KIRISH Yunon tilidagi «lirika» sо‘zi torli cholg‘u asbobi liraning nomidan kelib chiqqan bо‘lib, ma’nosi «muzika jо‘rligida ijro etiluvchi she’r» demakdir. Bu atama lirik she’riyatning rivojlangan davrlaridan allaqancha keyin, taxminan eramizdan avvalgi
III—II asrlarda ellinizm zamonasi olimlari tomonidan iste’molga kiritilgan. Shu paytga qadar yunonlarning о‘zlari mazkur turkumga aloqador bо‘lgan asarlarning hammasini —«melos», «medika», ya’ni «qо‘shiq» deb ataganlar. Binobarin, ma’lum bо‘la-diki, asrlar davomida qadimgi yunonlar lirik she’riyatni bosh» qa turli vositalar, masalan, qо‘shiq, muzika asbobi va hatto raqe bilan bog‘lagan holda tasavvur etib kelganlar. Shu sababli har bir lirik shoir bir vaqtning о‘zida ham muallif, ham bastakor va ham raqs ustasi bо‘lgan. Davrlar о‘tishi bilan lirikaning yamb hamda elegiya deb ataluvchi ba’zi oddiy turlari, asta-sekin muzikadan uzoqlashib, faqatgina о‘qish uchun xoslangan adabiy janrga aylanib qoladi. «Melos» iborasi esa yolg‘iz kо‘ngil hisla-rini ifoda etuvchi she’rlarga nisbatan ishlatilib, bu toifa asarlarning muzika bilan bog‘liqligi yana uzoq vaqtlar davom etadi. Lirikaning turlarga ajratish alomatlaridan yana bittasi vazndir: epik dostonlarning gekzametr о‘lchovidan boshqa shakllarda yozilgan asarlarning hammasi lirikaga qо‘shilgan va shu mezon asosida ularni elegiya, yamb hamda melos turlariga ajratganlar. Asl lirika deb tanilgan va uzoq asrlar musiqaviy kuy xususiyatini saqlab qolgan melos janri, о‘zining mazmuniga va qanday voqealarga atalganligiga qarab yana ikki turkumga bо‘linadi: yakka xonanda tomonidan ijro etiluvchi—monodik lirika va kо‘pchilik tomonidan ijro etiluvchi — xor lirikasi.
Endi yunon she’riyatining vazn masalasiga ikki og‘iz tо‘xtalib о‘tamiz.
Qadimgi zamon ellin tilida yozilgan she’riy asarlarning hammasi uzun va qisqa hijolarning almashuvi asosiga qurilgan-dir. Buni aniqroq ifodalash uchun, odatdagidek qisqa bо‘g‘inlarni egri chiziq (^), uzun bо‘g‘inlarni tо‘g‘ri chiziq (—) shakllari bilan belgilasak, shu belgilarning ma’lum tartibda takrorla-nishi — yunon she’rining vaznini hosil qiladi. yо‘l-yо‘lakay es-latib о‘tish kerakki, talaffuzning talabiga qarab, ba’zan ikki qisqa hijoni bir uzun hijo bilan almashtirish ham mumkin bо‘lgan. Masalan, gekzametr vazni olti turoqdan iborat bо‘lib, bu turoqlarning har qaysisi daktil deb atalgan bir uzun, ikki qisqa (—ww) bо‘g‘indan tartib topgandir. She’rning ohangdor bо‘lishi uchun, oxirgi turoq spondiy deb ataluvchi ikki uzun hijo
(-------) bilan almashtirib talaffuz etiladi va natijada tuban dagi she’riy misra hosil bо‘ladi:
She’rdagi hijolarning uzun-qisqaligini, ya’ni daktil hamda spondiy turoqlarini ma’lum tartibda almashtirish yо‘llari bilan, qadimgi dostonnavislar gekzametrning turli-tuman ohanglarda jaranglashiga erishganlar. Masalan, she’rda uzun hijolarning kо‘proq bо‘lishi — voqeaning ulug‘vorligini, harakatning salmoqdorligini ta’minlaydi; qisqa hijolarning kо‘pligi esa harakatga tezlik, yengillik, о‘ynokilik bag‘ishlaydi. Shu yо‘sin gekzametrni о‘n olti variantda qо‘llash mumkin. Bundan tashqari, she’rning uchinchi yoki tо‘rtinchi turoqlari о‘rtasida keladigan sezura, ya’ni pauzalarning ham gekzametr maqomi uchun g‘oyat katta ahamiyati bor.
Eslatib о‘tish lozyumki, qadimgi yunon she’riyatida qrfiya bо‘lgan emas. Poeziyaning ohangdorligini ta’min etuvchi birdan-bir vosita vazndir.
Manbalarning shahodatiga Karaganda, yunon lirikasi benihoyat boy va rango-rang bо‘lgan. Afsuski, bir zamonlar gurkiragan kurkam, mazmundor va qimmatbaho shu merosning namunalari biz vorislarga juda oz miqdorda yetib kelgandir. Uchta-tо‘rtta shoirlardan qolgan ozmi-kо‘pmi yaxlit she’rlarni hisobga olmasak, kо‘pchilik lirikanavislarning asarlari, keyingi vaqtlarda о‘tgan mualliflarning risola va majmualarida saqlanib qolgan bir-ikki misradan, hatto, alohida iboralardan nariga о‘tmaydi. Omon qolgan ana shu she’riy parchalar asosida, qadimgi zamon yunon adabiyotining muhim bosqichi—VII—VI asrlar lirik she’riyati haqida tasavvur hosil qilib, ba’zi fikrlarni aytish mumkin.
Elegiyaning vatani Kichik Osiyodagi Fregiya viloyati bо‘lgan. Janrning nomi ham, chamasi, shu yerning xalqi tilidagi „elegit" — («qamish») sо‘zidan olingan bо‘lib, bu toifa asarlarning ushbu о‘simlikdan yasalgan muzika asbobi — fleyta (nay) jо‘rligida ijro etilishiga dalolat qilsa kerak. Hozirgi zamon adabiyotshu-noslik ilmida hazin tuyg‘ularni ifoda etuvchi she’riy asarlar shu nom bilan yuritiladi. Elegiyani bu ma’noda tushunish qadimgi yunonlar uchun tamomila begona. Elegik asarlarda ular, aksincha, ruhiy tetiklik kayfiyatlarini, botirlik g‘oyalarini, jangovar hio larni talqin etganlar. Biroq elegiyaning xususiyatlarini belgi-laydigan asosiy о‘lchov uning mazmuni emas, balki vaznidir. Binobarin, shu qoidaga kura, «elegik bayt» deb ataluvchi maxsus vaznda yozilgan har qanday she’riy asarni, mazmundan qat’i nazar, shu janrga kiritganlar. «Elegik bayt»ning birinchi misrai gekzametrdan, ikkinchi misrai — pentametr nomi bilan yuritila-digan besh turoqli vazndan tarkib topgandir. Pentametr ham xuddi gekzametrning о‘zginasi-ku, faqat uchinchi va oltinchi turoqlardagi qisqa hijolar tushirib qoldirilgan. Shu sababli misrani ikki teng qismga ajratadigan uchinchi turoqning uzun hijosidan sо‘ng pauza qilmoq lozim.
Baytning chizma shakli tubandagichadir:
Elegik lirikaning vazni ham, mazmuni ham hozircha epik dostonlarga juda yaqin turadi. Yunonlarning о‘zlari ham bu toifa she’rlarni jangnomalardan uncha ajrattan emaslar.
«Yamb» atamasining kelib chiqish tarixi ham ancha qorong‘i. Qadnmgi rivoyatlar bu sо‘zni ma’buda Demetra afsonasi bilan boglaydilar. Uz qizi Persefonaning yо‘qolganligidan qattiq izti-rob chekkan Demetra, ma’budlarga g‘azab yuzasidan Elivsin podshohi Keley xonadoniga enaga yollanganida, faqat shu xonadonning Yamba degan shо‘x va о‘ynoqi chо‘ri qizi galati askiyalar, qiziq-qiziq gaplar aytib, ma’budaning kо‘nglini ochishga, uni bir oz kul-dirishga muyassar bо‘lgan ekan. Afsona, har holda yamb she’rlarning mazmuniga kо‘ra tо‘qilgan bо‘lsa kerak. Chunki bu janrning о‘zi xalq adabiyotida hazil-mutoibalarni, tanqidiy fikrlarni ifoda etuvchi she’riy vazndan olingan edi. Yamb vazni keyinchalik folklordan yozma adabiyotga kо‘chib о‘tgach, shaxsiy tuyg‘ularni, satira ruhidagi kayfiyatlarni, muxoliflar munozarasini bayon qiluvchi kuchli adabiy vositaga aylanadi.
Yamb janrining tashqi alomatlari, barcha lirik asarlar kabi, yana о‘sha vazn xususiyatlari bilan belgilanib, asosan yamb (w —) hamda troxey (— ^) deb ataluvchi turoqlardan tо‘qiladi. Bu ikkala turoq nihoyatda qisqa bо‘lganligi vajidan, ularni juft-juft qilib ishlatganlar va natijada «yamb uchligi» nomi os-tida shuhrat topgan olti turoqli vazn maydonga kelgan:
Bizga ma’lum bо‘lgan eng qadimgi elegiyanavis shoir Kallin-dir. Uning qachon tug‘ilganligi va qay mahalda о‘lganligi haqida hech qanday ma’lumot yо‘q. Kallinning she’rlarida bayon etilgan voqealarga asosan shoirning aramizdan oldingi VII asr boshlarida Kichik Osiyodagi Efes shahrida yashaganligini aniqlaymiz. Bu davrlarda shimol tomondan bostirib kelayotgan ba’zi xalqlar shoirning vatanini vayron kilmoqda edilar. Kichik Osiyo yunonlari hayotida yuz bergan shunday tahlikali kunlarda Kallin Efes yoshlariga murojaat etib, ularni vataini mudofaa qilishga chaqiradi. Kallindan hammasi bо‘lib bizga qadar faqat 23 yо‘l she’r yetib kelgan. Shu she’rlarda shoir dukyoda odam bolasi uchun vatanni himoya qilishdek sharafli burch yо‘qligini, bu yо‘lda jonini fido qilgan kishining nomi bir umr avlodlarning yodidan chitsmasligini, uni ehtirom bilan tilga olajaklarini aytadi.
Vatan yо‘lida fidokorlik kо‘rsatish mavzui Kallindan ke-yin о‘tgan spartalik ikkinchi ulug‘ shoir Tirtey ijodida yana ham kuchliroq jaranglaydi. Tirtey haqida qadimgi yunonlar о‘rtasida keng tarqalgan bir afsonada shoirning vatani Sparta emas, balki Afina ekanligi hikoya qilinadi. Eramizdan oldingi VII asrning о‘rtalarida spartaliklar о‘z qо‘shnilari messeniyaliklarga qarshi urush ochadilar, birok, messeniyaliklar bosqinchilarga qattiq qarshilik kо‘rsatib, ularga ancha shikayet yetkazadilar. Og‘ir ahvolda qolgan spartaliklar Delfa kohinlari maslahati bilan kо‘mak sо‘rab afinaliklarga murojaat qiladilar. Spartaliklar bilan noxush munosabatda bо‘lgan afinaliklar gо‘yo ularni mazax qilib lashkarboshi о‘rniga, harbiy ishdan tamomila bexabar oq-soq bir muallimni yuborganlar- Bu muallimda harbiy iste’dod bо‘lmagani bilan, she’r tо‘qishga zо‘r ishtiyoq bor ekan, u о‘zining jо‘shqin qо‘shiqlari bilan Sparta lashkarlari diliga g‘ulg‘ula solib, dushman ustidan g‘alaba qozonishga erishadi. Ana shu muallim — Tirtey bо‘lgan emish. Bu afsona haqiqatdan qanchalik uzoq bо‘lmasin, har holda shoir vlegiyalarida naqadar jо‘shqin tashvi-qiy mahorat borligidan dalolat beradi.
Tirteyning nihoyatda boy va rango-rang adabiy merosidan biega qadar ozgina she’rlar yetib kelgan, lekin bu she’rlar boshqa shoirlarnikiga nisbatan yaxlitroq va tugallangan she’rlardir, shu sababli shoirning ijodi haqida tо‘laroq mulohaza yurita ola-miz. Tirtey she’rlarining kо‘pchiligi Kallin she’rlari singari harbiy mavzuda yozilgandir. Bu she’rlarda shoir Sparta lashkar-larini vatanni mudofaa qilishga, dushmanga nisbatan shafqatsiz bо‘lishga chaqiradi. Shoirning ta’biricha jangchining oliy fazila-ti — botirlik va jasoratdir, chinakam shon-sharaf izlagay kishi vatan yо‘lida jonini fido qilmog‘i kerak. Kimda-kim о‘z yurtini dushmandan himoya qilib, botirlarcha jon bersa, uning nomi vatandoshlari xotirida abadiy qoladi. Bunday sharafli о‘limga muyassar bо‘lgan botirning shuhrati hatto uning shahri, xalqi va avlodlariga bir umr porloq shu’la sochib turadi, yoshu qari uning uchun bab-baravar fig‘on chekadi, butun shahar aholisi bunday og‘ir о‘limdan musibat tortadi, botirning shuhrati avlod-avlo-diga tarqaladi. Mabodo botir dushmanni yengib, jangdan omoy chiqsa, butun umri hurmat va farog‘atda о‘tadi; «yig‘in va ma’ra-kalarda keksalar, navjuvonlar, botirning tengqurlari unga joy bо‘shatib tо‘rga о‘tqazadilar».
Shoir botirlikni madh etish bilan birga qо‘rqoqlik, nomard-likni qattiq qoralaydi. Dushmanga qarshi kurashishdan bosh tort-gan, jang maydonini tashlab qochgan odamning nomi о‘la-о‘lgunchz nafrat va isnodga kо‘miladi, bolachaqasi bilan begona yurtlarda sarson-abgor bо‘ladi, hamma unga malomat yog‘diradi, barcha undan hazar qiladi, jirkanadi.
Tirteyning elegiyalari butun Yunon olamida juda keng tar-qalgan. Shoirning asarlari jangga ketayotgan lashkarlarning jan-govar qо‘shig‘iga, maktab talabalarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi darelikka aylanib ketadi.
Yuqorida kо‘rganimiz shoirlarning elegiyalarida hozircha av-torning shaxeiy kechirmalari va alam-sitamlari sezilmaydi: bu shoirlardan birinchisi — Efes xalqi, ikkinchisi Sparta shahri aholisining umumiy g‘oyalarini ifoda etadi. Insonning shaxsiy tuyg‘ulari birinchi marta Yunonistonning yirik shoiri Tirteyning zamondoshi Arxilox (VII asrning о‘rtalari) ijodida о‘zi-ning yorqin ifodasini topadi.
Arxilox poeziyasi faqatgina shoirning о‘z boshidan kechgan shaxsiy hayoti: musibatlarga tо‘la og‘ir tirikchiligi, qalbida javlon urgan alamlari, muhabbat yо‘lida tortgan dog‘i hasratlari haqidagi hikoyatdan iboratdir.
Barcha yunon shoirlari kabi, Arxilox hayoti tо‘g‘risida ham tо‘la bir ma’lumot yо‘q.. Shoirning haddan ziyoda boy adabiy merosidan saqlanib qolgan kichik-kichik parchalar asosida uning hayotiga doyr ozmi-kо‘pmi xulosa chiqarish mumkin.
Arxilox Paros orolida tug‘iladi, uning otasi Telisikl degan aristokrat, onasi esa qul kanizak bо‘lgan, Arxilox aslzoda aristokrat xonadonida tug‘ilgani bilan, «haromzoda»ligi tufayli kup mashaqqatli hayot kechiradi: Yunonistonning podshoxlariga yol-lanib oddiy jangchi sifatida butun umrini urushlarda о‘tkazadi. Bu davrda avj olgan mustamlakachilik harakat'lari munosabati bilan uzoq-uzoq yerlarga, hatto Italiyaning janubiy qirg‘oqlariga qadar borib, nihoyat, Naksos oroli aholisiga qarshi olib borilgan jangda halok bо‘ladi.
Yunon va Rim yozuvchilarining shahodatiga qaraganda, Arxilox о‘z zamonasining ulug‘ adibi bо‘lgan. Mazmundorlik hamda vaznlarning rango-rangligi jihatidan asrdosh shoirlarning birontasi Arxilox bilan tenglasha olgan emas.
Bizga qadar yetib kelgan she’riy parchalarda shoir о‘zining og‘ir harbiy hayoti haqida gapirib, yollanib ishlaydigan oddiy jangchi bо‘lganligi tufayli faqat nayzaning о‘tkir tig‘i bilangina non topib yeganini aytadi. Arxilox uchun tirikchilikning asosiy manbai urush bо‘lgan, binobarin, muhoraba ma’budi Aresning mu-hibi ekanini va shu bilan birga, poeziyaga kо‘ngil qо‘yganligi vajidan muzalarga ham q.о‘l berganligini izhor qiladi. Bitmas-tuganmas urushlar Arxiloxni g‘alabalardan mag‘lubiyatlarga, se-vinchlardan qayg‘ularga uloqtirgan. Shoir ta’na va malomatlardan hayiqmasdan Frakiyadagi janglardan birida о‘z qalqonini nomardlarcha chakalakzorga tashlab qochganini oshkor ayta beradi, qilmishidan pushaymon ham bо‘lmaydi; shu yо‘sin о‘limdan omon qol-ganini, keyinchalik yana ham yaxshiroq qalqon topib olajagini о‘ylab, kо‘ngliga tasalli beradi. Shoir butun umrini xavf-xatar-larda, tahlikada о‘tkazganligidan, muhtojlikdan sira boshi chiq-maganligidan zorlanadi, hatto qо‘lini xayr-sadaqaga chо‘zganligini ham yashirmaydi. Biroq, hayotning jabr-zulmlari ostida qanchalik ezilmasin oltinlarga kо‘milgan Gigesga hasad qilmasligini, ma’budlarning xohishidan zorlanmasligini, birovlarning davlatiga kо‘z olaytirmasligini aytadi. Yana bir ajoyib she’riy parchada shoir о‘zining diliga xitob qilib, hayotning zarbalariga, uning bevafoliklariga bardosh qilish lozimligini uqtiradi.
Yurak, yurak! Hujum qildi senga g‘amning lashkari,
Hushyor bо‘lgin, maxkam turgin, yovni yengmoqdir ishing.
Atrofingda chohlar sening, ammo qо‘rqma, dadil bul.
Agar yengsang zafaringni qilma elga afsona,
Gar yengilsang о‘rtanmagin, tanholikda yig‘lama.
Sevinsang ham, g‘am cheksang ham unutma meyorni,
Quloq tutgkn insoniyat hayotining vazniga.