Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instuti An’anaviy cholg’u yo’nalishi sirtqi bo’limi



Yüklə 190,46 Kb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü190,46 Kb.
#44931
1   2   3   4
Kurs ishi Sobirov.H

Kurs ishining obyekti: Kurs ishida Xorazm tanbur chizig’i tarixining ilk davrlardan islomgacha boʻlgan davr faoliyatini oʻrganish uchun mustaqil ishlarni tashkil etuvchi barcha elementlar obyekt qilib olingan.

Kurs ishining predmeti: Kurs ishida talabalarni oʻz ustida mustaqil ishlash

shakllarini nazariy dastaklari belgilab olingan.



Mavzu boʻyicha adabiyotlar tahlili: Kurs ishida mavzuga oid foydalanilgan adabiyotlari roʻyxati keltirilgandan keng foydalanilgan.


  1. Xorazm tanbur chizig’i

Tanbur chizigʻi, Xorazm tanbur chizigʻi — Xorazm tanbur chizigʻi — 19-asrning 2 yarimida Xorazmda yuzaga kelgan nota yozuvi. Tabulatura turi. Shoir va sozandabastakor Komi,1 Xorazmiy joriy qilgan. Tanburning 17 ta pardasi va ochiq simiga moʻljallab chizilgan 18 gorizontal chiziqlarga joylashtirilgan nuqtalardan iborat. Chiziq ustiga qoʻyilgan nuqtalar kuy ijrosi jarayonida tanburning muayyan pardasida noxunning tepadan pastga, chiziq ostidagi nuqtalar pastdan tepaga chertilishini bildiradi. Vertikal chiziqlar pardalar yoʻnalishini koʻrsatadi. Tanbur chizigʻidagi nuqtalar asosan nimchorak va baʼzan chorak notalar choʻzimiga teng. Chiziqlarning ostiustiga nuqtalar qoʻyilib, ularning ustma-ust yoki yonma-yon joylashishi tanbur zarblari ("yakka zarb", "qoʻsh zarb"lar)ga ishora deb bilinadi. Pauza (jimlik) alomati, "skun" (o) bilan ifodalanadi. Doira usullari uzunqisqa zarblarni anglatuvchi boʻgʻinlar vositasida koʻrsatiladi: "gul", "taq", "taqa", "takqa" va h.k. Kuy boʻlaklari ("xona", "bozgoʻy", "hang"), toʻxtovlar yoyli chiziq (strelka) ishorasi yordamida belgilab yuboriladi. Tanbur chizigʻida sheʼriy matnlar ham berilgan. Ular toʻliq yoki lavha tarzida kuy yoʻlini anglatuvchi nuqtalardan alohida, bir chekkada yoziladi. Aksariyat hollarda sheʼrlarning faqat boshlangʻich misralari keltiriladi. Unga qarab ashulachilar gʻazalning qolgan qismlarini esga solib oladilar.

Tanbur notasi arab yozuviga oʻxshab, oʻngdan chapga oʻqiladi. Komil Xorazmiy Tanbur chizigʻi yordamida Xorazm maqomlaridan Rostning boshlangʻich qismini, uning oʻgʻli Muhammad Rasul Mirzo mazkur maqomning qolgan qismlarini hamda Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlarining 19-asr oxirida maʼlum boʻlgan cholgʻu (chertim) va ashula (aytim) yoʻllarini yozib olgan. Uning oʻndan ortiq koʻchirilgan nusxalari bizgacha yetib kelgan. 2002 y. topilgan Hazorasp nusxasida yuqorida nomlari keltirilgan maqomlardan tashqari Zihi Nazzora, Qaddim xamligʻi (Urganjiy), Miskin, Rahoviy, Sadri Iroq, Oxyor, Choki giribon deb nomlanuvchi aytim yoʻllaridagi turkum yozib qoldirilgan. Bular "Dutor maqomlari", yaʼni dutor joʻrligida aytiluvchi mumtoz yoʻllar hisoblanadi.

Xorazmlik musiqashunoslar oldindan qad. Sharq nota yozuvi namunalaridan xabardor boʻlganlar. Tanbur chizigʻi ixtiro qilinishidan avval Muhammad Sharif Qanbar Bobo ismli dutorchi — dutor uchun shunday nota yaratishga uringan, ammo oʻng qoʻl xdrakatlarini qogʻozga tushira olmaganligidan bu ish amalga oshmay krlgan. Shuningdek, Tanbur chizigʻida Safiuddin alUrmaviy nota jadvalidagi oʻxshash unsur (element)lar mavjud. Tanbur chizigʻining tiklanishi, tadqiq qilinishi, zamonaviy nota yozuviga koʻchirilishiga V. Belyayev, V. Uspenskiy, T.Sodikrv, M.Yusupov, Il. Akbarov, keyinchalik bu ishning rivojiga va bevosita ijro qilinishiga (amalda sadolantirilishiga) O.Bobonazarov, alXorazmiy nomidagi Urganch davlat unti oʻqituvchilari B.Rahimov, R.Boltayev, M.Matyoqubov, S.Xudoyberganov va boshqa hissa qoʻshganlar.

O‘zbekiston bebaho musiqiy qadriyatlar diyori ekani ma’lum haqiqat. Bu zaminda jahon musiqiy tafakkurining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan Forobiy, Xorazmiy va Ibn Sino kabi allomalar yetishib chiqqan. Ular yaratgan mo‘‘tabar ilmiy meros hanuzgacha o‘z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda. Qadimgilar aytganidek, “Yaxshi nazariyot — eng afzal amaliyotdir”. Mo‘tabar ilmiy meros eskirmasligining asosiy sababi ham shunda. Sharq ma’naviy xazinasining eng nodir javohirlaridan biri, bugungi kunda ham yashab kelayotgan jonli musiqiy merosimiz maqom san’ati ana shu ilmiy-amaliy salohiyatning yorqin namunasidir. Darhaqiqat, O‘zbekistonda ildiz otgan “Buxoro Shashmaqomi”, “Xorazm maqomlari”, “Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari” va XX asr o‘rtalarida davr talablari bilan qad ko‘targan “O‘zbek Shashmaqomi” endilikda yaxlit maqomot tizimi tarzida o‘z taraqqiyotini davom ettirmoqda. Bu ham o‘q ildizlari moziyga taqalgan mumtoz musiqiy merosimiz hayotbaxsh qudratining amaldagi namoyishi.

O‘zbek musiqiy xazinasining yaqinda yangidan kashf etilgan durdonalaridan yana biri musiqiy istilohga “xorazmiy tanbur chizg‘ilari” nomi ostida kirib kelayotgan nota yozuvidir. “Yangidan kashf etilgan” deyishimizning boisi, XIX asrning so‘nggi choragida ixtiro etilgan nota yozuvi haqidagi ma’lumotlar XX asrning boshlaridayoq Yevropaga tarqalgan. Hattoki, V.A.Uspenskiy, V.M.Belyayev, G.Farmer kabi o‘z davrining yirik musiqashunoslari bu nota yozuvlaridan natija chiqarishga ko‘p uringan bo‘lsalar ham, afsuski, o‘zimizda bu mo‘‘tabar manba asosiy e’tibordan chetda qolib ketdi.

Bunday ayanchli ahvolning asosiy sababi — sho‘ro siyosatining milliy qadriyatlarga bo‘lgan bepisand qarashlari edi, albatta. Bu nodir nota tizimini rus madaniyati soyasida vujudga kelgan ikkinchi-uchinchi darajali manba o‘rnida ko‘rib, shunga yarasha afsona va rivoyatlar to‘qilishi ham bejiz emas. Shulardan eng keng ­tarqalgani: “tanbur nota yozuvini go‘yo “demokrat shoir” Komil Xorazmiy (1825-1899) 1883 yilda Peterburgga borganda rus sozandalarining qog‘ozga qarab chalganlarini ko‘rganda o‘zida ham shunday musiqiy yozuv yaratish havasi uyg‘ongan” degan to‘qima. Vaholanki, xorazmiy tanbur chizg‘ilarining kitob shaklida ishlangan nusxalari undan uch-to‘rt yil oldin paydo bo‘lgani negadir inobatga olinmagan!

To‘g‘ri, Komil Xorazmiy o‘z davrining buyuk musiqashunosi bo‘lgan, tanbur chizg‘ilarining yuzaga kelishida uning xizmatlari katta. Bunga shubha yo‘q. Lekin masalaning mohiyati ­boshqa tomonda. Aslida, mazkur nota yozuvining o‘q ildizlari Sharq musiqashunoslik ilmiga borib taqaladi. Tanbur chizg‘ilari tizimini ishlash va uning vositasida butun boshli Xorazm “Olti yarim maqomini” xatga tushirish (bugungi ibora bilan aytilganda notalashtirish) ustida Muhammad Rahimxon Feruzning o‘zi va peshqadam musiqashunoslar Xudoybergan Muhrkan, Komil Xorazmiyning o‘g‘li Muhammad Rasul Mirzo hamda shogirdi Muhammad Yoqub Xarrotdek maqom ustozlari faol qatnashgan.

Xullas, xorazmiy tanbur chizg‘ilarining yuzaga kelishi va uning vositasida butun boshli maqom majmualarining yozib olinishi oddiy ish emas, balki juda murakkab ilmiy va ijodiy jarayon. Uning asos va ­tamoyillarini idroklash alohida ilmiy masala. Bizning maqsadimiz ana shu nota yozuvining yuzaga kelishi, uning vositasida yozilgan musiqiy va she’riy matnlarning tarixiy ahamiyati va bugungi musiqiy taraqqiyot nuqtai nazaridan foydali tomonlari to‘g‘risida fikr yuritishdir.

Qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, xorazmiy tanbur chizg‘ilari o‘z zotida juda mukammal va benazir musiqiy yozuv. Uning musiqiy mafkura taraqqiyotidagi ahamiyati bebaho. Bu izchil nota yozuvini ma’lum ma’noda Xorazmiyning riyoziyot ilmi borasidagi algoritm kashfiyotiga qiyoslash mumkin. Sharq allomalari Forobiy, Xorazmiy va Ibn Sinolar o‘z musiqiy-nazariy qarashlarini ifodalashda turli yozuvlardan foydalanganlar. Lekin ular kuy matnlarini ifodalovchi nota belgilari emasdi. Balki tovushqator nag‘malarning baland-pastligini anglatuvchi ishoralar sifatida xizmat qilgan. Kuy jarayonini ifodalashga xizmat qiluvchi musiqiy yozuvlarning ilk namunasi Safiuddin Urmaviy (1216-1294) tomonidan joriy etilgan ud soziga mo‘ljallangan ko‘rgazmali yozuv (tabulatura) hisoblanadi. Temuriylar davrida Samarqand va Hirotda yashagan buyuk musiqiyshunos Abdulqodir Marog‘iy (1354-1435) ud tabulaturasi vositasida mumtoz musiqaning ichki tuzilish (tasnifot) qoidalarini tushuntirish uchun cholg‘u va ashula kuylaridan ayrim namunalar keltirgan.

Marog‘iy zamonida muayyan usul asosidagi maqom yo‘li deganda, endilikda biz odat qilgan barqaror musiqiy matn emas, balki ana shu usul va maqom (parda) asosida erkin ijod qilish nazarda tutilgan. Shuning uchun Marog‘iy yozuvidagi kuy va ashulalarni, hozirgi nota yozuvidagiga o‘xshatib, suratini tasavvurga keltirishimiz shartli narsa. Chunki ularning jonli urf-odatlari, sadolanishi biz uchun mavhum. Tanbur chizg‘ilari esa, matnda kuy hay’atining siyg‘asi (ichki shakli, suduri)ni aks ettirishga qaratilgan, ya’ni bu — boshqacha nota tizimi. Shu jihatdan, tanbur chizg‘ilari tom ma’noda nota yozuvi bo‘lib, u kuy pardalari va usul harakatini ifodalovchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Musiqiy yoki so‘z matni deganda, odatda ushbu fanning qonun-qoidalari asosida tartib etilgan belgilar tizimi nazarda tutiladi. Bizning sharoitda — bu musiqaning parda, usul va tasnifot qoidalari asosida tartib etilgan belgilar tizimi demakdir. Boshqacha aytganda, so‘z matnlari sarf va nahv ilmlariga tayansa, musiqiy yozuvlar ilmi ta’lif (kompozitsiya), ilmi iyqo’ hamda ta’lifot qonuniyatlariga tayanadi. Shunday qilib, har qanday izchil matn ilmiy asosda tarkib topadi, deb tushunmoq lozim.

Xorazmiy tanbur chizg‘ilari ustida ishlagan maqom ustozlari ayni chog‘da musiqashunoslik ilmlarini ham puxta o‘zlashtirgan allomalar bo‘lgan. Shuning uchun ham ular xatga tushirgan matnlar har tomonlama yetuk, yozgan nota to‘plamlari faqatgina matn emas, balki o‘ziga xos musiqashunoslik risolalari ­(dasturilamal) vazifasini ham ­bajaradi. U mushtarak ilmiy-amaliy bilimlar manbai va sharq musiqiy ­tafakkurida burilish yasagan yozuv ­tizimidir. Bundan tashqari, tanbur chizg‘ilarida yozilgan maqom matnlari oldinlari nota yozuvi misollari bilan dalillanmay kelayotgan sharqona musiqiy nazariyalar, Forobiy, Xorazmiy va Ibn Sinolar ta’limotlari mohiyatini to‘la idroklashda to‘siq bo‘lib turgan tugunlardan biri edi. O‘tmish musiqashunoslarining maqom (parda), usul va tasnifot (ichki tuzilish, shakllanish) qoidalari borasidagi ta’limotlari bugungi jonli musiqiy amaliyotdan ajralib qolgan nazariyalardek tuyulardi. Tanbur chizg‘ilaridagi maqom matnlarini o‘qishni o‘rganganimizdan keyin, ularning ilmiy va amaliy jihatlarini bir butunlikda tushunib olish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Endilikda bu manbadan har qanday sozanda yoki tadqiqotchi o‘z saviyasiga yarasha bilim olishi mumkin.

Shunga o‘xshagan, lekin yevropacha nota tizimiga asoslangan maqom yozuvlari tanbur chizg‘ilaridan yarim asrdan keyin paydo bo‘ldi. Bu sohada ham o‘zbek olimlari peshqadamlik qildilar. 1922-1923 yillarda ma’rifatparar olim va davlat arbobi Abdurauf Fitrat kavshishi (sa’y-harakati) bilan Buxoroda klassik musiqa majmuasining “Asl Shashmaqom” (ya’ni, ma’muliy Savt va Mo‘g‘ulcha qatlamlaridan tashqari) deyiladigan bir qismi V.A.Uspenskiy tomonidan notalashtirildi hamda 1924 yilda Moskvada chop etildi. Bu hodisa katta qiziqishga sabab bo‘ldi. Zero, Yevropa ahli bunday manbani anchadan buyon izlayotgan edi. Chunki tobora jadallik bilan boshi berk ko‘chaga kirib borayotgan yevropa musiqasi sharqona kuylardan, maqom tizimidan o‘ziga najot izlayotgan edi. Lekin sho‘ro siyosati bu intilishlarni ham cheklab qo‘ydi. 1930 yillar o‘rtalariga kelib maqomshunoslik borasidagi izlanishlar asta-sekin chetga chiqarilib, umuman maqom janriga “o‘tmish qoldig‘i” sifatida salbiy ko‘z bilan qaraladigan bo‘ldi.

Faqat Mustaqillik davriga kelib milliy qadriyatlar, jumladan, “oltin musiqiy meros”ga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Ana shunday tarzda hayotga qaytarilgan ma’naviy boyliklar qatoridan xorazmiy tanbur chizg‘ilari ham o‘rin oldi. Taqdir taqozosi bilan musiqiy yozuvlar bitilgan bir nodir qo‘lyozmaga 2003 yili Prezident Islom Karimovning nazari tushdi. Milliy qadriyatlar fidoyisi bo‘lgan Yurtboshimiz ko‘rsatmasi bilan bu noyob nusxa O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga topshirildi. Ana shu quvonchli xabardan ilhomlanib, maqomchi Rustam Boltayev, kamina hamda sharqshunos Hamidullo Aminovdan iborat ishchi guruhi tuzildi. Guruh oldida qo‘lyozma muallifi, yaratilgan vaqti va boshqa ro‘yxatlarga munosabatini aniqlash, tanbur chizg‘ilari yozuvlarining asl mohiyati va ularning ilmiy va amaliy asoslarini idroklash, mazkur nusxadagi matnlarni to‘laligicha zamonaviy nota va harf yozuvlariga o‘tkazish, ularning jonli ijrolarini tiklash hamda “SD” yozuvlarini hozirlash vazifasi turardi. Dastlabki izlanishlardanoq xorazmiy tanbur chizg‘ilari kutilganidan ham ziyod ahamiyatga molik manba ekani ma’lum bo‘ldi. U, avvalo, “Xorazm maqomlari” deyiluvchi musiqiy voqelikning mohiyatini, uning parda, usul va tasnifot asoslarini belgilashda eng ishochli dalil va ilmiy hujjat ekani aniqlandi. Gap shundaki, biz “Xorazm maqomlari” deganda tegishli dalil va asoslarsiz, bu diyor mumtoz musiqasining faqatgina bir navini tushunib, iborani sal noo‘rin ma’noda ishlatishni odat etdik. Vaholanki, so‘nggi asrlarda Xorazm maqomlari bir emas, ikki asosiy navda rivojlanib keldi va bu tanbur chizg‘ilarida o‘zining to‘la isbotini topadi.

Ularning birini xoslar davrasida ijro qilinadigan saroy maqomlari, ikkinchisini ma’muliy doiralarda ijro etiladigan toifasi tashkil etadi. Musiqiy istilohda xos navni, Shashmaqomga qiyosiy ravishda, “Olti yarim maqom” yoki “Tanbur maqomlari” deyish rasm bo‘lgan. Ma’muliy nav azaliy urf-odatlarga ko‘ra “Dutor maqomlari” deb kelingan. Mumtoz musiqaning xos va ma’muliy toifalarga bo‘linishi tabiiy bir holat. Buxoro muhitida ham mumtoz musiqa ikki ­navga ajratilgan va ularning biri “Asl Shashmaqom”, ikkinchisi “sho‘‘bachalar” yoki “termalar” deb yuritilgan.

Qo‘lyozma mazmunini tekshirish natijasida, konservatoriyada saqlanayotgan nusxa Muhammad Komil Devoniy (1887-1938) qalamiga mansub bo‘lib, 1930-yillar boshlarida yozilgani aniqlandi. Komil Devoniy otashqalb shoir, zabardast sozanda, zakiy musiqashunos, shuningdek naqqoshlik, o‘ymakorlik, haykaltaroshlik, zargarlik, qurolsozlik va boshqa san’atlarda yorqin iz qoldirgan ulkan iste’dod sohibi. Sho‘ro siyosatiga bo‘yin egmay, iymon-e’tiqodidan yuz o‘girmagani uchun umrining ikkinchi yarmi azob-uqubatda kechdi va qatag‘on fojiasi bilan yakunlandi. Uning qo‘lyozmalari, jumladan, tanbur chizg‘ilarining nodir nusxalari payxon etilib, kimlarningdir qo‘lida qolib ketishining asosiy sababi ham shunda.

Bugungi kunda tanbur chizg‘ilarining davlat va shaxsiy kutubxonalarda saqlanayotgan yigirmaga yaqin qo‘lyozmasi ma’lum. Ular orasida Xudoybergan Muhrkan, Muhammad Rasul Mirzo, Muhammad Yoqub Xarrot tomonidan bitilgan antiqa va qimmatbaho ro‘yxatlar mavjud. Lekin Komil Devoniy tuzgan nusxa salohiyati mazmunan va tarkibotining puxta ishlangani bilan alohida o‘rinda turadi. Boshqa ko‘p nusxalardan farqli o‘laroq, u Tanbur va Dutor maqomlari turkumlarini o‘z ichiga oladi. Boshqa ro‘yxatlardan ko‘ra, unda ikkala maqom navi ham to‘la she’riy matnlar bilan berilgan. Matnlar tarkiboti masalasiga keladigan bo‘lsak, ular shu qadar puxta, izchil va mukammal ishlanganki, nodir nusxani amaldagi musiqiyshunoslikning “katta kitobi” va musiqiy-xattotlik san’atlarining durdonasi deyish mumkin. Uning ichki mazmuniga yo‘l topa bilgan har qanday sozanda yoki tadqiqotchi o‘ziga ­tegishli bilim va ruhiy oziq olishi mumkin.

Devoniy ro‘yxatining eng muhim fazilati — uning ilmi ta’lif (kompozitsiya), ilmi iyko’ (usul va vazn) hamda tasnifot qonunlariga muvofiq ishlangani. Qo‘lyozmadan joy olgan Tanbur va Dutor maqomlarining har bir qismi, alohida musiqiy asar sifatida tasnifoti izchil tarkibiy bo‘laklarga ajratilgan. Ya’ni musiqiy matn boshdan oxir xonalarga ­(bandlarga, davrlarga) taqsimlangan. Xonalar esa o‘z navbatida, birlamchi (she’rdagi sabab, vatad, fosilalar kabi) va ulardan tarkib topadigan murakkabroq (she’rdagi misralarga o‘xshash) kuy jumlalariga bo‘lib ko‘rsatilgan. Usul va she’riy matnlar ham xuddi shunday kuy yo‘liga muvoziy (parallel) ravishda taqtiylangan. Aynan shu jihatlariga ko‘ra, tanbur chizg‘ilariga bitilgan izchil matnlar, nafaqat Xorazm Tanbur va Dutor maqomlari, balki butun maqomotning ilmiy asoslarini o‘rganishda muhim hujjat bo‘lib xizmat qiladi.


Yüklə 190,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin