Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


m u v o z a n a t l a sh g a n l i k



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

m u v o z a n a t l a sh g a n l i k, ya‘ni asabdagi tormozlanish va 
ko‗zgalish jarayonlarining o‗zaro mutonosibligi, shunga ko‗ra, o‗zini tuta olish, 
bosiqlik kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo‗lishi; 
x a r a k a t ch a n l i k , ya‘ni ko‗zgalish va tormozlanish 
jarayonlaridagi o‗zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanligi 
ma‘nosida. Quyidagi rasmda nerv jarayonlari bilan temperament tiplari 
o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik asosida temperament tiplari aks ettirilgan. 
SHunday qilib, asab tizimi bilan bog‗liq individual sifatlarni bilish shart, 
chunki ular bevosita mehnat va o‗qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, 
uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etishga xizmat qiladi. Asabga bog‗liq 
bo‗lgan tabiiy xususiyatlarmizni ham umuman o‗zgarmas deb aytolmaymiz, 
chunki tabiatda o‗zgarmaydigan narsaning o‗zi yo‗q. SHuning uchun ham oxirgi 
yillarda o‗tkazilayotgan tadqiqotlarda shaxs tizimida shunday ma‘kul, «hayotiy 
ko‗rsatgichli» xususiyatlar tizimini o‗rganilmoqda va unda temperamentga 
aloqador 
sifatlar 
ham 
nazarda 
tutilmoqda. 
Masalan, 
V.S. 
Merlin 
temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon 
bo‗lishini boshqarish masalasida ko‗p ishlar qilgan. Uning fikricha, insonda 
mavjud bo‗lgan faollik, bosiklik, emotsional tetiklik, hissiyotlarning tezda 
namoyon bo‗lishi va o‗zgaruvchanligi, qayfiyatning turgunligi, behalovatlilik, 
ishchanlik, yangi ishga kirishib ketish, malakalarning tez hosil bo‗lishi kabi 
qator sifatlar asosida shaxsdagi o‗sha ekstroversiya va introversiya xossalari 
yotadi va ularni ham o‗zgartirish va shu orqali temperamentni boshqarish 
mumkin. 
SHulardan kelib chiqqan xolda shaxsning mehnat qilish uslubini tanlash va 
professional mahoratni ustirishda ayni shularga e‘tibor berish kerak. Masalan, 
ba‘zilar xoleriklarga o‗xshash qiziqkon, tezkor bo‗lishadi. Uning mehnat 
jarayonidagi ishini kuzatadigan bo‗lsak, faollik, ishni tez bajarishga layoqat 
ijobiy bo‗lsa, uning sifati, chala tashlab ketish havfi, ba‘zi tomonlariga yuzaki 
qarashi kishini uylantiradi. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, hayotda sof 


temperament ham bo‗lmaydi va u yoki bu temperament tipi juda yaxshi ham 
emas. har bir tipning o‗ziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga 
kuchli, ijobiy tomonlari ham bo‗ladi. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin