SHarq mutafakkirlarining kasbiy ta‟lim va tarbiyaga oid falsafiy psixologik
qarashlari
Buyuk ajdodlarimiz kasb – hunar to„g„risida.
Kasb-hunar egalari qadimdan e‘zozlanib kelingan. Bizning davlatimizda
ularga nisbatan hurmat-ehtirom o‗zligimizni anglash tufayli yanada
jamiyatimizda
bilimdon, mustaqil fikrlovchi, yuqori malakali, ma‘naviyatli,
mohir kasb egalari tobora ko‗proq talab qilinmoqda. O‗zbekiston Respublikasi
hukumatining +aror va Nizomlarida mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga
katta ahamiyat berilmoqda va ular haqida alohida g‗amho‗rlik qilinmoqda. SHu
bilan birga, tor sohadagi kasbdan asta-sekin keng
qamrovli universal kasbga
o‗tish muammosi, g‗oyasi ilgari surilmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»da ko‗rsatib o‗tilganidek, mehnat va kasbiy tayyorgarlik sifatini yanada
yaxshilash, uzluksiz ta‘limning faol metodlarini qo‗llash, yangi pedagogik
texnologiyani amaliyotga tadbiq etish, ta‘lim va
tarbiya birligi tamoyilini
sobitqadamlik bilan amalga oshirish lozim.
Sharq mutafakkirlaridan qolgan qimmatli ma‘naviy boylikning har bir
satrini ochib tahlil qilganimizda ularning inson kamolati, ma‘naviyati va
mehnatsevarlik xislatlariga, bolalar va yoshlarni barkamol insonlar qilib
shakllantirish va kasb – hunarga o‗rgatishga
taalluqli ibratli, qimmatli
mulohazalar olsa bo‗ladi. To hozirgacha saqlanib kelayotgan qator me‘moriy
inshootlar, buyuk tarixiy obidalar, xalq amaliy sa‘nati asarlari (naqqoshlik,
ganchkorlik,
me‘morchilik)
arxeologik
izlanishlar
tufayli
topilgan
hunarmandchilik buyumlari, bularning barchasi buyuk ajdodlarimizning kasb –
hunar o‗rganishga, yuksak iste‘dod va qobiliyat sohibi bo‗lishiga oid bebaho
materiallar qoldirganliklarini mujassamlashtiradi.
Tariximizga nazar soladigan bo‗lsak, hozirgi o‗zbek xalqining ajdodlari
bundan bir necha ming yillar avval o‗ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda
juda katta va mashaqqatli yo‗lni bosib o‗tishganiga guvoh bo‗lamiz. Masalan,
ajdodlarimizning yosh avlod ta‘lim-tarbiyasiga oid qarashlari, o‗gitlari haqidagi
qimmatli ma‘lumotlariga ega bo‗lishimizda eng
qadimgi yozma yodgorligimiz
―Avesto‖ ning o‗rni beqiyosdir. Eng umumiy ravishda ―Avesto‖da inson
mehnati bilan barcha yovuzliklardan qutulishi mumkin, degan ulug‗ g‗oya ilgari
suriladi.
―Avesto‖da yoshlarni kasb-hunarga o‗rgatishga, halol mehnat qilib to‗q
farovon hayot kechirishga da‘vat etiladi. Bundan ko‗rinadiki, eng qadimgi
davrlardanoq xalqimiz farzand tarbiyasiga, uni kasb-hunarli bo‗lib farovon
turmush kechirishini ta‘minlashga katta e‘tibor bilan qaragan.
Mamlakatimizda etishib chiqqan
buyuk mutafakkirlarimiz, qomusiy
olimlarimiz yoshlarga ta‘lim-tarbiya berish va ularni kasb-hunarga o‗rgatish
masalalari bo‗yicha o‗zlarining buyuk asarlarida qimmatli fikr mulohazalarni
bildirib, bu borada nimalarga e‘tibor berish kerakligi haqida yo‗l-yo‗riqlar
ko‗rsatganlar.
Buyuk qomusiy olim
Abu Nasr Forobiy kasb-hunar to‗g‗risida ilk
fikrlarini bildirib, qimmatli maslahatlar bergan, chunonchi, ta‘lim so‗z va
ko‗nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish-harakat
ekanligini, muayyan kasb-hunarni o‗rganishga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar
shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo‗lishini aytgan. Bu mulohazalardan
anglanib
turibdiki, alloma kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur
hayotiy vosita bo‗lib kelganini tan olgan.
Forobiy ta‘lim-tarbiya ta‘limotining asosi komil insonni shakllantirish,
bunda yoshlarga o‗z vaqtida o‗rinli ta‘lim va tarbiya berish, ularni kasb-hunarga
yo‗llash orqali baxt-saodatga erishtirish, jamiyatda o‗z o‗rnini topishiga yordam
berish g‗oyasidan iborat.
SHarqda birinchi bo‗lib Er va Osmon globusini yasagan
Abu Rayxon
Dostları ilə paylaş: