Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/82
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206375
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
alllllll

Kasbga tayyorgarlik
- muayyan kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlash 
imkoniyatini ta‘minlovchi maxsus bilim, ko‘nikma, malaka, odat, sifat, 
xususiyatlar, mehnat tajribasi va xulq normalariga ega bo‘lishlik. 
Kasbga tegishli ma‟lumot
- mehnat faoliyatining ma‘lum bir sohasi 
uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va odatlar tizimi.
Kasbga xos diqqat
– ma‘lum bir kasbda ko‘p yil ishlash natijasida shu 
kasbning talablari va ob‘ektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat 
turi. 
Kasbga xos zararliklar
- mehnat va ishlab chiqarish sharoitlarining odam 
organizmi hamda ish qobiliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar yig‘indisi. 
Kasbga xos odatlar
– ma‘lum bir kasb vakillari uchun tipik hisoblangan 
odatlar. 
Kasbda ishlashga to‟g‟ri tanlash
- shaxsni muayyan kasbda ishlash 
uchun qabul qilishda uning shu kasbning ob‘ektiv xususiyatlariga to‘g‘ri 
keladigan jismoniy va psixik sifatlarini hisobga olish. 
Kasbiy malakalar
- ishlab chiqarish faoliyatining ko‘p takrorlanishi 
natijasida avtomatlashgan xatti-harakatlar yig‘indisi.
Kasbiy xotira
- bevosita o‘z kasbiga doir narsa va hodisalarni, fikr, 
hissiyot, harakatlarni esda qoldirish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat 
xotira turi. 


Kasbni tasvirlash
- mehnat psixologiyasi sohasidagi ilmiy tekshirish 
ishlarida muayyan kasbni texnologik va psixologik jihatidan tasvirlashdan iborat 
tekshirish metodi. 
Malakalarning ko‟chishi
- muayyan faoliyat sohasida hosil qilingan 
malakalarning yangi malakalar hosil qilishga ijobiy ta'sir ko‘rsatishdan iborat 
qonuniyat. 
Malakalarning regressi
– ma‘lum bir faoliyat sohasida hosil qilingan 
malakalarning biror sababga ko‘ra, ko‘p vaqt amalda ishlatilmaganligi natijasida 
asta-sekin so‘nishidan iborat qonun.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin