Hasadgo‟ylik -
o‘zga shaxslarning mavqei,
qobiliyati, iste‘dodi,
faoliyatidagi yutuqlari, mulki kabilarga nisbatan g‘arazgo‘ylik munosabatida
ifodalanadigan salbiy xarakter xislat.
Shaxsiy tajriba -
har bir individning yoki shaxsning turmush jarayonida
hosil qilgan tajribasi.
Shuhratparastlik
- arzon obro‘-e‘tibor qozonishga jon jahdi bilan
intilishdan iborat juda past xarakter xislati.
Egoizm
- o‘z shaxsiy manfaatlarini jamiyat, jamoa manfaatlaridan yuqori
qo‘yishga kuchli intilishda ifodalanadigan salbiy xarakter xislati.
Qat‟iylik -
xarakterning o‘z vaqtida asosli va qat‘iy qarorlar qabul qila
olish va ularni ikkilanmasdan ijro etishga kirishishdan iborat irodaviy xislati.
Qiziqish
- shaxsning muayyan narsa va hodisaga ega bo‘lishga,
bilishga
faol va barqaror yo‘nalishidan iborat individual xislati yoki faoliyat motivi.
Qobiliyat
- shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga
bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush
jarayonida hosil qilingan
individual xususiyatlari yig‘indisi.
Dostları ilə paylaş: