Simpatiya - biror narsaga yoki shaxsga nisbatan ichki moyillik,
ishonchdan iborat emosional holat.
Talabchanlik - shaxsning o‘z-o‘zining va o‘zgalarning xulqini muayyan
ob‘ektiv tamoyillarga bo‘ysundira olishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
Tantiqlik - arzimagan narsalarga ham injiqlik qilaverishdan iborat salbiy
xarakter xislati.
Temperament
-
shaxsning
emosional
qo‘zg‘aluvchanligi
va
harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig‘indisi.
Toliqish - organizmning jismoniy va aqliy zo‘riqish, salbiy emosiyalar
ta‘siri natijasida hosil bo‘ladigan hamda ish qobiliyatining pasayishi bilan
sifatlanadigan holati.
Unumli mehnat - bevosita moddiy boylik ishlab chiqarishga qaratilgan
mehnat.
Dostları ilə paylaş: