Юнон лирикасининг турлари



Yüklə 190,5 Kb.
səhifə2/3
tarix24.10.2023
ölçüsü190,5 Kb.
#160443
1   2   3
ЛИРИКА ВА УНИНГ ТУРЛАРИ

Erkin Vohidov tarjimasi.
Arxilox elegiyalar bilan bir qatorda kо‘pdan-kо‘p yamblar ham €zgan. Tо‘grisi, shoir о‘zining zaharxanda yamb she’rlari bilan zamondoshlari о‘rtasida kengroq shuhrat qozongandir. Qadimgi yunonlarning aytishiga Karaganda, yambnavislik janriga asos solgan shoir ham Arxilox bо‘lgan. Arxilox hayotida bо‘lib о‘tgan kichik bir ishqiy mojaro tо‘g‘risida alomat afsona bor. Gо‘yo shoir Likamb ismli bir badavlat kishining Neobula degan qiziga jushtor bо‘lib qoladi. Arxiloxning bizga qadar yetib kelgan misralari orasida shu qizning jamolini maqtab yozilgan satrlarni ham uchratamiz. Likamb о‘z qizining roziligi bilan uni Arxi-loxga unashtiradi-yu, keyin qandaydir bir sabab bilan lafzidan ayniydi. Bu tarifa benomuslikdan, va’dasizlikdan nafratlangan va ma’shuqasining hajrida о‘rtangan shoir, Neobulaga hamda uning betayin otasiga qarshi shunday she’rlar yozadiki, sharmandalikka chidolmagan qiz va uning ikki singlisi о‘zlarini osib о‘ldiradilar.
Likambni masxaralab yozilgan she’rida shoir shunday deydi:
Ota Likamb! Nedir bu ishing?
Ravshan fikring xira qilgan kim?
Bir zamonlar sog‘ eding, bardam,
Bukun elga kulgu bо‘lding sen.
Erkin Vohidov tarjimasi.
Arxilox poeziyasi о‘zining rango-rangligi, muxtasarligi va ajoyib ohangdorligi bilan qadimgi Yunonistonda juda keng yoyilgan, rapsodlar shoirning she’rlarini Gomer dostonlari bilan bir qatorda ijro etganlar. Arxilox о‘zidan keyin о‘tgan deyarli hamma shoirlarga kuchli ta’sir kо‘rsatgan.
Qadimgi Yunonistonning yirik elegiyanavislaridan yana biri Solondir (taxminan 635—559-yillar). Barcha yunon shoirlariga qaraganda Solonning hayoti ancha aniq. Uning haqida qadimgi zamonning atoqli kishilari — Plutarx, Aristotel ba’zi ma’lumotlarni qoldirib ketganlar. Shu manbalarda bayon etilishiga kо‘ra Solon aslzoda aristokrat oilasida tug‘iladi, ammo shoirning tug‘ilish vaqtiga kelganda uning nayeli о‘tmish mavqelarini yо‘qotib, ancha kambag‘allashib qolgan edi. Solon о‘zining iqtisodiy ahvoliii tuzatish maqsadida savdo-sotiq ishlari bilan shug‘ullayaadi. Shu munosabat bilan juda kо‘p sayohat qiladi, turli shaharlarda, uzoq mamlakatlarda bо‘ladi. Bu sayohatlar uning tajribasini oshiradi, fikrini kengaytiradi va yirik davlat arbobi 6о‘lib yetishuviga katta imkon beradi. Solonning zamonasi Yuion ijtimoiy hayotining eng keskin davri bо‘lgan, bu davrda aristok-ratlar bilan xalq ommasi о‘rtasida nihoyatda kuchli inqilobiy kurailar borar edi. Solon shoir sifatida bо‘lib turgan voqealarda aktiv ishtirok etadi, Afina davlatidagi ichki ixtiloflarni tugatish, dushman guruhlarni bir-birovlari bilan kelishtirish borasida kо‘pgina ishlar qiladi. Shoirning о‘z vataniga kо‘r­satgan yirik xizmati Salamin urushidan boshlanadi. Plutarxning hikoya qilishicha, afinaliklarning о‘zaro nizolaridan foydalanib, migaraliklar Afinaga qarashli Salamin orolini bosib oladilar. Afnnaliklar orolni qaytarib olish uchun juda kо‘p urinsalar ham, maqsadlariga erisholmaydilar. Shundan keyin migaraliklarga qarshi urush ochishni da’vat qilgan kishini о‘limga hukm qilish tо‘g‘risida maxsus qonun chiqariladi. Kunlardan birida Solon Sa-lamindan kelgan telba devona sifatida shahar maydonidagi min-bardan turib Afina aholisiga о‘zining yuz yо‘ldan iborat «Sa­lamin» elegiyasini о‘qib beradi. Shu elegiyadan bizga qadar yetib kelgan sakkiz miyera she’rda shoir Salaminni dushman qо‘liga topshirgan afinaliklar orasida isnodga botib yurgandan kо‘ra, unchalik ahamiyati bо‘lmagan Folegandra yoki Sikina orollarinnng tabaasi bо‘lish afzal ekanligini aytib, sg‘ir sharmandalikdan qutulish uchun afinaliklarni Salamin ustiga bostirib borishga va uni ozod qilishga da’vat etadi. Plutarxning aytishicha, elegiya-ning ta’siri shunchalar kuchli bо‘lganki, afinaliklar darhol urushga otlanib, orolni dushmandan tozalaganlar.
Afinaning ravnaq topishi yо‘lida kо‘rsatgan bir qancha xizmatlari tufayli 595- yilda Solonni Afina davlatining eng oliy mansabi — arxontlikka saylaydilar. Solonning bundan keyingi hayoti Afina shahar — davlatining hayoti bilan chambarchas bog‘liqdir. U Afina davlat usulida bir talay islohotlar о‘tkazadi: dehqonlarni qarzdorlikdan ozod qiladi, qullikdan qutqaradi, aris-tokratlarning imtiyozlarini chegaralaydi, hokazo va hokazolar. Solon о‘zining shoirlik iste’dodini ham davlat manfaatiga bо‘y-sundiradi: uning elegiyalarida shu zamondagi ichki nizo va ixtiloflar, kishilarning tabiatidagi yaramas ehtiroslar qattiq qoralanadi. Solon yashagan davr — keskin sotsial tabaqalanish davri bо‘lgan. Bu davrda odamlar о‘rtasida boylik orttirish hirsi ni­hoyatda avj olib ketgan edi. Shoir bu intilishning tabiiy bir hodisa ekanligini e’tirof etgani holda, xiyonat va aldamchilik yullari bilan dunyo orttirishning yaramasligini kо‘rsatib, davlat egalarini muruvvatli bо‘lishga, amaldorlarni adolatga chaqiradi. Solon poeziyasining kо‘pchilik qismi yangi islohot ishlariga bag‘ishlangandir. Bu she’rlarda shoir о‘zi joriy etgan usul-qonunlarni tashviq qiladi, dehqonlarni qarzdorlik balosidan xalos etganligi, qullikdan qutqarganligi va qarzdorlik tufayli chet ellarga sotib yuborilgan vatandoshlarini eliga qaytarganligi tо‘g‘risida gapiradi.
Poeziyaning oddiy turlari hisoblangan yamb hamda elegiya bilan birga VII—VI asrlarda monodik, ya’ni yakkaxon lirika ham benihoyat tez taraqqin etadi. Yuqorida qayd qilib о‘tganimizdek, she’riyatning bu turi xalq adabiyoti va muzikaning bevosita ta’siri ostida paydo bо‘lgandir. Binobarin, monodik lirikaning ohang xususiyatlari faqatgina muzika maqomi bilan belgilangang. Biroq antik musiqiy navolarning nom-nishonsiz yо‘qolib ketgan-ligi vajidan, bu toifa lirik asarlarning badiiy xususiyatlarya haqidagi fikr va mulohazalarimiz yolg‘iz she’rning vazni va sо‘z-tо‘qimalari ustidagina boradi; yakkaxon lirikaning vazni asa be-nixoyat rango-rang, baytlari g‘oyat nafisdir. Bu janrning vatani bо‘lmish Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘idagi kattagina Lesbos orolida tug‘ilib о‘sgan ikki ulug‘ shoir — Alkey hamda Sapfo о‘zlari ixtiro etgan turli-tuman vaznlar bilan monodik lirikani mislsiz yuksak san’atkorlik chо‘qqisiga kо‘taradilar, uning mazmunini о‘sha paytga qadar yunon poeziyasida kо‘rilmagan chuqur insogshy his va tuyg‘ular bilan sug‘oradilar.
Alkeydan keyin jahon poeziyasida abadiy о‘rnashib qolgan bir vazn hamon ulug‘ shoirning nomi bilan ataladi. Uning shakli tubandagicha:

Sapfo pozziyasida lirikaning vazn turlari yana ham takomillashadi. Shoiraning dilrabo qо‘shiqlarida kо‘proq ishlatilgan va keyinchalik unga nisbat berib qо‘llanilgan vazn tо‘qimasi tubandagi turoqlardan tarkib topgan:

Alkeyning ona yurti Lesbos orolining poytaxti Mitilena shahridir. Shoir, taxminan eramizdan oldingi VII—VI asrlar-о‘rtasida ijod qilgan. Yunonistonning barcha viloyatlarida bо‘lgani kabi bu davrlarda Lesbos orolida ham aristokratlar bilan quyi tabaqa о‘rtalaridagi ijtimoiy munosabatlar juda keskin-lashnb ketgan edi. Zodagonlar naslidan bо‘lmish Alkey, о‘z yurti-ning siyosiy kurashlarida faol qatnashib, oxiri Pittak degak tiran tomonidan badarg‘a qilinadi va uzoq yillar g‘urbatda kezib, nihoyat Pittakning ijozati bilan boshqa zodagonlar qatori yana о‘z vataniga qaytadi.
Bir zamonlar qadimgi Yunonistonda Alkey she’rlarining g‘oyat keng tarqalganligi tо‘g‘risida ma’lumotlar bor. Keyinchalik Aleksandriya olimlari shoirning asarlarini, mazmuniga karab, о‘n jildga ajratadilar. Ammo mana shu boy adabiy merosdan bizga-qadar oz-moz parchalargina yetib kelgan.
Alkey ham baayni Feognid singari, о‘z vatanidagi siyosiy janglarning ishtirokchisi sifatida juda kо‘p she’rlarini Lesbos aristokratlarining tiranlarga qarshi olib borgan kurashlariga? bag‘ishlaydi. Shu mavzudagi she’rlar «Kurash qо‘shiqlari» nomi ostida burungi zamon yunon xalqi о‘rtasida g‘oyat keng yoyilgan. «Kurash qо‘shiqlari» turkumiga kiradigan kichik bir she’riy parchada shoir katta bir uyni tasvir qiladi. Qо‘zg‘olonchilar qonli jangga tayyorlanib, shu uyda qurol-yarog‘ tо‘plaganlar; Alkey isyonga hozirlanayotgan dо‘stlariga xitob qilib, ularni maqsad yо‘lida orqaga qaytmaslikka, bardam va birdam bо‘lishga chaqiradi. Yana bir kichkina she’riy parchada xuddi Feognid singari, Alkey ham xalq qо‘liga о‘tgan davlat idorasini dahshatli tо‘lqinda qol-gan kema bilan taqqoslaydi.
Alkey she’rlari orasida Pittakka qarshi yozilgan parchalar-np ham uchratamiz. Shu she’rlarda shoir Mitilena xukmronini «mesh qorin», «zoti past» degan sо‘zlar bilan xaqrratlaydi va shunday odamning davlatni idora qilishga nomunosib ekanligini aytadi. Feognidga о‘xshash Alkeyning intiqom hirsida ham hech qanday chegara yо‘q: о‘zining eski g‘animi, tiran Mirsilning о‘l-ganini eshitgan shoir, quvonch bilan: «Ichaylik, dо‘stlar! Keling, ichaylik! Mayet bо‘lguncha ichaylik! Kо‘ngil tortmasa ham ichaylik! Chunki Mirsil tо‘ng‘iz qо‘pibdi!»—deydi.
Alkey ijodi faqat siyosiy mavzular bilan cheklanib qrlgan emas. Shoir xotin kishining jamolini, hayot nash’alarini, muhabbat zvvqini va sharob lazzatlarini maqtab ham anchagina she’rlar yozgan. Bu bahslardagi asarlar orasida kо‘p uchraydiganlari — alyorlardir. Dо‘stlar bazmida, ziyofat dasturxonlari ustida, qadahlar tо‘ldirilgan paytlarda xirgoyi qilish uchun moslanib yozilgan bu toifa she’rlarda shoir о‘zining jabru sitamlari haqida gapirib kelib, yoronlariga xitoban, dunyoning bevafoligidan nola qilish baribir foydasizligini, iztiroblarni tarqatishning bir-dan bir chorasi may ekanligini aytadi:
Nechun ramgin о‘ylar bilan dilni g‘ash etmoq,
Xayol bilan ertani hech qaytarib bо‘lmas.
Bilish barcha anduh dardin davosi sharob,
Shunday ekan, mayet bо‘lguncha sipqaraylik may.

Yüklə 190,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin