Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/82
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206375
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82
alllllll

Irodaviy zo‟r berish
- maqsadni amalga oshirish uchun ob‘ektiv va 
sub‘ektiv qiyinchiliklarni bartaraf qilishda namoyon bo‘ladigan nerv hamda 
iroda kuchi. 
Irodasi bo‟shlik
- shaxsning biror faoliyat turini bajarish uchun o‘zini 
majbur qila olmaslik yoki o‘z harakatlarini o‘z maqsadlariga bo‘ysundira 
olmaslikdan iborat salbiy xarakter xislati. 
Ixtisoslashgan mehnat 
- muayyan kasbga doir maxsus bilimlar, 
ko‘nikmalar, malaka va madaniy odatlarning tarkib topishi hamda rivojlanishini 
talab qiladigan mehnat. 
Ish qobiliyati
- shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga 
oshirish uchun zarur bo‘lgan jismoniy hamda psixik funksiyalari yig‘indisi. 
Ish usullarini tasvirlash
- mehnat psixologiyasi sohasidagi ilmiy 
tekshirish ishlarida alohida ish usullari yoki malakalarni ularning bajarilish 
tartibi bo‘yicha tasvirlashdan iborat tekshirish metodi. 
Kasb kasalligi
- muayyan kasb sohasidagi psixik yoki shu kasbning 
ko‘pchilik vakillariga xos bo‘lgan kasallik.
Kasb psixologiyasi
- mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik 
komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan 


psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi 
bo‘lim. 
Kasb tanlashga yo‟llash
- pedagoglar, psixologlar, vrachlar va boshqa 
mutaxassislarning yoshlarni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdagi 
maslahati, tushuntirishlari kabi tadbirlar tizimi. 
Kasbga qiziqishlar
- shaxsning ma‘lum bir kasbga nisbatan doimiy va 
barqaror motivlashtirilgan qiziqishidan iborat individual xususiyati. 
Kasbga layoqatlilik
- shaxsning muayyan kasbga yaroqlilik darajasini 
ko‘rsatuvchi jismoniy va psixik sifatlar yig‘indisi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin