Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

 Xarakter va shaxs 
Kundalik hayotimizda tilimizda «xarakter» so‗zi eng ko‗p ishlatiladigan 
so‗zlardan. Uni biz doimo birovlarga baho bermoqchi bo‗lsak, ishlatamiz. Bu 
so‗zning ma‘nosini olimlar «bosilgan tamg‗a» deb ham izoxlashadi. Tamg‗alik 
alomatlari nimada ifodalanadi o‗zi? 
Xarakter - shaxsdagi shunday psixologik, sub’ektiv munosabatlar 
majmuiki, ular uning borlikka, odamlarga, predmetli faoliyatga hamda o‘z- 
o‘ziga munosabatini ifodalaydi. Demak, «munosabat» kategoriyasi xarakterni 
tushuntirishda asosiy hisoblanadi. B.F. Lomovning ta‘biricha, xarakter shaxs 
ichki dunyosining asosini tashkil etadi va uni o‗rganish katta ahamiyatga ega. 
Munosabatlarning xarakterdagi o‗rni xususida fikrlar ekan, V.S.Merlin ularning 
mazmunida ikki komponentni ajaratadi:
a) emotsional - kognitiv - borlik muhitning turli tomonlarini shaxs qanday 
emotsional his qilishi va o‗zida shu olamning emotsional manzarasini yaratishi; 
b) motivatsion - irodaviy - ma‘lum harakatlar va xulqni amalga oshirishga 
undovchi kuchlar. Demak, bizning munosabatlarimiz ma‘lum ma‘no va mazmun 
kasb etgan munosabatlar bo‗lib, ularning har birida bizning hissiy 
kechinmalarimiz aks etadi va xarakterimiz namoyon bo‗ladi. 
Mashxur rus olimi , psixologiya fanining metodologiyasini yaratgan S.L. 
Rubinshteyn shaxsning o‗ziga xosligi va xarakterologik tizimda uchta asosiy 
tuzilmalarni ajratgan edi; 
Munosabatlar va yo„nalish shaxdagi asosiy ko‗rinishlar sifatida - bu 
shaxsning hayotdan nimani kutishi va nimani xoxlashi. 
Qobiliyatlar ana shu tilak-istaklarni amalga oshirish imkoniyati sifatida - 
bu odamning nimalarga qodir ekanligi. 
Xarakter imkoniyatlardan foydalanish, ularni kengaytirishga qaratilgan 
turg‗un, barqaror tendensiyalar, ya‘ni bu odamning k i m ekanligi. 


Bundan tashqari ilm olamida juda ko‗plab urinishlar bo‗lgan. Ularda 
odamning turli tabiiy, tug‗ma xususiyatlariga xarakterni bog‗lashga urinishlar 
bo‗lgan. Masalan, fizionomika odam yuz qirralari va ularning bir-biriga nisbati 
orqali, xiromantiya - qo‗l barmoqlari va kaftdagi chiziqlar orqali, ko‗z rangi va 
qarashlar, soch va uning xususiyatlari orqali o‗rganishga harakat qilingan. Juda 
katta shov-shuvga ega bo‗lgan CH. Lombrozo, E. Krechmer, U. SHeldonlarning 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin