda. Uning ushbu kundalik faoliyati o`zaro bir-biriga bog`liq bo`lgan maqsadlarga qaratilgan.

Taraqqiyotga yo`naltirilgan YUNESKO ning strategiyasi ko`dagilardir:



  • barcha uchun to`xtovsiz ta`limga ko`maklashish;


17 Устав ЮНЕСКО. /Международные нормативные акты ЮНЕСКО. M.:Логос 1993

  • bilmlarni olish va tarqatishni rivojlantirishga ko`maklashish;

  • madaniy kadriyatlarning rolini oshirish va ijodni rag`batlandirish;

  • axborotning erkin tarqalishi va kommunikatsiyani rivojlantirishga ko`maklashish;

  • tinchlik, inson huquqlari, demokratiya, tolerantlik va xalqaro hamjamiyatlik sohasida ta`limni rivojlantirish;

  • inson huquqlarini rivojlantirish va kamsitishga qarshi kurash;

  • demokratik jarayonlarni ko`llab- kuvatlash va mustahkamlash;

  • madaniy fikrlar xilma-xilligi va madaniyatlar o`rtasidagi muloqatlarni rivojlantirish;

  • mojaralarning oldini olish va mojaralardan keyingi tinchlikni o`rnatiga ko`maklashishdan iborat18.

1999 yildan boshlab, tashkilotga ko`proq vakolatlilik, samaradorlilik, taniqlilik va faoliyatiga hisobdorlik berish maqsadida YUNESKO da radikal islohotlar boshlandi. Bu maqsadda ko`yidagi yo`nalishlarda uchta ishchi guruh tuzildi: «Boshqaruv», «Markazlashmaslik» va «YUNESKO XXI asrda»19.

YUNESKO jahonning eng yirik, ko`zga ko`ringan tashkilotiga aylandi va u hozirgi kunda insonnig ta`lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohasini, shunungdek shu sohalar bilan boshqa da sohalardi qamrab olmaqda.

YUNESKO ning maqsadi insoniyatni aql-zakovat va ahloqiy birligiga asoslangan barqorar tinchlikni barpo qilish bo`lib, uning dasturlari dunyo madaniyatiga ko`maklashish, barqaror taraqqiyot va insoniyat taraqqiyoti uchun yo`naltirilgan, deb xulosa qilsaq yanglishmagan bo`lamiz.

Chunki, u barcha insonlar uchun ta`lim yutuqlarini to`playdi, ekologik tadqiqotlar uchun xalqaro ilmiy dasturlar tuzishga ko`maklashadi, milliy madaniyatlarning ruybga chiqishini qo`llap-quvatlaydi, dunyoviy meros



18 ЮНЕСКО и Узбекистон. Информационный бюллетень. Париж. 1996, С- 29.

19 Устав ЮНЕСКО. /Международные нормативные акты ЮНЕСКО. M.:Логос 1993

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin