e‘tibor berish, hayrixoh bo‗lishga chaqiradi, ularni ma‘rifat tarqatuvchilar,
jamiyat ravnaqiga hissa qo‗shuvchilar deb biladi.
Olim bolalarni mehnatga o‗rgatish metodlari, yo‗llari haqida ham fikr
yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshdan mehnatga o‗rgatish kerak,
deydi. Mehnat tarbiyasida o‗sha davr an‘anasiga ko‗ra vorislikka katta ahamiyat
beradi. Beruniyning ―Mineralogiya ―
asarida hunarmandchilikka oid, shogird
tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o‗rgatish metodlari haqida ham qimmatli
fikrlar bayon etilgan. Bunda shaxsiy namuna metodidan foydalanilgan. Ish
jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o‗zida
bajarilganligi shogirdlarning malakali usta bo‗lib etishishida katta ahamiyatga
ega bo‗lgan. Beruniy inson har tomonlama kamolga etishishi uchun u ilmli
bo‗lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo‗lishi ham kerak deydi.
Beruniyning pedagogik ijodida inson va uning baxti-saodati, ta‘lim-
tarbiyasi, kasb hunar egallashi va kamolati bosh masala bo‗lgan.
Beruniy
insonni tabiatning bir qismi deb biladi. Tabiatni va jamiyat ilmini o‗rganishda
―o‗zim tekshirib ko‗rmaguncha ishonmayman‖ degan shiorga butun umr amal
qiladi. Umuman olganda Abu Rayhon Beruniyning pedagogik – psixologik
qarashlari asosan, oilada bola tarbiyasi, aqliy ta‘lim, ahloqiy va jismoniy ta‘lim,
mehnat va insonparvarlik tarbiyalaridan iborat bo‗lgan.
SHarqning ulug‗ allomalaridan biri ―SHayx-ar- Rais‖ nomi bilan mashhur
bo‗lgan
Abu Ali Ibn Sinodir. Mutafakkirning pedagogik-psixologik qarashlari
ilmiy asosda qurilgan bo‗lib, u bolaning fe‘l-atvori va tasavvurlarini
shakllantirishda umuminsoniy g‗oyalar qo‗llanishini ta‘kidlagan hamda
murabbiy, ota-onalarga bolani qattiq tan jazosidan ko‗ra, shaxsiy ibrat orqali
voyaga etkazish ma‘qulligini ko‗rsatadi .
Mutafakkirning ―Donishnoma‖, ―Risolai ishq‖, ‖Uy xo‗jaligi‖, ―Tib
qonunlari‖ asarlari xalqimiz odob axloq psixologiyasi
va tabobat olamida
alohida o‗rin tutadi.
Ibn Sinoning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari ham diqqatga
sazovordir. Jumladan, u har bir bolani biror hunarga o‗rgatmoq shart, deydi.
YOsh yigit biror hunarni o‗rgansa, uni hayotga tatbiq eta olsa va mustaqil hunar
orqali oilani ta‘minlaydigan bo‗lsagina, otasi uni uylantirib qo‗ymog‗i lozim,
deb hisoblaydi. O‗spirin hunar egallashi bilan unda nafaqat axloqiy hislar, balki
xarakterning irodaviy xislatlari ham tarkib topa boshlaydi. Hunar egallash orqali
o‗spirinlarda sabr-bardoshlik, chidamlilik, mehnatsevarlik,
ishbilarmonlik,
tadbirkorlik, zukkolik kabi insoniy sifatlar shakllanadi.
Ibn Sino har bir insonning mijozidan kelib chiqqan holda kasb tanlashga
alohida e‘tibor berish kerakligini ta‘kidlashi uning yoshlarni kasb-hunarga
yo‗llash masalalariga alohida e‘tibor bilan yondashganini ko‗rsatadi. Uning
fikricha, har bir inson faqat unga tegishli bo‗lgan xususiyatlargagina egadir,
unga o‗xshagan insonlar kamdan-kam bo‗ladi.
Hozirgi davrda ham allomaning falsafiy-psixologik qarashlari,
ijtimoiy
hayotimizda o‗z ahamiyatini yo‗qotgani yo‗q. Uning tarbiya va mijoz xususidagi
fikrlari alohida ahamiyatga ega bo‗lib, shaxslararo munosabatlar etikasiga
munosib hissa bo‗lib qo‗shiladi. Olimning falsafa, mantiq, psixologiya, siyosiy -
ijtimoiy fanlar bo‗yicha bizga meros bo‗lib qoldirgan asarlari bashariyat uchun
dasturilamal sifatida xizmat qiladi.
XI asrning buyuk mutafakkiri YUsuf Xos Hojib o‗zining ―Qutadg‗u bilig‖
asarida (1069 y) inson va uning hayotiga oid qarashlarini bayon etgan. Asar
turkiy halqlarning qadimgi tahlim va tarbiya usullarihaqidagi ilk ma‘lumotlarni
saqlagani bilan
juda ahamiyatlidir. U odamning Olloh tomonidan
yaratilganligini hamda odamning dunyoga kelishi va uning kelajakda qanday
odam bo‗lib voyaga etishi ajdodi va kelib chiqishiga nisbatan munosabatlariga
bog‗liqligini aytib: ―Kimning nasli otadan boshlab toza bo‗lsa,
undan elga
yaxshilik, ko‗p manfaatlar keladi‖, deb hisoblaydi. YUsuf Xos Hojib insonga
bilim nechog‗lik zarur bo‗lsa, kasb-hunar egallash ham shunchalik muhimligini
asarida alohida ta‘kidlaydi. Alloma jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligida
muhim o‗ringa ega bo‗lgan dehqonlar, chorvadorlar, savdogarlar,
tabiblar
haqida ham muhim fikrlarni bayon etadi. Zero, u kasb- hunar jamiyatning
ijtimoiy-siyosiy, moddiy va madaniy taraqqiyotining o‗lchov birligi sanalishini
etarlicha anglagan. YAna allomaning fikricha, insonning ulug‗ligi aql-idroki,
so‗zlash qobiliyati, bilimi, uquvi, kasb-hunarga egaligidadir-deyiladi.
Mutafakkir ilm-fan, aql-zakovatga ega bo‗lishga inson ma‘naviy
kamolotining eng muhim va birinchi mezoni sifatida qaraganki, uning bu fikrlari
hozirgi davrda ham o‗z ahamiyatini yo‗qotgan emas.
Dostları ilə paylaş: