Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Kaykovusning “Qobusnoma” asarida kasb-hunar haqida bir qator fikr 
mulohazalar keltiriladi: ―Ey farzand ogoh bo‗lki, hunarsiz kishi hamisha 
foydasiz bo‗lur va hech kishiga naf etkurmas. Bilursanki, tikanli butaning tani 
bordur, ammo soyasi yo‗qdir. Hunarsiz kishi ham tikanli buta yanglig‗ na o‗ziga 
na o‗zgaga foyda berur‖. Mutafakkirning farzandlar kasb-hunar egallamasa, 
hayotda o‗z o‗rnini topa olmasligi haqidagi fikri ayniqsa e‘tiborga loyiq. 
Bu holatning izohini quyidagi fikr mulohazalardan yana bir bor ko‗rish 
mumkin. 
―Agar kishi har qancha oliy nasab va asl bo‗lsa-yu, ammo hunar bo‗lmasa, 
u xaloyiqning izzat va hurmatidin noumid bo‗lur. Agar kishida ham nasab 
gavhari va ham hunar ziynati bo‗lmasa, undan battarroqdur. Jahd qilg‗il agar 
gavharning har nechakim asl bo‗lsa, unga g‗arra bo‗lmag‗il, nedinkim tan 
gavhari hunur zevari bila ziynatlangan bo‗lmasa, u hech narsaga 
arzimagusidir.Andog‗kim debdurlar: ―Ulug‗lik aql va bilim biladur, gavhar va 
nasab bila bo‗lmas‖. 
Halqning oz hunarini ko‗p ko‗rgil, haqqin yaxshi bilg‗al. 
Behunarmandlikdan, bexiradlikdan yaxshi ot va yaxshi taom qo‗lg‗a keltura 
olsang, behunar, bexirad bo‗lg‗il, yo‗q ersa hunar o‗rgang‗il. O‗rganmak, 
eshitmakdin nomus qilmag‗il, to xijolat va pushaymonlig‗din qutulg‗aysan. 
Xaloyiqning aybi va hunariga boqqil, ularning naf va zarari na chog‗liqdur. 
Buning foyda va ziyonlari qaysi erga qadar borur, undan so‗ng o‗z manfaatingni 
talab qil. Ko‗rg‗il, qaysi narsa xalqni manfaatg‗a yaqin qilur. O‗zing ana 
shundog‗ aql va hunarni o‗rganmoq bila ko‗tarilursan. Bu ish senga ikki narsa 
bila hosil bo‗lur: yo bilg‗on hunarga yarasha ish qilmoq bila yo bilmag‗on 
hunarni o‗rganmoq bila-deyiladi. 


Amir Temur ―Temur tuzuklari‖ asarida ―Saltanat ishlarini murosa-yu 
madora, muruvvat va va sabr-toqat bilan yurgizdim‖... ―Tajribamdan 
ko‗rilgankim, ishbilarmon odam, mard va shijoat sohibi, azmi (qatiy) tadbirkor 
va sergak bir kishi, ming-minglab tadbirsiz, sog‗lom kishilardan yaxshidir‖-
deyiladi. 
A.Navoiy o‗zining ―Xamsa‖, ―Mahbubul-qulub‖ kabi yirik ta‘limiy-
ahloqiy asarlarida, shuningdek ―Munojot‖, ―Vaqfiya‖, ―Majolisun-nafois‖, 
―Muhokamat ul-lug‗atayn‖ asarlarida ta‘lim-tarbiya va bolani kamolga 
etkazishda kasb-hunar o‗rgatishning ahamiyati haqida namunalar bilan 
izohlaydi. 
‖Sa‘diy bilim olish bilan birga hunarning ham inson uchun qay darajada 
afzalligini uqtiradi. CHunki ―Hunar qaynar buloq, tuganmas davlat, - deydi u, 
agar hunarmand molidan mahrum bo‗lsa qayg‗usi yo‗qdir. Hunarmand qaerga 
borsa, qadrlanadi va uyning to‗ridan joy oladi. Hunarsiz odam esa, hamisha 
mashaqqat chekadi, tilanchilik qiladi‖. 
SHarq mutafakkirlaridan qolgan qimmatli ma‘naviy boylikning har bir 
satrini ochib tahlil qilganimizda ularning inson kamoloti, ma‘naviyati va 
mehnatsevarlik xislatlariga, bolalar va yoshlarni barkamol insonlar qilib 
shakllantirish va kasb – hunarga o‗rgatishga taalluqli ibratli, qimmatli 
mushohadalar olsa bo‗ladi. To hozirgacha, saqlanib kelayotgan qator me‘moriy 
inshootlar, buyuk tarixiy obidalar, xalq amaliy san‘ati asarlari (naqqoshlik, 
ganchkorlik, me‘morchilik) arxeologik qazilma va izlanishlar tufayli topilgan 
hunarmandchilik buyumlarining barchasi buyuk ajdodlarimizning kasb-hunar 
o‗rgatishga, yuksak iste‘dod va qobiliyat sohibi bo‗lishiga oid bebaho 
materiallar qoldirganliklarini mujassamlashtiradi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin